Mualliflik huquqi obyektlari va ularning himoya qilinishi
Intellektual mulk huquqi va boshqa turdosh huquqlarning amaliy ahamiyati
Download 224.11 Kb.
|
фуқаролик курс иши финал
1.2 Intellektual mulk huquqi va boshqa turdosh huquqlarning amaliy ahamiyati
Intellektual mulk huquqi — Intellektual (aqliy) faoliyat natijasiga tegishli huquq. Mulk egasi ana shu intellektual mulk obyektlaridan oʻz xohishiga koʻra, har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqiga egadir. Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi (Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 1034-modda). Baʼzi obyektlarga nisbatan (ixtiro, sanoat namunasi, foydali model, tovar (xizmat) belgisi, firma nomi va sh. k.) mutlaq huquq davlatning vakolatli organi tomonidan beriladigan maxsus hujjat — patent, guvohnoma asosida vujudga keladi va huquqiy muhofaza qilinadi.5 Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa obyektlari — ashyolar, qimmatbaho qogʻozlardan quyidagi xususiyatlari boʻyicha farq qiladi: a) koʻp hollarda ular moddiy koʻrinishda emas, balki gʻoya, bilim, axborot shaklida namoyon boʻladi; b) gʻoya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas; v) shaxslar bunday obyektlardan ayni bir vaqtning oʻzida cheksiz doirada foydalana olishi mumkin; g) mulk huquqining muddatsiz ekanligi haqidagi qoida (Fuqarolik kodeksi, 164-modda) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan qoʻllanilmaydi, binobarin aksariyat hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni nazarga olmaganda) intellektual mulk huquqining amal qilishi qonunlarda belgilangan muddatlar bilan chegaralangan boʻladi; d) qonunlarda belgilangan muddatlar utishi bilan intellektual mulk huquqi egasining maʼlum intellektual mulk obyektiga nisbatan huquqlari bekor boʻladi va u umuminsoniy boylikka aylanib, har kim undan maʼlum shartlar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boʻladi; ye) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan mulk huquqini himoya qilishda vindikatsiya da`vosini qoʻllab (Fuqarolik kodeksi, 228-modda) boʻlmaydi; yo) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk huquqiy emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qoʻllaniladi; j) intellektual mulk huquqining amal qilishi ayni vaqtda maʼlum hudud bilan chegaralangan boʻladi. Masalan, ixtiroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan xalqaro konvensiyalar, u bilan xorijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar asosida belgilangan hududlardagina amal qiladi; z) koʻpgina intellektual mulk obyektlarining mualliflariga taalluqli shaxsiy huquqlar ham mavjud boʻlib, bu obyektlardan foydalanuvchilar mazkur huquqlarga rioya qilishi shart. Fuqarolik kodeksining 1031-moddasiga muvofiq, Intellektual mulk obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi 1) intellektual faoliyat natijalari: fan, adabiyot va sanʼat asarlari; ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʼrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʼrsatuvlari yoki eshittirishlari; elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari; ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari; selektsiya yutuqlari; oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau); 2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar: firma nomlari; tovar belgilari (xizmat koʼrsatish belgilari); tovarlar chiqarilgan joy nomi; 3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik ko‘rib chiqing muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar. Ushbu sharhlanayotgan moddada intellektual mulk obyektlari tizimi,guruhlari va turlari koʼrsatilgan. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining alohida maxsus obyektlari boʼlib xisoblanadi. Аshyolar, qimmatbaxo qogʼozlar va boshqa fuqarolik huquqlaridan farqli ravishda intellektual mulk obyektlari quyidagi xususiyatlarga ega: a) koʼp xollarda intellektual mulk obyektlari moddiy ashyoviy xolatda emas, gʼoyaviy koʼrinishda — bilimlar, gʼoyalar va axborotlar holatida mavjud boʼladi. Аlbatta, muyyan gʼoyalar, bilimlar tizimi moddiy eltuvchida, masalan, kitoblarda, elektron disklarda, maketlarda, qurilmalarda ifodalanishi mumkin, biroq biribir, gʼoyalar, bilimlar birlamchi, ularning moddiy tashuvchisi ikkinchi darajali boʼladi va shu sababli huquqiy munosabatlar mohiyatiga jiddiy taʼsir koʼrsata olmaydi; b) bilimlar, gʼoyalar koʼrinishidagi intellektual mulk obyektlariga nisbatan odatdagi moddiy ashyolarga boʼlganday egalik qilish va xukmronlik qilish mumkin emas; v) koʼp hollarda ushbu obyektlardan bir vaqtning oʼzida cheksiz, nomuayyan darajadagi shaxslar foydalanishlari mumkin; g) deyarli barcha intellektual mulk obyektlariga nisbatan Fuqarolik Kodeksining 164-moddasida nazarda tutilgan mulk huquqining muddatsizligi toʼgʼrisidagi qoidasi taʼluqli emas (oshkor etilmagan axborotlarga nisbatan huquqlar bundan mustasno); d) qonun hujjatlarida belgilab qoʼyilgan muayyan muddat oʼtishi bilan intellektual mulk obʼektlari subyektlarining muayyan intellectual mulk obyektiga nisbatan mulkiy (mutloq) huquqlari bekor boʼladi; ye) intellektual mulk obyektiga nisbatan huquq egasining huquqlarini vindikatsiyaviy daʼvo qoʼzgʼatish orqali ximoya qilish samarli emas; j) intellektual mulk obyektiga nisbatan huquq egasining vakolatlari mazmuni mulk huquqi bilan emas, balki mutloq huquq bilan belgilanadi; z) intellektual mulk huquqining amal qilishi xudud boʼyicha chegaralangan; i) ijodiy faoliyat natijasi boʼlgan intellektual mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy huquqlar tizimi amal qiladi va boshqa huquq sohiblari va obyektdan foydalanuvchilar ularga rioya qilishlari shart. Intellektual faoliyat natijalarining quyidagi turlari mavjud: A. fan, adabiyot va sanʼat asarlari (Fuqarolik kodeksining 60-bobiga sharhlar); B. ijrolar, fonogrammalar, eshittirish-koʼrsatish tashkilotlarining eshittirishlari va koʼrsatuvlari (Fuqarolik kodeksining 61-bobi sharhiga qarang); V. elektron xisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari (Fuqarolik kodeksining 1042-moddasi sharhiga qarang); G. ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari (Fuqarolik kodeksingning 62-bobi sharhiga qarang); D. selektsiya yutuqlari (Fuqarolik kodeksining 63-bobi sharhiga qarang); E. oshkor etilmagan axborotlar, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau) — Fuqarolik kodeksining 64-bobi sharhiga qarang. Ushbu obyektlar xar birining huquqiy rejimi (oshkor etilmagan axborotlardan tashqari) maxsus qonunlar bilan belgilangan. Keyingi guruxga mansub obyektlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar degan umumlashma nomga birlashtirilgan. Bu obyektlar har doim ijodiy faoliyat natijasi boʼlavermaydi. Аniqrogʼi, intellektual mulk obyekti huquqiy rejimini olish uchun ular intellektual faoliyat natijasi boʼlishi talab etilmaydi. Intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalarini birlashtiruvchi holat shuki, har ikkalasiga nisbatan ham huquq sohiblarining mutloq huquqlari toʼgʼrisidagi qoidalar amal qiladi. Fuqarolik muomalasida millionlab turli subyektlar ishtirok etadilar va bir vaqtning oʼzida milliardlab turli tovarlar va xizmatlar realizatsiya qilinadilar. Shu Ushbu farqlash belgilari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, ular ishlab chiqargan tovarlar, bajargan ishlar va koʼrsatgan xizmatlarini individuallashtirish vositalari boʼlib xisoblanadi. Ushbu obyektlar guruxi quyidagi turlarga boʼlinadi: A firma nomlari (Fuqarolik kodeksining 1098–1101-m.); B tovar belgilari (xizmat koʼrsatish belgilari) — Fuqarolik kodeksining 1102–1107-moddalari; C tovar chiqarilgan joy nomi (Fuqarolik kodeksining 1108–1111-m.).6 5. Maʼlumki fan va texnikaning doimiy va shiddatli rivojlanishi natijasida yangidan yangi intellektual mulk obyektlari vujudga kelmoqda. Masalan, 2001 yil 12 mayda «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʼgʼrisida»gi Qonun qabul qilingan. Topologiyalar oʼz mohiyatiga koʼra intellektual faoliyat natijasi xisoblanadi. Internet tarmogʼi vujudga kelishi va rivojlanishi oqibatida individuallashtirish vositalarining yangi turi-domen nomlari paydo boʼldi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining ham, uning tarkibiy qismi boigan xalqaro xususiy huquqiy munosabatlaming ham o‘ziga xos obyekti hisoblanadi. Ushbu obyektlar ko‘proq g‘oyaviy negizga ega boigani sababli ularga nisbatan odatdagi an’anaviy mulk huquqi me'yorlarini qollab bo`lmaydi. Shu sababli ham ularga nisbatan bo`lgan huquqlarga ko‘proq mutlaq huquqlar deb atalmish huquqlar majmui qollaniladi. Intellektual mulk tushunchasi, uning doirasiga kiradigan obyektlar turlari, ularga nisbatan huquqlaming vujudga kelish asoslari bo‘yicha talabalar fuqarolik huquqi o‘quv kursi bo‘yicha asosiy malumotlar, zaruriy bilimlarga ega bo`lganini ta'kidlab, bevosita intellektual mulk obyektlarining xalqaro muomalada bolishining asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilar qayd etiladi. Birinchidan intellektual mulk obyektlari muomalada eng harakatchan obyektlardan hisoblanadi. Ular g‘oyaviy negizga ega bo`lgani sababli butun jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalishi mumkin; ikkinchidan, bunday obyektlar muayyan mamlakat miqyosida milliy rejimga ega bolishi yoxud xalqaro bitimlar, kelishuvlar, Konvensiyalar asosida xalqaro huquqiy rejimga ega bolishlari ham mumkin; uchinchidan, ko‘pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar maxsus muhofaza yorlig'i (patent) asosida vujudga keladi. Patent o‘zining amal qilish hududiga ega va ayni vaqtda uning amal qilish muddati chegaralangan yoxud bu muddatni uzaytirib turish lozim; to‘rtinchidan, intellektual mulk obyektlari muomalada bo‘lishida muayyan infratuzilma bo‘lishini taqozo etadi. Bu infratuzilma asosan intellektual mulk obyektlari huquq sohiblariga xizmat ko‘rsatish, huquqiy muhofaza qilish vazifalarini amalga oshiradi Download 224.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling