Mttayyorlashda bolalar faoliyatini tshkil etish ahamiyati Reja


Download 25.94 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi25.94 Kb.
#1557183
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MTTayyorlashda bolalar faoliyatini

Malaka talablari:
a) o’z yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo’yicha kurslarni tugatgani;
b) xorijiy tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) uch yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji.
Uslubchining doimiy hujjatlari qatoriga guruhlardagi ta’lim-tarbiya va sog’lomlashtirish ishlarini nazorat qilish daftari (jurnali) ham kiradi.
Unda uslubchi:
-guruhlarda bolalarning o’quvi, o’yin-mashgulotlari, mehnat faoliyatini o’rganishga doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini;
-bolalar tomonidan dasturning turli bo’limlari bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarining tahdidi;
-bolalarda xulq-atvor madaniyati, ma’naviy-ahloqiy sifatlarni, jamoada yashash ko’nikmalarini darajada egallaganini qayd etadi.
Uslubchi tarbiyachilar ishidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil etar ekan, ular duch kelgan muammo va qiyinchiliklarning sabablarini aniqab, ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash yo’llarini aks ettiradi.
O'z kasbdoshlarining hurmatini qozonish va ularga o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday uslubchilik sifatlariga ega bo’lishi kerak? Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur.
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashishi: g‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va mahoratlarini hisobga olishiga qarab farqlanadi.
Uslubchi talablarni qo'yishda talabchan va qat’iy bo’lishi kerak. Rahbarning o‘ziga bo‘ysinuvchilar bilan muloqotining emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim hislati - talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirliq hayrixohlik odamlarga hurmat bilan birga qo‘shib olib borish zarur.

Download 25.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling