Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING ENG YANGI TEXNOLOGIYALARDA YUZAGA KELISH TRENDLARINI O’RGANISH
Adabiyotlar 1. “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart- sharoitlarni tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to`g`risida”. Toshkent sh. , PF- 5099-son 30. 06. 2017. 2. S. K. G’aniyev, M. М. Karimov, К. А. Tashev. “Ахborot xavfsizligi” Toshkent sh. 2007. KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING ENG YANGI TEXNOLOGIYALARDA YUZAGA KELISH TRENDLARINI O’RGANISH D.R. Raxmatov Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali Bugungi kunda inson shunchaki bitta tugmani bosish orqali e-mail, audio yoki video orqali har qanday ma’lumotni uzatish yoki qabul qilish imkoniyatiga ega, lekin u ma’lumotni qay darajada xavfsiz almashilinmoqda yoki boshqa insonga axborot qanchalik xavfsiz yetib borayotganligi haqida hech o’ylab ko’rganmikan? Bu savolning javobi kiber xavfsizlikda yotadi. Hozirda internet har kunlik hayotning eng tez o’sayotgan infratuzilmasidir. Hozirgi texnika dunyosida eng so’nggi texnologiyalar inson yashash tarzini o’zgartirib yubormoqda. Lekin yangi chiqayotgan texno logiyalar tufayli biz axborotimizni eng samarali yo’l bilan ham xavfsiz saqlay olmaymiz va shuning uchun kiber jinoyatlar kundan-kunga ko’payib bormoqda. Hozirda 60% dan ortiq moliyaviy kelishuvlar internet orqali amalga oshiriladi, shuning uchun bu soha katta miqdordagi kelishuvlar uchun eng yaxshi sifatli xavfsizlikni talab qiladi. Kiber xavfsizlikning ko’lami faqatgina axborot texnologiyalari sanoatida axborotni himoyalash emas, balki kibermakon kabi boshqa ko’pgina turlarga bo’linadi. Kiber jinoyat komp yuterda o’g’irlik va jinoyatda asosiy qurol qilib olgan har qanday noqonuniy harakatdir. AQSH Adliya vazirligi uning ta’rifini kengaytirib shunday ataydi: “Kiber jinoyat dalil to’plash uchun kompyuterni qo’llaydigan har qanday noqonuniy harakatdir”. Kiber jinoyatlarning keng ko’lami kompyuter orqali yanayam kengaydi. Masalan, tarmoqqa bostirib kirish, kompyuter viruslarini tarqatish va mavjud jinoyatlarning kompyuterga asoslangan variantlari: shaxsiy 30 ma’lumotlarni o’g’irlash, zo’ravonlik va terrorizm hozirgi kunda insonlar va davlatlar uchun katta muammoga aylandi. Ko’pchilikning fikriga ko’ra, kiber jinoyat kompyuter va internetni qo’llagan holda shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash, kontrabanda sotish va notog’ri kodlar bilan operatsiyalarni buzishdir. Kundan- kunga texnologiya inson hayotida muhim rol o’ynayotgani kabi kiber jinoyat ham texnologik rivojlanishlar bilan o’sib boraveradi. Ma’lumotlarni maxfiyligi va xavfsizligi har bir tashkilot himoya qiladigan asosiy xafvsizlik choralari hisoblanadi. Biz har qan day ma’lumot kiber yoki onlayn shaklda saqlanadigan dunyoda yashayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlar bizni oilamiz va do’stlarimiz bilan xafvsiz muloqot qila oladigan saytlar bilan ta’minlaydi. Bu holda kiber jinoyatchilar ijtimoiy tarmoqlarni insonlarning shaxsiy ma’lumotlarini o’g’irlashda va foydalanishda davom etadilar. Nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki bank kelishuvlarida ham barcha xavfsizlik choralari ko’rilishi lozim. Android operatsion sistemalarida ham kiber hujumlarni kuzatishimiz mumkin, afsuski, juda keng ko’lamda. Stol kompyuterlari, smartfonlar bilan bir xil operatsion tizimga ega va bu platformalarni buzish uchun bir xil quroldan foydalaniladi. Mac kompyuterlar uchun talab soni o’sishda davom etmoqda, lekin shaxsiy kompyuterdan kamroq ko’lamda. Windows dasturlari foydalanuvchilariga virtual dasturlarni Windowsni ishlatayotgan har qanday dasturda rivojlantirish imkoniyatini beradi va shuning uchun Android va boshqa dasturlar uchun zararli dasturlar ishlab chiqarilishi davom etmoqda va quyidagilar kiber xafvsizlikda kutilayotgan trendlarni yuzaga keltirmoqda Veb dasturlarda ma’lumotlarni ajratib olish va noto’g’ri kodlarni kiritish orqali qilinayotgan hujumlarni ko’rishimiz mumkin. Kiber jinoyatchilar o’zlari rivojlantirayotgan veb serverlar orqali noto ’g’ri kodni tarqatadilar. Lekin ko’pchilik e’tibor qaratadigan ma’lumot o’g’irlashga oid hujumlar ham katta tahdiddir. Hozir biz veb serverlar va veb dasturlarni himoya qilishga e’tibor qaratishimiz kerak. Veb serverlar kiber jinoyatchilarga ma’lumotlarni o’g’irlash uchun eng qulay platformadir. Shuning uchun har bir inson jinoyatga o’lja bo’lib qolmaslik uchun muhim kelishuvlar vaqtida xavfsiz brauzerlardan foydalanishlari kerak. Biz asta sekin jamiyatga kirib borayotganimiz uchun kompaniyalar shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun yangi yo’llar topishlari zarur. Axborot vositalari kiber xavfsizlikda muhim rol oynaydi va ko’plab shaxsiy kiber hujumlarni taqdim etadi. Axborot vositalari insonlar orasida tarqalishi jadal bo’lmoqda va hujum xavfini oshirmoqda. Ijtimoiy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar deyarli har bir inson tomonidan foydalanilayotgani uchun kiber jinoyatchilarga shaxsiy va maxfiy ma’lumotlarni o’g’irlashga katta platforma bo’lib xizmat qiladi. Biz shaxsiy ma’lumotlarimizni tez unutib qoldiradigan dunyoda kompaniyalar tahdidlarni aniqlashda, haqiqiy vaqtda javob berishda va kiber hujumlarni qaytarishda tezkorliklarini isbotlashlari kerak. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarga tez berilib ketgani uchun xakerlar ularni o’zlari talab qilgan ma’lumotni olishda vositachi sifatida qo’llaydilar. Shuning uchun insonlar kerakli ma’lumotni yo’qotmasliklari uchun ijtimoiy tarmoqlarda tegishli choralarni 31 ko’rishlari zarur. Ijtimoiy tarmoqlar biznesga ko’rsatadigan katta yordami insonlarda ma’lumotni millionlab odamlarga ulashish imkoniyati bo’ladi. Ijtimoiy tarmoqlar kiber jinoyatda kompaniyalarga qarshi ishlatilishi mumkinligiga qaramay kompaniyani mashhurligida muhim rol o’ynagnani uchun kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to’xtata olmaydilar. Aksincha haqiqiy zarar yetkuncha ularni ogohlantiradigan yechimlarga ega bo’lishlari kerak bo’ladi. Kompaniyalar buni tushunishlari kerak va ijtimoiy muloqotlarda risklardan nariroq bo’lish uchun yetarli darajada yechim va texnikalari bo’lishi kerak. Har bir inson ma’lum qoidalar va to’g’ri texnologiyalarni qo’llagan holda ijtimoiy tarmoqlarni nazorat qilishi kerak. Kiber etika hech narsa emas, lekin internetning kodidir. Biz bu kiber etikalarni o’rgansak, bizda internetni xavfsiz va to’g’ri yo’lda qo’llash imkoni paydo bo’ladi. Quyida ularning ba’zilari berilgan: • Internetni boshqalar bilan muloqot qilish yoki fikr almashish uchun ishlating. E- mail va tezkor xabarlashish, do’stlar va oila a’zolari bilan aloqada bo’lish, kasbdoshlar bilan muloqotda bo’lish va shahardagi yoki dunyodagi odamlar bilan fikr almashishning eng yaxshi yo’li. • Internetda zo’ravonlik qilmang. Odamlarga laqab qo’ymang, ular haqida yolg’on gapirmang, ularning shaxsiy rasmlarini tarqatmang va ularga zararli boshqa narsalarni amalga oshirmang. • Internet har qanday sohada ma’lumot topishingiz mumkin bo’lgan dunyoning eng katta kutubxonasidir, shuning uchun undan to’g’ri va qonuniy yo’lda foydalaning. • Boshqalarning akkauntiga ularni parollaridan foydalanib kirmang. • Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kim bilan ulashmang. Aks holda ularda ma’lumotingizni noto’g’ri qo’llashga imkoniyat paydo bo’ladi va bu janjal bilan tugashi mumkin. • Internetdaligingizda soxta akkauntlar bilan boshqalarni aldashga urinmang, agar akkaunt egasida muammo bo’lsa, sizda ham paydo bo’ladi. • Doimo ko’chirilgan ma’lumotdan foydalaning va faqatgina ruxsat berilgan o’yin va videolarni yuklab oling. Yuqorida har bir inson internetdan foydalanganda amal qilishi kerak bo’lgan etika qoidalari keltirib o’tildi. Biz kibermakonda qoidalarga rioya qilganimiz kabi hayotda ham rioya qilishimiz zarur. Dunyodagi texnologiyalar rivojlangani va tarmoqlar muhim kelishuvlarga erishayotgan paytda kompyuter xavfsizligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kiber jinoyatchilik har yili rivojlanib bo radi, tarqaladi va o’z o’rnida kiber xafvsizlik ham jadal sur’atlarda rivojlanadi. Eng so’ngi va zamonaviy texnologiyalarning kiber qurollari va tahdidlari bilan birga infratuzilmalarini qanday himoyalashda balki yangi platformalar va texnologiyalar talab qilinishi lozim. Kiber jinoyat uchun mukammal yechimlar yo’q, lekin biz kelajakdagi kibermakonni himoyalash uchun uni minimallashtirishga harakat qilishimiz kerak. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling