Муҳаммад ал-хоразмий номидаги тошкент ахборот технологиялари
Download 3.44 Mb. Pdf ko'rish
|
KIBER XAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING (1)
Adabiyotlar
1. “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to`g`risida”. Toshkent sh. , PF-5099-son 30. 06. 2017. 2. S. K. G’aniyev, M. М. Karimov, К. А. Tashev. “Ахborot xavfsizligi” Toshkent sh. 2007. PAROLLAR BARDOSHLILIGINI BAHOLASH MEZONLARI G’.G. Pulatov 1 , S.F. G’aniyev 1 1 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali Kompyuter tizimlari yoki tarmoqlarida foydalanuvchilarni parollar asosida autentifikatsiyalash eng keng tarqalgan va oddiy usullardan hisoblanadi. Bu usul foydalanuvchilar uchun ham eng qulay variantlardan biri bo`lib, qandaydir qo`shimcha qurilma yoki maxsus bilim talab qilmaydi. Bor yo`g`i o`ylash va esda saqlash kifoya qiladi. Haqiqatda esa bu jarayon unchalik oson kechmaydi. Parolli autentifikatsiya ikki xil muammoga duch keladi: • insonlik faktori(foydalanuvchilar xatosi) . Ko`pchilik kishilar biroz ob’yektiv qiyin bo`lganligi uchun o`z parollarini eslab qololmaydi (yoki xohlashmaydi). Shuning uchun unchalik bardoshli bo`lmagan oddiy parollardan foydalanishadi. Agar bardoshli paroldan foydalanish ta’minlanganda ham uni biron joyga, masalan klaviatura tagiga yozib qo`yishadi. • texnik nomukammallik(ishlab chiqaruvchilar xatoliklari). Dasturiy ta’minotni loyihalash va ishllab chiqish davridagi xatoliklar. Albatta, uzun parollar yuqori bardoshlilikka ega, ammo ular quyidagi kamchiliklarga ega: - ularni eslab qolishning qiyinligi; - ularning sekin terilishi; - ularda ma’noli frazalarning ishlatilishi; Buzgunchi biror foydalanuvchining parolidan nusxa olishi yoki uni o`qishidan himoyalash maqsadida xesh funktsiyalardan keng foydalaniladi. 26 Xeshlash amalining o`ziga xosligi shundan iboratki, u mohiyati bo`yicha, bir tomonlamadir, ya’ni biror ma’lumotning xesh qiymatini olish mumkin, lekin faqat xesh qiymatning o`zi ma’lum bo`lsa, u yordamida ma’lumotni tiklab bo`lmaydi. Ko`pgina tizimlar a utentifikatsiya ma’lumotlar bazasida parolning o`zi emas, balki uning xesh qiymati saqlanadi. Shuning uchun ham foydalanuvchi parolini yo`qotib qo`yganda tizim unga o`z parolini emas, balki yangi parolni beradi. Xo`sh, parolning bardoshliligi nimalarga bog`liq? Parolning bardoshliligini qaysi mezonlar bilan o`lchash mumkin? Parol bardoshliligi odatda bitlarda o`lchanuvchi entropiya – noaniqlik o`lchovi bilan o`lchanadi. U logarfm ikki asosga ko`ra berilgan parametrlardan olingan mumkin bo`lgan parollar soniga teng. Demak, M xarfdan iborat alfavitdan tuzilgan, N simvol uzunligdagi tasodifiy parol uchun entropiya E=log 2 M N ga teng bo`ladi. Bir bitda entropiya 2 ta parol, ikki bitda 4 ta parol, uch bitda 8 ta parol to`plami noaniqligiga to`g`ri keladi. N bitda entropiya 2 N parol to`plami noaniqligiga teng bo`ladi. 1-jadvalda bir nechta uzunlikdagi parollar va simvollar nabori uchun entropiya qiymati 1-jadval. Bir nechta uzunlikdagi parollar va simvollar nabori uchun entropiya qiymati. Parol uzunligi Raqamlar (10) Lotin harflari Lotin harflari va raqamlar Raqamlar, lotin harflari va maxsus simvollar 6 19,9 28,2 31,0 39,5 7 23,3 32,9 36,2 46,1 8 26,6 37,6 41,4 52,7 9 29,9 42,3 46,5 59,3 10 33,2 47,0 51,7 65,8 11 36,5 51,7 56,9 72,4 12 39,9 56,4 62,0 79,0 Xavfsizlik siyosati nuqtai nazaridan parolga quyidagi namunaviy talablar tavsiya etish mumkin: • parol 8 ta simvoldan kam bo`lmasligi kerak; • parol hech bo`lmaganda bitta raqam va bitta xarfdan iborat bo`lishi kerak; • yangi parol oldingisidan hech bo`lmaganda 3 ta simvolga farq qilishi kerak; • parol foydalanuvchi identifikatori bilan ustma-ust tushmasligi kerak; • parol qaysidir tildagi ma’noli so`z bilan bir xil bo`lmasligi kerak; • bitta paroldan 3 oydan ko`p vaqt foydalnmaslik kerak; • parol foydalanuvchining familiya, ismi, sharifidan iborat bo`lmasligi kerak; • parol sifatida telefon raqami, pasport yoki boshqa hujjat nomeri, mashinasi nomeri , tug`ilgan vaqti kabi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanmaslik kerak; • turli tizimlar va xizmatlar uchun parollar bir-biridan farq qilishi kerak. 27 Bundan tashqari ayrim tizimlardan (masalan, mail.ru da elektron pochta ochishda) ro`yxatdan o`tish davrida tizim keyinchalik agar foydalanuvchi parolni unutib qo`ysa, shu parolni qayta tiklash yoki foydalanuvchiga boshqa parol berish maqsadida berilgan savollar ro`yxatidan birini tanlash va unga javob berish talab etiladi. Ammo ko`pchilik foydalanuvchilar ro`yxatdan o`tish davrida bir xil savol va javoblarni kiritadi. Masalan, savollar ro`yxatidan “yaxshi ko`rgan taomingiz” bandini tanlab unga “osh” yoki shunga o`xshash taomning nomini yozib qo`yishadi. Parolingizni qo`lga kiritmoqchi bo`lgan odam loginingizni kiritib, so`ngra “parolni unutdingizmi” orqali tizimga kirib sizning parolingizni o`zgartirishga intilishi mumkin. Shuning uchun ro`yxatdan o`tishda mutlaqo yangi savol va javobdan foydalanishni tavsiya etish mumkin. Download 3.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling