Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, ixtirochilikda moliyaviy munosabatlar


Sanoat mulki va boshqalarning amaliyotda qo’llanilishi


Download 38.13 Kb.
bet6/8
Sana19.12.2022
Hajmi38.13 Kb.
#1033580
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Sanoat mulki va boshqalarning amaliyotda qo’llanilishi Agar sanoat mulki ob’ektidan o’z hohishicha foydalanish boshqa patent egalarining huquqlarini, shu jumladan boshqa shaxslarning mazkur ob’ektdan foydalanishini taqiqlab qo’yish huquqini bo’zmasa, bunday foydalanish patent egasiga tegishlidir, shu zaylda foydalanish ushbu Qonunga muvofiq patent egasining huquqini bo’zish deb hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.Bir necha paent egasiga qarashli bo’lgan sanoat mulki ob’ektidan foydalanish borasidagi o’zaro munosabatlar ular o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunday kelishuv bo’lmagan taqdirda, har bir patent egasi muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektidan o’z hohishicha foydalanishi mumkin, lekin qolgan patent egalarining roziligisiz ob’ektga mutlaq litsenziya berishga yoki patentni o’zga shaxsga topshirishga haqli emas.Patent egasi patent bilan tasdiqlangan sanoat mulki ob’ektiga bo’lgan huquqi patentdan o’zganing foydasiga voz kechish to’g’risidagi shartnoma bo’yicha yoki sanoat mulki ob’ektidan foydalanish huquqini litsenziya shartnomasi bo’yicha har qanday yuridik yoxud jismoniy shaxsga (shaxslarga) topshirishi mumkin. Patentdan o’ganing foydasiga voz kechish to’g’risidagi shartnoma va litsenziya shartnomasi Patent idorasida ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.Patent egasi foydalanilayotgan sanoat mulki ob’ektlari patentlanganligini ko’rsatuvchi ogohlantirish tamg’asidan foydalanishi mumkin.Patent egalari patent ro’yxatga olingan sanadan boshlab uch yil mobaynida sanoat mulki ob’ektidan foydalanmasa yoki etarli darajada foydalanmasa, ushbu muhofaza etilayotgan sanoat mulki ob’ektidan foydalanishni hohlovchi va foydalanishga tayyor har qanday shaxs, patent egasi litsenziya shartnomasi tuzishdan bosh tortgan taqdirda, o’ziga majburiy nomutlaq litsenziya berishni so’rab sulga iltimosnoma bilan murojaa qilishi mumkin.
Patent egasi mutlaq huquqining bo’zilishi sifatida e’tirof etilmaydigan harakatlar. Quyidagi hollarda patent egasi mutlaq huquqining bo’zilishi sifatida e’tirof etilmaydi:

  • O’zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan qurilmalarni Sanoat mulki muhofaza qilish bo’yicha Parij konvensiyasi ishtirokchisi bo’lgan boshqa davlatning transport vositasida mazkur vosita vaqtincha yoki tasodifan O’zbekiston Respublikasi hududida turgan vaqtda, basharti bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchun foydalaniladigan bo’lsa, qo’llash;

  • patent bilan muhofaza qilinayotgan sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan vositalar ustida ilmiy-tadqiqot yoki tajriba o’tkazish;

  • patentlar bilan muhofaza qilinayotgana sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan vositalarni tabiiy ofatlar, haloqatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar qo’llash;

  • patentlar bilan muhofaza qilinayotgana sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan vositalarni, agar bu vositalar fuqarolik muomalasiga qonuniy yo’l bilan kiritilgan bo’lsa, qo’llash;

  • patentlar bilan muhofaza qilinayotgana sanoat mulki ob’ektlaridan tarkib topgan vositalarni daromad olmay shaxsiy maqsadlarda qo’llash;

  • dorixonalarda shifokor retsepti bo’yicha dorilarni bir marotabalik tayyorlash.


Download 38.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling