Ms excel-2016 dasturining statistik tahlillar qilish va yechimlar qidirish funksiyalari bilan ishlash


Ro`yxatdagi ma`lumotlarni tashkil qilish va tekshirish


Download 62.46 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi62.46 Kb.
#1584061
1   2   3
Bog'liq
MS Excel dasturining statistik tahlillar qilish va yechimlar qidirish funksiyalari bilan ishlash 111

Ro`yxatdagi ma`lumotlarni tashkil qilish va tekshirish
  •  
  • Ro`yxat o`xshash ma`lumotlardan iborat ishchi varag`idagi ketma-ketlikdir. Masalan, firma mijozlari telefon nomerlari yoki hisob raqamlari yozilgan ketma-ketlik. Ushbu mashg`ulotda ko`plab ro`yxatlarni o`quvchilarning o`zlaridan ham foydalanib keltirish mumkin. Bu ro`yxatlar ma`lumotlar bazasi bo`lib ham xizmat qiladi. Masalan, agar o`quvchilar telefon nomerlarini tuzgan bo`lsalar, familiyalar ustuni, yozuvlar maydoni, telefon nomeri, yozuv, ustunlar belgisi (metka) maydon nomi desa bo`ladi. Ro`yxatlar ustida quyidagi amallarni o`tkazish mumkin:
  • - izlash;
  • - saralash;
  • - yakunlash;
  • - ro`yxatdagi ma`lumotlarni filtrlash.
    • Bu erda shuni ta`kidlash lozimki, EXCEL bu amallarni bajarayotganida, ro`yxatni ma`lumotlar bazasi sifatida tushunadi. Ro`yxat bilan ishlash izlash, saralash va turli ma`lumotlar bilan ishlashni birmuncha engillashtiradi.
    • Ro`yxat bilan ishlashni tashkil etish.
    • Ma`lumotlar formasi yordamida ro`yxatlarni kiritish (o`quvchilarning o`zlari tuzgan telefon ro`yxati asosida bo`lsa yaxshi bo`lardi). Ma`lumotlar formasi ("Ma`lumotlar" menyusidagi forma buyrug`i) ro`yxatdagi yozuvni osonlik bilan ko`rish, unga qo`shimchalar kiritish va shu bilan birga ma`lum belgi bilan yozuvni qidirish imkonini beradi. Mazkur buyruqlarni bajarish davomida ekranda ma`lumotlar formasining muloqot oynasi chiqadi. Ma`lumotlar esa birin-ketin kiritiladi. Ma`lumotlar oynaga kiritilgach, mos ravishda yacheykadagi ro`yxat o`zgaradi.
    • Bu erda shuni alohida aytish kerakki, mazkur buyruqlarni ishlatish vaqtida albatta ustunlarning belgisi bo`lishi shart. Yozuvlarga qo`shish uchun yozuv qo`shilishi kerak bo`lgan ro`yxat yacheykasi tanlanib, so`ng "Ma`lumotlar" menyusidan "Forma" buyrug`i tanlanadi, "Tuzatish" tugmasi bosiladi. Yangi yozuvni qo`shish uchun ma`lumotlar kiritilgandan keyin ENTER ni bosish kifoya. Ishni tugatish uchun "Yoping" tugmasi bosiladi.
    • Ro`yxatdagi yozuvlarni ko`rib chiqish uchun ro`yxatdagi yacheykani tanlash, "Ma`lumotlar" menyusidan "Forma" buyrug`ini tanlash, ro`yxat bo`yicha harakatlanish uchun "Navbatdagi" tugmasini bosish, ro`yxat bo`yicha yurish uchun "Avvalgisi" tugmasini bosish, ko`rishni tugallash uchun "Yoping" tugmasi bosiladi.
    • Yozuvni yo`qotish uchun ro`yxatdan yacheykani tanlash, ma`lumotlar" menyusiga "Forma" buyrug`ini chiqarish va "Yo`qotish" tugmasini bosish kerak. Yo`qotishni OK tugmasini bosish bilan tasdiqlang.
    • Ma`lumotlar formasi yordamida yo`qotilgan ma`lumotlar qayta tiklanmaydi. Ro`yxatdagi yozuvni izlash uchun ro`yxatdagi yacheykani tanlab, "Ma`lumotlar" menyusidan "Forma" buyrug`ini tanlash, "Me`yor" tugmasini bosib, tahrirlash maydonida me`yor shartlarini kiritish lozim. Ro`yxat bo`yicha oldindan izlash uchun "Navbatdagi" tugmasini, ro`yxat bo`yicha ilgarigi ro`yxatni qidirish uchun "Avvalgisi" tugmasini, boshqa izlashni tashkil etish uchun "Tozalash" tugmasini bosing. Ishni tugatish uchun esa "Yoping" tugmasini bosing.
    • Ro`yxat bo`yicha saralash va filtrlashtirishni tashkil etish. Saralashni uyushtirish uchun maydon belgilarga ega bo`lishi kerak. Saralash yordamida ro`yxatdagi qatorlarni tartiblashtirish mumkin. Masalan, savdo xaqida ma`lumotlar tuzish, tovarlar soni, tovarning buyurtma qilingan kuni va boshqalar. Ana shu tovarlarning kamayish tartibi, sotilish hajmini "Ma`lumotlar" menyusidagi "Saralash" buyrugi orqali bajarish mumkin
    • EXCEL da saralash uchun quyidagilar ishlatiladi:
    • - agar saralashtirish bir ustun bo`yicha qilinayotgan bo`lsa, bu ustunning bir xil ma`nodagi qatorlarining avvalgi tartibi saqlanadi;
    • -ustundagi tartiblashtirishda hosil bo`layotgan qatorning bo`sh yacheykalari tartiblashtirilgan ro`yxatning oxirida joylashadi.
    • Ro`yxatni saralash usullari "Saralash" buyrug`idan foydalanib, quyidagicha amalga oshiriladi: ro`yxatdan bir yacheykani ajratib, "Ma`lumotlar" menyusidan "Tartiblash" buyrug`i tanlab olinadi. Ustun yoki ustunlarda saralash chog`ida hal qiluvchisi tanlanib, har bir ustun uchun saralash tartibi beriladi. Agar lozim bo`lsa, o`sish yoki kamayib borish Saralash tartibi ko`rsatiladi (yuqoridan pastga -ustunlar bo`yicha tartiblash, chapdan o`ngga - qatorlar bo`yicha tartiblash. O`sish bo`yicha "Tartiblash" buyrug`i OK orqali amalga oshiriladi).
    • Ro`yxatdagi ma`lumotlarni filtrlash (ro`yxatda albatta ustun belgisi bo`lishi kerak).
    • Bir necha sonli yozuvlarni qayta ishlash ro`yxatda ma`lumotlarni qandaydir shart bo`yicha topish imkonini beradi. Filtr qo`llanilgach, ekranda ma`lum shartlarga javob beruvchi qatorlargina qoladi, kerakmas qatorlar "yashirinadi" (shu jarayonni kompyuterda o`quvchilarga ko`rsatish maqsadga muvofiqdir).
    • Ma`lumotlarni EXSELda filtrlash uchun Avtofiltr buyrug`i ishlatiladi. Avtofiltr tugmalari (strelkali tugmalar) yordamida ekranga chiqarish lozim bo`lgan ro`yxat elementlari tanlanadi. Masalan, ekranga hamma qatorlarni chiqarish mumkin. Avvalgi misollarda ko`rganimizdek, sotuv hajmi bo`yicha 50 ustun. Shuni aytish kerakki, filtrlash rejimida EXCEL buyruqlari faqat ko`rinadigan yacheykalarga ta`sir qiladi. Masalan, filtrdan so`ng, filtrlangan qatorlarni ajratish va ularni boshqa joyga qo`yish mumkin. Filtratsiya rejimida Avtoyig`indi tugmasi faqat ko`rinadigan yacheykalarnigina hisoblaydi, filtr o`zgarganda yig`indi ham o`zgaradi. Yacheykalarni formatlash buyruqlari faqat ko`rinadigan yacheykalarga ta`sir ko`rsatadi. Faol yacheykalar bilan ishlash (tozalash, nusxalash, yo`qotish, o`rnatish buyruqlari) faqatgina ko`rinadigan yacheykalar bilan, hatto chop etish ham ko`rinadigan yacheykalar uchun amalga oshadi.
    • Ruyxatda filtrlashni o`rnatish:
    • - filtrlanayotgan ro`yxat yacheykasi ajratiladi;
    • - "Ma`lumotlar" menyusidagi "Filtr" buyrug`ini ajratib, so`ng Avtofiltr buyrug`i beriladi;
    • - filtrlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlar joylashgan ustunga strelka olib kelinadi. Avtofiltr ro`yxati ochiladi. Mos qatorlar bo`yicha chiqarish kerak bo`lgan elementni ajratish lozim. Agar hamma amallar to`g`ri bajarilsa, ekranda faqat siz filtrda ko`rsatgan qatorlar qoladi.
    • Filtrni bekor qilish:
    • - filtrlashni ustun bo`yicha bekor qilish uchun ro`yxatdagi qatorni tanlash;
    • - ro`yxatdagi avtofiltrni bekor qilish uchun "Ma`lumotlar" menyusidan kerakli "Filtr" buyrug`ini tanlab, so`ng Avtofiltrni tozalash lozim.
    • Ruyxatdagi ma`lumotlar natijasini chiqarish:
    • Ro`yxatdagi ma`lumotlarni tahlil qilish qayta ishlash uchun muhim vositadir. "Ma`lumotlar" menyusidagi "Yakunlash" buyrug`i yordamida ro`yxat yakunini barcha ma`lumotlar bilan yig`ish mumkin. Bu amalni o`qituvchi o`quvchilar bilan bevosita amaliy mashg`ulotlarda bajarishini tavsiya etamiz.
    •  
    • Ma`lumotlar ro`yxatida avtomatik natijalarni chiqarish quyidagicha:
    • - ro`yxatni ustun bo`yicha saralab, ma`lumotlar saqlanadigan natijalar chiqariladi;
    • - bu ro`yxatda yacheykani tanlash;
    • - "Ma`lumotlar" menyusiga natijalar buyrug`ini tanlash;
    • - ochilgan ro`yxatda "Har bir o`zgatirishda": ustunni tanlash, rypyhni tashkil etuvchi natija chiqariladigan yoki jim turish taklifiga rozi bo`lish. Agar bu erda qo`shimcha shartlar kompyuterga berilmasa, hammasi "Jim turib" amalga oshiriladi.
    • -OK ni bosish.


    Download 62.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling