- KIMYOVIY TEXNOLOGIYA yoʻnalishi
Ma’ruza darsining rejasi: Sistema holat tenglamalari . - Sistema holat tenglamalari
- Termodinamikaning asosiy qoidalarining ayrimlarini keng tarqalgan texnologik jarayon-bug‘latish (4-rasm) misolida izohlab berish mumkin.
- Q1(T1)- keltirilgan issiqlik; Q2(T2) - olib ketilgan bug’lar issiqligi; Qn - atrof muxitga tarqaladigan issiqlik yuqotmasi.
- Apparatga T1 temperaturada keltirilgan issiqlik miqdori Q1 va bug’lantirilayotgan modda bug’lari bilan olib ketilayotgan T2 temperaturadagi (masalan: suv bug’lari bilan) issiqlik miqdori Q2. Bundan tashqari ma'lum miqdordagi issiqlik atrof muxitda yuqoladi (Qn – issiqlik yuqotmasi).
Sistema holat tenglamalari Sistema holat tenglamalari - Termodinamikaning birinchi qonuniga kura: (25)
- Termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq energiya sarflanmaydi, balki bir kurinishdan boshqaga o’tadi. Ushbu xolatda energiya issiqlik olib keluvchi Q1 keltirilishi natijasida suv bug’i energiyasiga o’tdi ya'ni ikkilamchi issiqlik Q2 paydo bo’ldi, uni qandaydir foydali maqsadlarga ishlatish mumkin. Shuning uchun Q1 ni «keltirilgan energiya», Q2 ni esa «olib ketilgan» (ajratib chiqqan) «energiya» deb atash tug’riroq buladi. Kupincha shuningdek energiya yuqotmasi tushunchasini ishlatishadi. Ammo bu yuqorida aytilganlarga kura aniq emas.
2.Qaytar va qaytmas jarayonlar . - 2.Qaytar va qaytmas jarayonlar
- Kimyoviy texnolgiyada eng muhim tushunchalaridan biri qaytar va qaytmas jarayonlar haqidagi tushunchadir. Termodinamikaviy jarayon termodinamikaviy tizimning uzluksiz o’zgarib turadigan holatlari to’plamidan iborat. Tizimning har qanday ikkita holati 1 va 2 oralig’ida bitta yo’lning o’zidan o’tadigan ikkita jarayonni tasavvur etish mumkin: holat 1 dan holat 2 ga va aksincha, holat 2 dan holat 1 ga; bunday jarayonlar to’g’ri va teskari jarayonlar deb aytiladi.
- Kurib utgan (4- rasm) misolimizda Q1 va Q2 issiklik oqimlari miqdor jixatdan teng, muhim parametri – temperatura bilan farqlanadi. Jarayon borishi uchun xarakatlantiruvchi kuch kerak ya'ni T1 temperatura T2 temperaturadan baland bulishi kerak. Agar eritmani kaynash temperaturasi distillyat (buglardan hosil bulgan suv) temperaturasidan farqlanmasa ham bu farq saqlanib qoladi.
-
2.Qaytar va qaytmas jarayonlar 3. Muvozanatli va muvozanatsiz jarayonlar. - 3. Muvozanatli va muvozanatsiz jarayonlar.
- Termodinamik tizimga kirgan jismlarning holati uzoq vaqt o’zgarmasa, u holda tizim termodinamik muvozanatda bo’ladi. Agar termodinamik tizimda jismlar bir xil holatda bo’lmasa va ular bir-biri bilan issiqlik izolyatsion va absolyut qattiq to’siqlar bilan ajratilgan bo’lmasa, bu tizimda biror muddat vaqt o’tishi bilan (ertami-kechmi) turg’un termodinamik muvozanat hosil bo’ladi. Termodinamik muvozanatda tizim tarkibidagi jismlar o’zaro issiqlik almashmaydi va bir-biriga nisbatan harakatda bo’lmaydi, ya’ni issiqlik va mexanik muvozanat sodir bo’ladi.
3. Muvozanatli va muvozanatsiz jarayonlar. - Termodinamik muvozanatda tizimni tashkil qilgan barcha jismlar bosimi va temperaturasi atrof-muhit bosimi va temperaturasiga teng bo’ladi. Tashqi muhit o’zgarishi bilan termodinamik tizimning holati o’zgarada ya’ni u muvozanatli holatdan muvozanatsiz holatga o’tadi. Bu o’zgarish atrof-muhit va tizimning bosimi va temperaturasi tenglashguncha, ya’ni turg’un muvozanat qaror topguncha davom etadi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, muvozanatga erishgan tizim keyinchalik shunday holatda qolaveradi, ya’ni holatini o’zicha o’zgartira olmaydi.
- Yuqorida aytib o’tilganlar asosida quyidagi natijaga kelish qiyin emas: tizim faqat muvozanat holatiga kelmaguniga qadargina ish bajara oladi.
- Ko’rib chiqilgan barcha misollardan ko’rinib turibdiki, tizimda muvozanatning bo’lmasligi tizimda ba’zi bir o’ziga xos kattaliklar ayirmasining mavjudligi bilan tavsiflanadi. Agar jarayonni amalga oshirish tezligi nolga intilsa, har qanday muvozanatdagimas jarayon muvozanatdagi jarayon bo’lib qoladi.
Adabiyotlar - 1 R.Ya., Turobjonov S. Kattayev N. Kimyoviy texnologiya. O`quv qo`llanma,-T., Yangiyul polygraph servise, 2008, 432 b.
- 2 Ibragimov G.I., Erkaev A.U., Yakubov M. Kaliy xlorid texnologiyasi. O`quv qo`llanma. – T., TKTI, 2010. -208 b.
- 3 Mirzaqulov X.Ch., Shamsiddinov I.T., To`raev Z. Murakkab o`g`itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari. O`quv qo`llanma. – T., “Tafakkur bo`stoni”, 2013. - 216 b.
- 4 А.Н.Гаврилюк,О.Б.Дормешкин,А.У.Эркаев, Х.Т.Шарипова. Технология связанного азота и азотных удобрений. Учебно-методическое пособие.- Минск:БГТУ, 2020, 229 с.
- 5 Yusupov D., Turobjonov S.M., Kodirov X.E., Ikramov A., Karimov A.U. Organik kimyoning boshlangich asoslari. O’quv qo’llanma. - Т. Toshkent, 2006. -290 b.
- 6 Кадиров Х.И., Нигматова К.А., Латипова И.И., Газиходжаева Н.М.. Органик кимё: дастлабки тушунчалар. Углеводородлар. Органик кимё: дастлабки тушунчалар. Углеводородлар. Ўқув қўлланма. - Т. Toshkent: nashryoti, 2020. – 234 b.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |