Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, ixtirochilikda moliyaviy munosabatlar


Download 38.13 Kb.
bet3/8
Sana19.12.2022
Hajmi38.13 Kb.
#1033580
1   2   3   4   5   6   7   8
huquq egasi – mualliflik huquqiga nisbatan muallif yoki uning merosxo’rlari, turdosh huquqlarga nisbatan ijrochi yoki uning merosxo’rlari, fonogramani tayyorlovchi, efir va kabel orqali ko’rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot, shuningdek shartnomada yoki ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asos bo’yicha asarlardan yoxud turdosh huquqlar ob’ektlaridan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar.
Mualliflik huquqini amal qilish sohasi. Ushbu Qonunga muvofiq mualliflik huquqi:

  • O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lgan yoki O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy turish joyiga ega bo’lgan mualliflarning yoki mualliflik huquqining boshqa dastlabki egalik qiluvchilarining asarlariga;

  • mualliflarining fuqaroligi va doimiy turish joyidan qat’i nazar, O’zbekiston respublikasida birinchi marta chop etilgan asarlarga;

  • O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O’zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan asarlarga tatbiq etiladi.

Agar asar O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida birinchi marta chop etilgan sanadan so’ng o’ttiz kun ichida O’zbekiston Respublikasi hududida chop etilgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasida ham birinchi marta chop etilgan deb hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq asarga O’zbekiston Respublikasi hududida muhofaza berilgan taqdirda, asar muallifi mualliflik huquqini olish uchu nasos bo’lib xizmat qilgan yuridik fakt qaysi davlatning hududida sodir bo’lgan bo’lsa, o’sha davlatning qonuni bilan aniqlanadi.

2. Patent bojlari tushunchasi


Patent bojlari. Sanoat mulki ob’ektlariga huquqiy muhofaza berish bilan bog’liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun patent bojlari undiriladi. Patent bojlari Patent idorasiga to’lanadi.Patent bojlarining miqdori va ularni to’lash muddatlari, ularni to’lashdan ozod qilish, to’lov miqdorlarini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.Patent bojlari talabnoma beruvchi, patent egasi va boshqa manfaatdor shaxs tomonidan to’lanadi.Patentni o’z kuchida saqlab turganlik uchun patent bojini to’lash maqsadida qo’shimcha patent boji to’langan taqdirda, patent egasiga olti oylik imtiyozli muddat beriladi.Agar patentni o’z kuchida saqlab turganlik uchun patent boji va qo’shimcha patent boji imtiyozli muddat mobaynida to’lanmasa, patentning amal qilishi belgilangan muddatda patent boji to’lanmagan kundan e’tiboran tugatiladi.

Download 38.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling