Muallif: Nuriddin Ikramov
Download 143.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Belgilarning birikkan holda nasldan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala yechish metodikasi.
Nuriddin Ikramov Belgilarning birikkan holda nasldan-naslga oʻtishi va krossingover.
Diduragay va poliduragaylarda belgilarni hosil qiluvchi genlar xar hil xromosomalarda joylashgan taqdirdagina bu belgilar bir biridan mustaqil ravishda nasldan-naslga oʻtadi. Lekin hayvonlarda, oʻsimliklarda va odamda gomologik xromosomalar belgilarga ta’sir etuvchi genlarga nisbatan juda kam. Shunga koʻra, bitta xromosomada bir necha gen joylashishi tabiiy holdir. Chunonchi, drozofilaning somatik hujayralarida toʻrt juft xromosomalar boʻlgan holda belgi va xossalarni vujudga keltiruvchi genlar 1100 ta, birinchi xromosomada 400 ta, toʻrtinchi xromosomada 42 ta gen joylashgan. Odatda, bir xromosomada joylashgan genlar birikkan holda nasldan-naslga oʻtadi. Shunga koʻra, ular hosil qilgan belgilar ham nasldan- naslga birikkan holda oʻtadi. Bu hodisani dastlab 1905 yili Betson va Pennetlar aniqlagan boʻlsalar-da, keyinchalik u Amerika genetigi T.Morgan va shogirdlari Bridjes va Stertevant tomonidan rivojlantirib, irsiyatning xromosoma nazariyasi yaratildi. Albatta bir xromosomada joylashgan genlarning birikkan holda nasldan – naslga oʻtishi mutlaq emas, ba’zi hollarda meyozning profazasida ota-ona organizmlar gomologik xromosomaning oʻzaro konyugatsiyasi tufayli ular ayrim genlari bilan oʻrin almashinishi mumkin. Bu hodisa krossingover deb ataladi. Krossingover yordamida genlarning xromosomadagi oʻrni, ular orasidagi masofa, izchilligi aniqlanadi va nihoyat genetik karta tuziladi.
Odatda, belgilarning mustaqil yoki birikkan holda nasldan- naslga oʻtishini bilish uchun analiz qiluvchi, ya’ni F 1 ni mazkur belgilarni retsessiv gomozigota holda saqlovchi forma bilan qayta chatishtirish (bekross) metodidan keng foydalaniladi.
Masala. Analiz qiluvchi chatishtirishda olingan quyidagicha xilma-hillikka asoslanib: ABC -81
AbC-129 abC-2 Abc-381 aBC-372 ABc-2 aBc-120 abc -73 a) chatishtirishda ishtirok etgan geterozigota organizmning genotipini; b) uning xromosomasidagi genlarning izchilligini; c) krossingover foizini toping. Yechish. a) chatishtirishda ishtirok etgan geterozigota formani masala shartida berilgan gametalarga qarab aniqlash mumkin. Bitta xromosomadagi genlar birikkan xolda boʻlgani uchun analiz qiluvchi chatishtirish natijasida hosil boʻlgan eng koʻp miqdordagi gametalar a A B va b genli xromosomaga ega ekanligini hisobga olib, chatishtirishda ishtirok etgan geterozigota
A a b va B holda tasavvur qilamiz va masalani yechamiz. c C
A a a a P: ♀ b B x ♂ b b c C c c
nokrossingoverlar
k r o s s i n g o v e r g a m e t a l a r ♀ ♂ A b
a B C A B C a b c A b C a B c A B c a b C a b c A a b b c c 381
a a B b
C c 372
A a B b
C c 81
a a b b c c 73
A a b b C c 129
a a B b c c 120
A a B b c c 2 a a b b C c
2
32,8+32,1=64,9 % 7+6,3=13,3 % 11,1+10,3=21,4 % 0,2+0,2=0,4 %
b) keltirilgan ma’lumotdan koʻrinib turibdiki, xromosomada oldin A gen, keyin B gen, soʻngra C gen joylashgan. c) krossingover foizini topish uchun 8 hil gametada berilgan sonlar oʻzaro qoʻshib chiqiladi, ya’ni 81+129+2+381+372+2++120+73=1160 va xar bir gameta necha foizni tashkil etishi aniqlanadi. Agar 1160 = 100 % boʻlsa, u holda: ABC -81=7% , AbC-129 =11,1 % , abC-2 =0,2 % , Abc-381 = 32,8 % , aBC-372 = 32,1 %, ABc-2 = 0,2 % , aBc-120 = 10,3 % , abc -73 = 6,3 % , ni tashkil etadi. Eng koʻp foizli gametalar nokrossingoverlar, kam foizli gametalar krossingoverlar hisoblanadi.
a A
Binobarin, xromosomalar chalkashuvisiz B va b gametalar hosil boʻladi.
C c
Birinchi va ikkinchi gen oraligʻidagi, ya’ni birinchi uchastkadagi krossingover ABC 7% + abc 6,3% = 13,3 %, ikkinchi va uchunchi uchastkadagi aBc 10,3% + AbC 11,1 % = 21,4%, bir vaqtning oʻzida ham birinchi, ham ikkinchi uchastkadagi qoʻsh krossingover abc 0,2 % + ABc 0,2 % = 0,4 % dan iborat. Shunday qilib A gen va B gen orasidagi masofa 7+6,3+0,4=13,7; B gen va C gen orasidagi masofa 10,3+11,1+0,4=21,8; A gen bilan C gen orasidagi masofa 13+21,8=35 morganidaga teng.
Download 143.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling