Mttayyorlashda bolalar faoliyatini tshkil etish ahamiyati Reja


Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-metodist lavozimining malaka tavsiflari


Download 25.94 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi25.94 Kb.
#1557183
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MTTayyorlashda bolalar faoliyatini

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-metodist lavozimining malaka tavsiflari
Lavozim vazifalari:
a) maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi o’quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
b) barcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo’naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko’rsatish;
g) maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o’stirish bo’yicha metodik materiallarni umumlashtirish;
d) ilg’or tajribalarni o’rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o’tkazish;
e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengashning muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning ishtirokini ta’minlash;
j) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qabul qilingan buyruqarning bajarilishini nazorat qilish;
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqoti hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida turli yosh guruhlar bo’yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash;
i) ta’lim tashkiloti faoliyatiga qo’yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
y) tarbiyalanuvchilarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo’lgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish.
Tarbiyachi-metodist:
a) O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagida”, ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” va “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi qonunlarini;
b) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarnining rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablarining mazmunini, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash shakl va uslublarini;
d) maktabgacha ta’limga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va uslublarini, bolalar hayoti va sog’ligini muhofaza qilish qoidalarini;
e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o’quv va tarbiya jarayonida o’qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini bilishi lozim.

Download 25.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling