Мs excel da


Download 402 Kb.
bet3/3
Sana09.01.2022
Hajmi402 Kb.
#268078
1   2   3
Bog'liq
Excelda ishlash

Tushunchalar

Mazmuni

Elektron jadvallarning asosiy vazifasi




2-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar




3-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Excel dasturini ishga tushirish va dasturda ishni tugallash nimadan iborat:




4-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Exceldagi menyular satri Word matn protsessoridagi menyular satridan farqlanadimi?




5-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Excel elektron jadvalida quyidagi arifmetik amallar va belgilarni qo‘llash imkoniyati mavjudmi?



Har bir guruh ajratilgan vaqt davomida berilgan topshiriqni bajarib bo’lgach, guruhdan bir o’quvchi taqdimot qiladi.

O’qituvchi guruhlar javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, rag‘bat

doirachalarini tarqatib, o’tilgan mavzuni yakunlaydi.


3. Xotira mashqi orqali oldingi o’tilgan mavzuni mustahkamlash (“Savol-javob va munozara” orqali xotirani sinash)

O‘quvchilar (yakka holda) o`qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab

qo‘yilgan savollarga javob beradilar.
1-savol Elektron jadvallarda bir katakchadan boshqa joyga murojaat qilish mumkin. Murojaat bu – …

Javob:

  • formula yozishda ishlatilayotgan katakcha yoki satr yoki ustun yoki katakchalar bloki­ning (shu varaqdagi, boshqa varaqdagi, boshqa kitobdagi) adresidir..

2-savol Elektron jadvallarda necha xil murojaat qo‘llaniladi?

Javob: 2-xil:

Nisbiy murojaatda formula nusxasidagi katakchalar adreslari nusxa joylashtirilayotgan katakchaga mos o‘zgaradi.

Absolyut murojaatda katakcha adresi o‘zgarmaydi. Elektron jadvallarda absolyut adres xususiyatini ifodalash uchun maxsus belgidan (Excelda - $) foydalaniladi.

3- savol Katakchaga ma’lumotlar kiritish amallarni qanday bajaradi? Katakcha belgilanadi

Matn, son yoki formula kiritiladi

Kiritish (Enter) klavishasi bosiladi.
O’qituvchi guruhlar va yakka tartibda javob bergan o’quvchilarni javoblarini to’g’ri yoki noto’g’riligini izohlab, ularni baholaydi.

4. Yangi mavzu bayoni

O‘qituvchini kirish so ‘zi bilan boshlanadi.

Avvalgi darsda ko‘rib chiqilgan funksiyalarni qo‘llashni ko‘rsatish uchun quyidagi masalalarni hal etamiz.

1 – mashq. Reyting masalasini hal etamiz (1-rasm). Sinf jurnalini eslatuvchi jadval tuzamiz.

Quyidagi jadvalda ko‘rib turganingizdek, C7 katakchadan K7 katakchagacha yoki C7:K7 blokda birinchi, C8:K8 blokda ikkinchi, C9:K9 blokda uchinchi, C10:K10 blokda to‘rtinchi o‘quvchining fanlardan olgan reyting ballari joylashadi. O‘quvchilarning fanlardan olishi mumkim bo‘lgan maksimal va olgan umumiy ballari jamlanmasi L ustunga yig‘iladi, ya’ni mos ra­vishda, L6 = C6 + D6 + E6 + F6 + G6 + H6 + I6 + J6 + K6 , L7 = C7 + D7 + E7 + F7 + G7 + H7 + I7 + J7 + K7, … , L10 = C10+D10+… + J10 + K10 ga teng bo‘ladi.

Bu yig‘indilarni 3 xil usulda hosil qilishimiz mumkin:
1 – usul. L6 katakchaga C6 + D6 + E6 + F6 + G6 + H6 + I6 + J6 +K6 ifodani tenglik belgisidan keyin kiritamiz. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalaymiz.

2 – usul. L6 katakchaga tenglik belgisidan keyin СУММ(C6:K6) ni kiritamiz. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalaymiz.

3 – usul. C6:L6 blokini belgilab piktogrammasini tanlaymiz. Keyin L7, L8, L9, L10 katakchalarga nusxalaymiz.

Demak, L6 katakchaning nusxasi L7, L8, L9 va L10 katakchalarga nisbiy murojaat bilan joylashadi. Shu kabi, M6 = L6*100/$L$6 katakchaning nusxasi M7, M8, M9, M10 katakchalarga mos ravishda, L7*100/$L$6, L8*100/$L$6, L9*100/$L$6, L10*100/$L$6 kabi joylashtiriladi. Bu yerda $L$6 – absolyut adres bo‘lib, umumiy ball joylashgan katakchadir.



2 – mashq. ax2+bx+c=0 ko‘rinishidagi kvadrat tenglamani yechishni avtomatlashtiring (2-rasm).

1) A1:C1 katakchalar blokini birlashtiring va “ax2+bx+c=0 ko‘rinishidagi kvadrat tenglamani yechish” matnini kiriting;

2) A2, A3, A4 katakchalarga mos ravishda “a=”, “b=”, “c=” tenglama koeffitsiyentlari izohlarini kiriting;

3) B2, B3, B4 katakchalarga mos ra­vishda tenglama koeffitsiyentlari qiymatlarini sonli formatda kiriting;

4) C2 katakchaga “Diskriminant” matnini, C3 katakchaga “D=b2-4ac” matnini kiriting;

5) C4 katakchaga B2, B3, B4 katakchalarga nisbiy murojaat orqali ifodalangan diskriminantning “=B3*B3-4*B2*B4” formulasini kiriting;

6) A5, B5 katakchalarni birlashtirib, diskriminant qiymati hisoblanayotgan katakchaga absolyut murojaat qilishga asoslangan “ =ЕСЛИ( $C$4<0; “Yechim mavjud emas”; ЕСЛИ($C$4=0; “Yechim yagona x=”; “x1=”)) “ formulani kiriting. Bu formula quyidagicha ish bajaradi: a) agar diskriminant manfiy bo‘lsa, katakchada “Yechim mavjud emas” matni aks etadi; b) aks holda diskriminant nol bilan taqqoslanadi va agar diskriminant nolga teng bo‘lsa, katakchada “Yechim yagona x=” matni aks etadi; c) aks holda katakchada “x1=” matni aks etadi.

7) A6, B6 katakchalarni birlashtirib, diskriminant qiymati hisoblanayotgan katakchaga absolyut murojaat qilishga asoslangan “ =ЕСЛИ( $C$4>0; “x2=”; “”)) “ formulani kiriting. Bu formula quyidagicha ish bajaradi: a) agar diskriminant musbat bo‘lsa, katakchada “x2=” matni aks etadi; b) aks holda katakcha bo‘sh qoladi.

8) C5 va C6 katakchalarga, mos ravishda, “ =ЕСЛИ($C$4<0; “”; ЕСЛИ($C$4=0; -B3/(2*B2); (-B3-КОРЕНЬ($C$4))/(2*B2))) ” va “ =ЕСЛИ($C$4>0;(-B3+ КОРЕНЬ($C$4))/ (2*B2); “”)” tenglama yechimlarini shart asosida hisoblaydigan formulalarni kiriting (bu formulalarni ishlashini izohlab bering!);

9) Barcha katakchalarni formatlarini rasmdagi kabi o‘zgartiring.



Ko‘rib turganingizdek, elektron jadval imkoniyatlarini qanchalik yaxshi bilsak, unda ishlash shunchalik oson bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, funksiyalarning argumentlari qiymatlari funksiya ma’noga ega bo‘ladigan sohadan chiqib ketmasligi zarur.

Savol va topshiriqlar

  1. 1-mashqdagi B7 katakchasi uchun ЗАМЕНИТЬ(B7;16;3;”bek”) ni bajaring.

  2. funksiyaning qiymatlarini x ning [–10, 10] kesmadagi butun qiy­matlarida hisoblang.

  3. funksiyaning qaysi chorakda yotishini aniqlash jadvalini tuzing.

  4. funksiyaning qiymatini [-π, π] oraliqda 0,5 qadam bilan hisoblash jadvalini tuzing.

  5. S=1+5+9+…+85 yig‘indini hisoblang.

  6. A1 katakchaga “21.07.63”, B1 katakchaga “21.07.2005” sanani, C1 katakchaga B1-A1 formulani kiritib, C1 katakcha formatini umumiy turga o‘tkazsak, olingan 15341 natija nimani bildirishini aniqlang?

  7. ni x ning –11; 1; 3; 5; 7,9 qiymatlarida hisoblang.

  8. Berilgan son 7 ga karrali bo‘lishini tekshirishni tashkil eting.

  9. ko‘rinishidagi tenglamani yechishni avtomatlashtiring.

  10. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlardan 9 ga karralilarini topishni tashkil eting.

  11. O‘quvchining reytingiga asosan bali 0 va 55 orasida bo‘lsa “ikki”, 56 va 71 orasida - “uch”, 72 va 84 orasida - “to‘rt”, 85 va 100 orasida - “besh” baho chiqarish masala­sini hal eting.

Uyga vazifa: 3 ta test yoki krossvord yoki skanvord tuzish.

1,5,6 – topshiriqlarni bajaring.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1.B.Boltayev, A.Abduqodirov va boshqalar “8-Sinfda informatika va hisoblash texnikasi asoslari” metodik qo’llanma. Toshkent 2006 yil


2.B.Boltayev, A.Abduqodirov va boshqalar “9-Sinfda informatika va hisoblash texnikasi asoslari” metodik qo’llanma. Toshkent 2006 yil
3.T.X.Xolmatov, N.I.Taylaqov, U.A.Nazarov “Informatika va hisoblash texnikasi” “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Toshkent 2001
4. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan optimallashgan o’quv dasturi va uzvilashgan DTS sharhlari.
5. O’z pedagogik tajribamdan.



Download 402 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling