Mualliflik huquqi obyektlari va ularning himoya qilinishi
Download 224.11 Kb.
|
фуқаролик курс иши финал
- Bu sahifa navigatsiya:
- HIMOYA QILINISHI” MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI Bajardi
- II. BOB. O`ZBEKISTON FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA MUALLIFLIK HUQUQINING HIMOYA QILINISHI.
- XULOSA………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………… Kurs ishining dolzarbligi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI GUMANITAR FANLAR FAKULTETI FUQAROLIK HUQUQI FANIDAN “MUALLIFLIK HUQUQI OBYEKTLARI VA ULARNING HIMOYA QILINISHI” MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI Bajardi: A.Sotiboldiyev Qabul qildi: R.Hojiyev CHIRCHIQ-2022 MUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………………... I. BOB. FUQAROLIK HUQUQIDA MUALLIFLIK HUQUQI INSTITUTINING NAZARIY ASOSLARI Mualliflik huquqi va uning normativ belgilanishi zarurati…………...........................................................................…….…..bet Intellektual mulk huquqi va boshqa turdosh huquqlarning amaliy ahamiyati………………………………………………………………....bet II. BOB. O`ZBEKISTON FUQAROLIK QONUNCHILIGIDA MUALLIFLIK HUQUQINING HIMOYA QILINISHI. Mualliflik huquqi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning g‘oyaviy va huquqiy asoslari………………………………………………bet Mualliflik huquqining buzilishi natijasida kelib chiqadigan yuridik oqibatlar. Yuridik javobgarlik……………………………………………...bet XULOSA………………………………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………… Kurs ishining dolzarbligi. Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadrqimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audiovideo yozuv, xaykal va h. k.)dan qati nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham Mualliflik huquqi obyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilishi huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. Asardan muallif yoki uning merosxoʻri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, taʼlim va oʻquv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki toʻliq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga boʻlgan Mualliflik huquqi u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanvardan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi Mualliflik huquqi uning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan 2-shaxsga oʻtadi. Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, yaʼni har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishga haqli. Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquqlari muddatsiz amal qiladi. Mualliflik huquqi fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquqning tarkibiy qismi bo‘lib, tarixiyligi, harakat doirasining kengligi, ham milliy qonunchilik normalari, ham xalqaro normalaming bir xilda qo`llanishi bilan ajralib turadi. Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi hisoblangan - fan, adabiyot, san'at asarlarini yaratish, ulardan turli ko‘rinishda foydalanish, ayirboshlash natijasida kelib chiqadigan munosabatlami tartibga soladi. Bu munosabatlarda bir tomondan jismoniy shaxslar qatnashsa, ikkinchi tomondan yuridik shaxslar yoki xalqaro tashkilotlar yoxud davlatlar qatnashishi mumkin. Avstriyalik olim Valter Dillens Yevropada kitobning chop etilishi mualliflik huquqining paydo boiishiga olib keldi, deb ko‘rsatadi. Nemis mutaxassisi L.Gutenberg XV asrda harf bosishni ixtiro qilishi natijasida sanoat usulida birinchi marta ommaviy ravishda kitobning chiqarilishi mualliflik huquqining kelib chiqishi va kitobning bozorda tovar sifatida ayirboshlanishi aholining intellektual talabini qondirishga olib keldi.1 Dastlab asar yaratgan muallifning huquqi emas, balki kitob chiqarayotgan noshirning huquqi himoya qilinadi. Mualliflik huquqiga oid bo‘lgan dastlabki qonunlar 1709-yilda Angliyada, 1790-yilda AQSHda, 1791, 1793-yillarda Fransiyada, 1794, 1837-yillarda Prassiyada, 1762-yilda Ispaniyada, 1830-yilda Rossiyada qabul qilingan. Bu qonunlarga ko‘ra mualliflik huquqi nafaqat bir mamlakat hududida, balki butun dunyoda himoya qilinishi ham norma sifatida belgilangan. Mualliflik huquqi «inson huquqlari»ning ham ajralmas qismi hisoblanadi.2 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida «har kim fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega» deyiladi. Inson huquqlari Umumjahon Dekloratsiyasining 18, 19 moddalari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro hujjatning 18, 19-moddalarida bevosita mualliflik huquqining himoyasiga oid qoidalar mustahkamlangan. Ayniqsa, Umumjahon Dekloratsiyasining 27-moddasida «har bir inson jamiyatning madaniy hayotida erkin ishtirok etishga, san'atdan bahramand bo‘lishga, ilmiy taraqqiyotda ishtirok etish va uning samaralaridan foydalanish huquqiga ega» deyiladi. Ijod erkinligi ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy ixtirolar, adabiyot va san'atda yangi asarlar yaratish asosida amalga oshiriladi. Davlat esa mualliflarning bosh homiysi, jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. 1956-yili 35 davlat vakillari ishtirok etgan Xalqaro mualliflar va bastakorlar konfederatsiyasi (SIZAK) tomonidan qabul qilingan Xartiyada ham adabiyot, badiiy va ilmiy asarlar mualliflari jamiyatda muhim o‘rinni egallashlari, ular insoniyatning umumiy manfaatlari oldida javobgar ekanligi hamda sivilizatsiyaning rivojlanishida hal qiluvchi kuch ekanligi ta'kidlanadi. Har qanday davlat milliy qonunchiligini yaratayotganda mualliflik huquqiga oid yuqoridagi tamoyillarni qonun doirasida mustahkamlashi, muallifning erki-irodasini doimo himoya ostiga olishi. Xartiyaning asosiy g‘oyasini tashkil etadi. Download 224.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling