Ms/22-1 guruh talabasi isoqova marjonaning “falsafa” fanidan “borliq falsafasi”


Harakat. harakatning asosiy shakllari va ularning o’zaro aloqadorligi


Download 127.5 Kb.
bet6/7
Sana31.03.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1314010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Isoqova Marjona .Falsafa .Borliq falsafasi.

5. Harakat. harakatning asosiy shakllari va ularning o’zaro aloqadorligi.

Materiya atributlari ichida uning asosiy yashash usuli, mavjudlik shakli-bu harakatdir, chunki materiyaning har qanday ko’rinishning yaxlitligi harakat tufayli saqlanadi. Agar harakat bo’lmaganda edi, har qanday jismning tarkibiy qismlarini tutashtirib turuvchi o’zaro ta‘sir kuchlar ham bo’lmagan bo’lar edi, natijada hech bir narsaning butunligi, yaxlitligi, tartibi saqlanmasdi. Biz, atrofimizdagi narsalarni harakat tufayli, ya‘ni ularni yoruqlik nurlari urilib, bizning ko’zimizga tutashganligi uchun ko’ramiz. harakat tufayli havo tebranishlari quloqlarimizga tovush to’lqinilarni tashib keladi va biz eshitamiz. harakat tufayli atomlar va molekulalarda o’zgarishlar sodir bo’ladi, o’simliklarda moddalar almashinadi, energiya va axborot uzatiladi, harakat tuafyli hayvonot olami va inson muhit bilan aloqada bo’ladi, jamiyat rivojlanadi. harakat tufayli quyosh nurlari yerga yetib keladi, daryolar oqadi, o’simliklar o’sadi, fasllar almashinadi. quyoshsistemasi, galaktikamiz va butun koinotdagi hayotiy jarayonlar davom etadi. Harakatning ikki asosiy tipi mavjud. Birinchisi narsa sifatining saqlanishi bilan bog’liq harakatdir. Narsada doimo biror bir o’zgarish yuz berib turadi. Biroq u sifatdan o’z-o’ziga mos bo’lib qolaveradi. Ikkinchidan ma‘lum sharoitlarda narsalarning sifati ham o’zgaradi. Bunga biror narsaning buzilishni, bo’linib ketishni misol qilsa bo’ladi. Xususan, nisbatan murakkab jarayonlar ham sifat o’zgarishiga olib keluvchi harakat tipiga kiradi. quyosh kabi yulduzlarda yuz beradigan o’zgarishlar buning yaqqol misolidir. Harakatning mazur tipiga materiyaning biologik shakllaridan ham misol keltirish mumkin. Masalan, yangi turdagi hayvonlar va o’simlik organizmlarining vujudga kelishi, alohida organizmlarning bir necha bosqichlarni bosib o’tishi va hakazolar.Harakatning bir-biridan farq qiluvchi bir qancha shakllari mavjuddir. harakat shakllarini turkumlash falsafada muhimdir. Faylasuflar harakat shakllarini turkumlashda qo’yidagi qiodalarga tayanadilar:


Harakat shakllari bir-biri bilan sifat jihatdan farq qilib, ularning har biri materiyaning tashkiliy tuzilish darajalarining muayyan bosqichida namoyon bo’ladi. Harakat shakllari bir-biri bilan kelib chiqish jihatidan (genetik jihatdan), ketma-ket bog’langandir, ya‘ni harakatning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir.
Harakatning yuqori shakllari tarkibida qo’yi darajadagi harakat shakllari qatnashadi, ya‘ni harakatning qo’yi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo harakatning yuqori shakli o’zidan qo’yi shakldagi harakatga mansub emasdir. Shu qoidaga tayangan holda harakatning bir necha shaklini ajratib ko’rsatish mumkin. Ular qo’yidagilardir: mexanik harakat, issiqlik, yorug’lik, elektr, magnitizm, kimyoviy birikish va parchalanish, agregat holatlarning bir-biriga o’tishi va organik hayot. Bularga ijtimoiy harakatni qo’shsak harakat shakllari mavjud bo’ladi;
Mexanik harakat (jismlarning fazodlektagi siljishi).
Fizik harakat (issiqlik, yorug’lik, elektr, magnitizm).
Kimyoviy harakat (kimyoviy birikish va parchalanish, agregat holatlarning bir-biriga o’tishi)
Biologik harakat (organik hayot)
Ijtimoiy harakat.
Biroq hozirgi zamon fani materiyaning yangi darajalarini kashf etib bormoqda. Bu materiya darajalarining o’ziga xos harakatlanish shakllari mavjud. Shu boisdan davrimiz olimu-fuzalolari bugungi kunda geologik, sayyoraviy va o’zga harakat shakllari haqida ham gapirmoqdalar. Ammo harakatning ushbu shakllari xususidagi ilmiy ma‘lumotlar hanuzgacha kamligicha qolmoqda.Bizga ma‘lumki materiyaning uch asosiy darajasi mavjud: o’lik tabiat, tirik tabiat va jamiyat. Shunga ko’ra harakatning shakllarini ham uch blokka bo’lish mumkin. Chunonchi, o’lik tabiatni fizik va ximik harakat xarakterlasa, tirik tabiatni-biologik, jamiyatni esa ijtimoiy harakat tavsiflaydi. Mexanik harakat biror bir materiya darajasi bilan bog’liq emas. U bir necha shunday darajalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni xaraterlaydi. Boz ustiga, elementlar, zarrachalar va atomlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ifodalovchi harakat shaklini kvantomexanik harakat desak, makrojismlarga oid harakat makromexanik harakat deyishimiz mumkin.
Harakat xususidagi mulohazalarimizga xulosa yasaydigan bo’lsak, harakat-materiya mavjudligining usuli bo’lib, narsada yuz bergan har qanday o’zgarishni ifodalaydi, haraatning antipodi turg’unlikdir, harakat abadiy, turg’unlik esa nisbiy tushunchadir. Falsafiy adabiyotlarda harakatning ikki tipi (miqdoriy o’zgarishlarda olib keluvchi harakat va sifatiy o’zgarishlarga olib keluvchi harakat) va turli shakllari (mexanik, fizik, ximik, biologik, ijtimoiy, shuningdek geologik, sayyoraiy va boshqalar) ko’rsatib o’tiladi.
6. Makon va zamon
Avvalo “makon” va “zamon” kategoriyalarining mazmuning aniqlab olsak. Biz o’z faoliyatimiz davomida olamning murakkab tarkibga ega ekanligiga, moddiy ob‘ektlarni tashkil qilgan qismlar va elementlar bir-birlariga nisbatan ma‘lum tarzda joylashganiga, ularning ma‘lum chegaraga egaligiga shohid bo’lamiz. Boshqacha aytganimizda, har bir ob‘ekt unga kiruvchi elementlar, narsalar olamida tutgan o’rni va o’lchamlari bilan xarakterlanadi. Moddiy olamning tarkibiy tuzilishini ifodalovchi ushbu xossalar makonning boshlang’ich va asosiy xarakteristikalari hisoblanadi. Ularni voqelikning o’zidan ajratib olsak (albatta, hayolan) “sof makon” haqidagi tushunchaga ega bo’lamiz. Makon haqidagi tasavvurlar va “makon” tushunchasi aynan ana shunday hosil qilinadi. Materiya turli shakllarga ma‘lum tarkibiga egaligi tufayligina “makon” tushunchasi o’ziga xos mazmunga ega. Agar olam murakkab tarkibga ega bo’lmaganida edi, “makon” tushunchasi biror mazmun kasb etmagan bulur edi. Xuddi shu mantiqqa asoslanib, “zamon” tushunchasining ham mazmunini anqlash mumkin. Moddiy olam nafaqat tarkibiy tuzilishga ega. Undagi ob‘ektlar hamisha harakatda va rivojlanishda, binobarin ular o’z mavjudligi davomida bir necha bosqichni bosib o’tadilar. Mazkur ob‘ektlar “hayotida” turli sifatiy holatlar biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. Ushbu almashinish ma‘lum davriylikka ega bulishi, bir bosqich boshqasiga nisbatan uzunroq yoxud qisqaroq davom etishi mumkin. Jarayonlarning ushbu o’ziga xos xususiyati daomiylik tushunchasi orqali xarakterlanadi. Turli davomiyliklarni taqqoslash esa jarayonlarning tezligi va maromini ifodalochi me‘yorlar uchu asos vazifasini o’tashi mumkin. Agar ushbu xarakteristikalarni fikran narsalar va jarayonlardan ajratib olgan holda tahlil qilsak, “sof zamon” haqidagi tasavvurga ega bo’lamiz. Zamon haqidagi tasavvurlar va “zamon” tushunchasi harakat va taraqqiyot borligi tufayligina ma‘lum mazmun kasb etadi. Materiya harakatlanmaganida edi zamon xususida gapirishning hojati bo’lmagan bo’lardi.
“Makon” va “zamon” kategoriyalari borliqning tarkibiytuzilishini va o’zgaruvchanligini ifodalovchi umumiy abstraktsiyalardir. Makon va zamon-materiya mavjudligining shakllaridir. Biroq falsafa tarixida ushbu tushunchalar turlicha talqin qilib kelingan. Ushbu talqinlar zaminida ikki asosiy kontseptsiya vujudga keldi. Xususan, substantsial kontseptsiya makon va zamonni moddiy ob‘ektlardan xoli ravishda mavjud bo’lgan mohiyatlar sifatida ta‘riflaydi. Xuddi sahna dekoratsiyalarsiz mavjud bo’la olgani kabi makon va zamon ham turli narsalarsiz, jarayonlarsiz yashay olar emish. Bu nuqtai nazarni buyuk fizik Isaak Nyuton ham qo’llab quvatlagan.
Substantsial yondashuvdan farqli o’laroq makon va zamonning reletsion kontseptsiyasi ham mavjud. Bu kontseptsiyaning eng yirik namoyondalaridan biri G.V.Leybnits hisoblanadi. Uning uqtirishicha makon va zamon turli ob‘ektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlardan o’zga narsa emas. Binobarin materiya bo’lmasa makon va zamon ham bo’lmaydi.
XULOSA
Borliq haqida mulohaza yuritar ekanmiz, undagi moddiylik va ma‘naviylik dialektikasiga alohida to’xtalmay ilojimiz yo’q. Chunki, biz yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, borliqning turli shakllari aynan ana shu mavjudlik usullariga, ularning turli tarzdagi kombinaziyalariga asosan vujudga keladi. Moddiy olamning o’ziga xos xususiyatlarini anglab yetish uchun “materiya” kategoriyasiga tayansak, ma‘naiy olam silsilalarining yechimi “ruh” tushunchasini anglab olishdan boshlanadi. Boz ustiga materiya va ruh har qanday falsafiy ta‘limotning har qanday dunyoqarashning ikki qutbini tashkil qiladi.
Hozirgi zamon faylasuflarining aksariyat qismi reletsion yondashuvni ma‘qullaydilar. Fizikaning XX asr davomida erishgan yutuqlari, ayniqsa A.Eyneshteynning nisbiylik nazariyasi ushbu yondashuvning naqadar to’g’riligini isbotlayotir. Nisbiyli nazariyasi bizning makon va zamon haqidagi falsafiy tasavvurlarimizni aniqlashtirish, rivojlantirish imkonini beradi.
Bizning olamimizdagi makon va zamon to’rt o’lchovidir: uning uchtasi makonni, bittasi esa zamonni xarakterlaydi. Jismning makonda joy olishi uchun uch koordinata yotadi, hodisa yoxud voqeaning zamogna oid xarakteristikasi esa bitta koordinata yordamida aniqlanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak makon uch o’lchovli, zamon esa bir o’lchovlidir.
Falsafiy tafakkur va tabiatshunoslik tarixida makonning uch o’lchovli va zamonning bir o’lchovli ekanligini bir necha bor tushuntirib berishga intilishgan.
Makon va zamon haqidagi mulohazalarimizga xulosa yasasak, xullas makon va zamon-materiyaning mavjudlik shaklidir. Makon narsalarning borliqdagi o’rni, chegaralari va tarkibini ifodalovchi kategoriya bo’lsa, zamon hodisa, voqea va tarkibini ifodalovchi kategoriya bo’lsa, zamon hodisa, voqea va jarayonlarning davomiyligini anglab olish uchun qo’llaniladigan tushunchadir. Makon va zamon materiyadan tashqarida va undan mustaqil ravishda mavjud bo’la olmaydi. Bizning metagalaktikamizdagi makon va zamon 3q 1 o’lchovlidir. Lekin metagalaktikadan tashqaridagi olamlarda makon va zamonning boshqa o’lchovlari bo’lishi ham mumkin.

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling