Muammo va ularning yechimlari
Download 269.75 Kb. Pdf ko'rish
|
Қодирова республика конференция 1 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- INKLYUZIV TA’LIMNING DOLZARB MASALALARI: MUAMMO VA ULARNING YECHIMLARI respublika ilmiy-amaliy konferensiya MATERIALLARI TO‘PLAMI
- INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILINGAN ZAIF KO‘RUVCHI O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
1 O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik- pedagogik respublika tashxis markazi INKLYUZIV TA’LIMNING DOLZARB MASALALARI: MUAMMO VA ULARNING YECHIMLARI respublika ilmiy-amaliy konferensiya MATERIALLARI TO‘PLAMI Toshkent-2022 156 foydalanib, turli metodik adabiyotlar, milliy hunarmandchilik namunalari va boshqa vositalar ko‘magida texnologiya talim mashg‘ulotlarini tashkil etishi kerak bo‘ladi. Ayniqsa, o‘quvchilarning yordami, ya’ni dars davomida kerakli jihoz va asbob-uskunalarni uydan keltirish orqali olib borish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mustaqil amaliy ishlarda mahalladagi mohir ustalar, chevarlar, oshpaz, cho‘pon, bog‘bon va boshqa kasb egalari ko‘magidan, maslahatlaridan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Mehnat tarbiyasi va axloqiy tarbiya ma’naviy tarbiyaning asosini tashkil qiladi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bola shaxsini, yani barkamol avlodning shakllantirishda axloqiy va ma’navity ta’sir etish usullarini maqsadga muvofiq qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda texnologiya ta’limi mashg‘ulotlariga alohida etibor bilan qarash maqsadga muvofiq. INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILINGAN ZAIF KO‘RUVCHI O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI F.Qodirova-Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakelteti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri p.f.d., (DCs), proff. Z.Xusnuddinova, Z.Karimova-CHDPU Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika kafedrasi 2-bosqich magistrlari Ko‘rish qobiliyati past bolalarda aqliy faoliyati diqqat, mantiqiy fikrlash, yuqori nutq hamda xotira normal rivojlangan. O‘rganish, o‘ynash, kundalik hayotda qiyinchilik, noaniqlik, passivlik, o‘zini izolyatsiya qilish yoki asabiylashish tendensiyasi qo‘zg‘aluvchan asabiylik bilan bog‘liq buzilishlar ham xarakter xususiyatiga bog‘liq. Umumiy o‘rta ta’lim maktabida zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar doskada nima yozilganligini uzoqdan ko‘ra olmasligini hisobga olib o‘rtadagi 1- partaga o‘tkazish maqsadga muvofiq. Shu bois ularda dars jarayonida ko‘rish qobiliyati zaif bolalar bir qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Ko‘rish qobiliyati va idrok qilishning past va sekinligi sababli obyektlarning harakatini, tashqi xususiyatlarini tanib olishda qiyinchiliklarga uchraydi. Harf va raqamlarni yozishda o‘xshash satrlarni ajratishdagi qiyinchiliklar sanash va o‘zlashtirishda bir muncha og‘ishlarga olib keladi va bolani o‘z ichki “MEN”ini sindirishga yetakchilik qiladi. Shu sababli maktablarda o‘qitishni maqbul yo‘llarini yo‘lga qo‘yish bu ota-onani farzandining ko‘rish qobiliyatini va psixofiziologik ruhiy jarayonini saqlash va bolani tengdoshlarining ichida kamsitilmasligini hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmasligini ta’minlashda va kelajagini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi bo‘ladi. Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ko‘proq e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtojdirlar. Zaif ko‘ruvchilarning rivojlanishi hamda fikrlashi sog‘lomdir. Asosan pedagogik yondashuv, dars jarayonlari, tadbirlarda ishtirok etib o‘z qobiliyatlarini namoyon etishda iqtidorliklari va ajralib turadigan sifatlari juda ko‘pdir. Bunday bolalarda emotsiyaga tez berilish va tez xafa bo‘lish kuchliroq. Aksariyatlari kundalik hayotda pozitiv energiya olishi va tashqi olamga ichidagi o‘zini qiynayotgan muammolarini aytishi hamda suhbatga tez kirishib keta olishi oson emas. Ish tajribasidan kelib chiqqan holda aytish joizki, har bir o‘quvchini “Nega aynan biz?”, ”Bizning ko‘zimiz?” degan savol ularni vaqti-vaqti bilan bezovta qilishini ko‘p holatlarda kuzatdim va bunga javoban har bir dard hamda to‘siqlarga shukronalik tuyg‘usini uyg‘otishga nisbatan o‘quvchilarga “Shukronalik” metodini qo‘llaniladi. Har qanday vaziyatda ham har bir lahzani qadrlash, umidsizlikka tushmaslik va yashashdan maqsad bo‘lishi ular uchun zarur ekanligini o‘rgatdim. Zaif ko‘ruvchi bolalar o‘z ruhiyatini yaratuvchisidir, ular ozgina ko‘rsada, uni tasavvurida va qo‘llari bilan his qilib, o‘zlariga moslab tasavvur qiladilar. 157 Bunda ularga ko‘z va qo‘llar, sezgilar birgalikda hamkor bo‘lib tasavvur jarayonini ta’minlab beruvchidir. Zaif ko‘ruvchi bolalarda bilim olish va hayotiy ko‘nikmalarni sabr-toqat bilan qiyinchiliklar hamda sinovlar yordamida ko‘nikma va malaka hosil qilib, o‘zlarini har bir sohada, masalan:musiqa, o‘qituvchilik, duradgorlik, kompyuter texnologiyalari, to‘quvchilik, sport, massaj va shu kabi amaliy sohalarni egallashda o‘z qobiliyatlarini namoyon etib kelayotganlar ham juda ko‘p. Bu kabi bolalarda hayotga bo‘lgan ishonch, kurash ham asli kurashib yashash kerak deb o‘ylashidadir. Afsuski yuksaklikka intilmayotgan, turli xil salbiy fikrlar va qila oladigan ishidan o‘zini cheklash, tushkunlikka berilish, o‘z imkoniyatidan foydalanmaslik, aslida bu haqiqiy ojizlikdir. Hayot zavqini qalban his etayotgan zaif ko‘ruvchi bolalar esa baxtli hayotga haqli. O‘z his-tuyg‘ulari, kelajakka bo‘layotgan ishonchlari hamda ruhiy-emotsional holatlari: Agressiya, depressiya va tushkunlikka berilmasdan, kelajakka ishonch ila cheksiz sevgi to‘lqinlari ichida, o‘y- xayollari va ichki “MEN”larini rivojlanishiga yo‘l qidirishlari va bu hayotga bo‘lgan kurashlari, baxtli hayotlarini yaratishda jamiyatning, yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashlari zamirida oyoqqa turishlari va yorqin kelajaklarini yaratishda cheksiz imkoniyatlarini his qila bilishidir. Download 269.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling