Ms excel 2019 ning rivojlanishi va ishlash printsiplari. Reja
Download 1.14 Mb.
|
MS Excel 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. MS Excel haqida qisqacha.
- CONCAT FUNSIYASI
- IFS FUNKSIYASI
MS Excel 2019 ning rivojlanishi va ishlash printsiplari. Reja: MS Excel haqida qisqacha. MS Excel 2019 dagi yangilanishlar. MS Excelda ishlangan ishlarni Power BI ga yuklash. 1. MS Excel haqida qisqacha. Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi. Excelda asosan .xls va .xslx kengaytmasiga ega fayllar bilan ishlanadi. Windows OS tizimida Excel dasturini ishga tushirishni bir necha usullari bor. Birinchisi bu ishchi stolida yoki qaysidir katalogda sichqonchaning o’ng tomoni bosiladi va menyular orasidan New menyuga o’tgan holda Microsoft Excel Worksheet tanlanadi. Natijada katalogda yangi Excel fayl hosil bo’ladi. Yana bir usuli bu qidiruv tizimiga MS Excel, Microsoft Excel, Excel kabi jumlalarni yozish orqali dasturni topish jarayonidir. 2. MS Excel 2019 dagi yangilanishlar. MS Excel dasturining 2019 versiyasi boshqa Microsoft dasturlari bilan bir qatorda 2018-yilning 27-aprel sanasida taqdim etilgan. Yangi versiyada bir qancha yangi funksiyalar va yangi imkoniyatlar qo’shilgan. CONCAT FUNSIYASI CONCAT Funksiyasi oldingi versiyalardagi CONCANATE Funksiyasi bilan almashtirilgan. Ikkita funksiya ham deyarli bir xil vazifani bajaradi, yani bir nechta satrlarni birlashtiradi. Ishlatish uchun katak ichiga =CONCAT() yoziladi, va qavs ichiga (birinchi katak, ajratuvchi, ikkinchi katak) tartibda ifoda beriladi. Ajratuvchi o’rnida interval yani bo’sh joy va (vergul - , nuqtali vergul - ; qo’shtirnoq – “ bittali tirnoq – ‘ jingalak qavs – {} tayoqcha - | yoki yotiq tayoqchalar - / \ ) dan foydalanish mumkin. IFS FUNKSIYASI IFS Funksiyasi bir yoki bir nechta shartlarni bajarilganligini tekshiradi va birinchi TRUE shartiga mos keladigan qiymatni qaytaradi. IF iboralari o'rnini egallashi mumkin va bir nechta shartlar bilan o'qish osonroq. Esda tutingki, IFS funksiyasi 127 tagacha turli shartlarni sinab ko'rish imkonini beradi. Biroq, biz IF yoki IFS bayonotlari bilan juda ko'p shartlarni joylashtirishni tavsiya etmaymiz. Buning sababi, bir nechta shartlarni to'g'ri tartibda kiritish kerak va ularni qurish, sinab ko'rish va yangilash juda qiyin bo'lishi mumkin. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling