Muallif : J. Asatillayev


Download 1.29 Mb.
bet11/19
Sana23.01.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1112956
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Ekologik piramida qonuniga oid masalalar yechish

Javob: A) 80000 t.

13. Umumiy ogʻirligi 120 kg keladigan 20 ta oq va 30 ta kulrang quyonlar maʼlum vaqt davomida 204 kg oʻsimlik istemol qildi. Agar oq quyonlar oʻz vaznidan 2 barobar kulrang quyonlar esa 1,5 barobar koʻp oʻsimlik yesa 3 ta oq va 7 ta kulrang quyonni yegan boʻrini ogʻirligi necha kg ga ortadi. (Oq va kulrang quyonlarning dastlabki vazni teng boʻlgan)


A) 39,6 B) 27,9 C) 3,96 D) 2,79
YECHIMI:
Quyonlarning dastlabki ogʻirligi
120 : 50 = 2,4 kg dan.

Oq quyonlar 2,4 • 2 = 4,8


Kulranglari 2,4 • 1,5 = 3,6 kg dan oʻsimlik istemol qilgan
Vazni esa qoidaga koʻra
Oq quyonlar 4,8/10=0,48 kg ga
Kulranglari 3,6/10=0,36 kg ga ortgan.
Ovqatlangandan soʻng quyonlar massasi
Oq quyon 2,4+0,48=2,88
Kulrang 2,4+0,36=2,76
Boʻrini oʻgʻirligini topamiz
( 2,88•3 ) + ( 2,76•7) = 27,96 kg
27,96 kg quyon istemol qilgan.
27,96/10=2,796 kg ga semirgan.
Javob: D) 2,79

14. Oziq zanjiri ketma-ketligi bugʻdoy-chigirtka-kaltakesak-lochindan iborat. Lochin tanasining 30 % lipiddan iborat boʻlib undan ajralgan energiya 5835 kj boʻlsa, bugʻdoy tanasidagi oqsil va uglevoddan ajralgan energiyani (kj) aniqlang.


A) 8 800 000 B) 6 160 000
C) 8 800 D) 6 610
YECHIMI:
Lochinni massasini topamiz
Lipidni 1 g dan 38,9 kj energiya chiqadi.
38,9 ------------- 1
5835 ----------- x = 150 g lipid
150 : 0,3 = 500 g lochin massasi
Bugʻdoy massasi
500 • 1000 = 500 000 kg (500 t)7
Oqsil va uglevod energiyasi teng boʻladi yani 17,6 kj
500 000 • 0,7 = 350 000
350 000 • 17,6 = 6160000
Javob: D) 6 160 000 kj

15. Bugʻdoy tarkibida oqsil va uglevod boʻlib ulardan hosil boʻlgan energiya 2640 kj ga teng. II darajali konsument tarkibidagi lipid parchalanishidan 93 kkal energiya hosil boʻlgan. Lochin tana tuzilishi uchun sarflanadigan energiya miqdorini (kj) aniqlang.


A) 635,4 B) 63,54
C) 26,64 D) 266,4
YECHIMI:
Oziq zanjir ketma-ketligi
Bugʻdoy-chigirtka-kaltakesak-lochin
I darajali konsument chigirtka
II darajali kaltakesak
III darajali lochin
Oqsil va uglevoddan ajralgan energiya bugʻdoyda 24640 kj boʻlsa
Lochinda 24640/1000=24,64 kj

24,64 kj energiya oqsil va uglevoddan hosil boʻlib lochin tana tuzilishi uchun sarflangan.


II darajali yani kaltakesakda lipiddan ajralga energiya
93 kkal boʻlsa 100 g lipid.
1 --------- 38,9
100 ---- x= 389 kj
Lochinda 389/10=38,9 kj bu lipiddan ajralgan energiya
24,64 + 38,9 = 63, 54 kj

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling