Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, ixtirochilikda moliyaviy munosabatlar
Patent egasi mutlaq huquqining bo’zilishi
Download 38.13 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Nazorat uchun savollar
Patent egasi mutlaq huquqining bo’zilishi. Patent bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektlaridan ushbu Qonunning 11 va 32-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga xilof ravishda foydalanayotgan har qanday shaxs patent egasining mutlaq huquqini bo’zuvchi hisoblanadi.
Patentlangan sanoat mulki ob’ektidan foydalangan holda buyumlarni ruxsatsiz tayyorlash, qo’llash, iport qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo’sinda kiritish yoki shu muqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo’llash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan buyumlarni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish patent egasi mutlaq huquqining bo’zilishi deb e’tirof etiladi.Sanoat mulki ob’etidan patent egasining mutlaq huquqini bo’zgan holda foydalanayotgan shaxslar patent egasining talabiga ko’ra: patent egasining mutlaq huquqini bo’zuvchi harakatlarni to’xtatishlari; patent egasiga etkazilgan zararning o’rnini qonun hujjatlariga muvofiq qoplashlari shart. Sanoat mulkiga patent berish haqidagi talabnoma va ekspertizadan o’tkazish patentlash va uning amal qilishi, foydalanishi bo’yicha bajariladigan ishlar, keyingi ma’ruzalarda uning tarkibiy qismlari bo’yicha keltirilgan. Tayanch iboralar: mualliflik huquqi; asar nusxasi; audiovizual asar; yozuv; ijro; ma’lumotlar bazasi; muallif; reprografik takrorlash; retranslyasiya; fonogramma; efir o’zatish; huquq egasi; patent bojlari; bojlar stavkasi; sanoat namunasi; foydali model; litsenziya; sotib olish, sotish; MPK. Nazorat uchun savollar: Mualliyalik huquqi nima? Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni qonun asosida tushuntirib bering Patent bojlari haqida tushunchalar. Ixtirolar, foydalimodellar, sanoat namunalarining patent bojlari. Patentlarni ro’yxatdan o’tkazish, e’lon qilish va berish uchun to’laganadigan patent bojlari. Boj stavkalarining ahamiyati nimada? Sanoat mulki to’g’risida tushuncha bering. Sanoat mulki amaliyotda qanday qo’llaniladi? Download 38.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling