Muallif : J. Asatillayev
Download 1.29 Mb.
|
Ekologik piramida qonuniga oid masalalar yechish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob: D) 2,79
- Javob: D) 6 160 000 kj
Javob: A) 80000 t.
13. Umumiy ogʻirligi 120 kg keladigan 20 ta oq va 30 ta kulrang quyonlar maʼlum vaqt davomida 204 kg oʻsimlik istemol qildi. Agar oq quyonlar oʻz vaznidan 2 barobar kulrang quyonlar esa 1,5 barobar koʻp oʻsimlik yesa 3 ta oq va 7 ta kulrang quyonni yegan boʻrini ogʻirligi necha kg ga ortadi. (Oq va kulrang quyonlarning dastlabki vazni teng boʻlgan) A) 39,6 B) 27,9 C) 3,96 D) 2,79 YECHIMI: Quyonlarning dastlabki ogʻirligi 120 : 50 = 2,4 kg dan. Oq quyonlar 2,4 • 2 = 4,8 Kulranglari 2,4 • 1,5 = 3,6 kg dan oʻsimlik istemol qilgan Vazni esa qoidaga koʻra Oq quyonlar 4,8/10=0,48 kg ga Kulranglari 3,6/10=0,36 kg ga ortgan. Ovqatlangandan soʻng quyonlar massasi Oq quyon 2,4+0,48=2,88 Kulrang 2,4+0,36=2,76 Boʻrini oʻgʻirligini topamiz ( 2,88•3 ) + ( 2,76•7) = 27,96 kg 27,96 kg quyon istemol qilgan. 27,96/10=2,796 kg ga semirgan. Javob: D) 2,79 14. Oziq zanjiri ketma-ketligi bugʻdoy-chigirtka-kaltakesak-lochindan iborat. Lochin tanasining 30 % lipiddan iborat boʻlib undan ajralgan energiya 5835 kj boʻlsa, bugʻdoy tanasidagi oqsil va uglevoddan ajralgan energiyani (kj) aniqlang. A) 8 800 000 B) 6 160 000 C) 8 800 D) 6 610 YECHIMI: Lochinni massasini topamiz Lipidni 1 g dan 38,9 kj energiya chiqadi. 38,9 ------------- 1 5835 ----------- x = 150 g lipid 150 : 0,3 = 500 g lochin massasi Bugʻdoy massasi 500 • 1000 = 500 000 kg (500 t)7 Oqsil va uglevod energiyasi teng boʻladi yani 17,6 kj 500 000 • 0,7 = 350 000 350 000 • 17,6 = 6160000 Javob: D) 6 160 000 kj 15. Bugʻdoy tarkibida oqsil va uglevod boʻlib ulardan hosil boʻlgan energiya 2640 kj ga teng. II darajali konsument tarkibidagi lipid parchalanishidan 93 kkal energiya hosil boʻlgan. Lochin tana tuzilishi uchun sarflanadigan energiya miqdorini (kj) aniqlang. A) 635,4 B) 63,54 C) 26,64 D) 266,4 YECHIMI: Oziq zanjir ketma-ketligi Bugʻdoy-chigirtka-kaltakesak-lochin I darajali konsument chigirtka II darajali kaltakesak III darajali lochin Oqsil va uglevoddan ajralgan energiya bugʻdoyda 24640 kj boʻlsa Lochinda 24640/1000=24,64 kj 24,64 kj energiya oqsil va uglevoddan hosil boʻlib lochin tana tuzilishi uchun sarflangan. II darajali yani kaltakesakda lipiddan ajralga energiya 93 kkal boʻlsa 100 g lipid. 1 --------- 38,9 100 ---- x= 389 kj Lochinda 389/10=38,9 kj bu lipiddan ajralgan energiya 24,64 + 38,9 = 63, 54 kj Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling