Muammo va ularning yechimlari
ESHITISHIDA MUAMMOSI BO‘LGAN BOLALARNING UMUMIY TASNIFI
Download 269.75 Kb. Pdf ko'rish
|
Қодирова республика конференция 1 2022
ESHITISHIDA MUAMMOSI BO‘LGAN BOLALARNING UMUMIY TASNIFI
F.Qodirova-Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakelteti, Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri p.f.d., (DCs), proff. G.Tag‘onova, I.Shamshiyeva-CHDPU Pedagogika fakulteti Maxsus pedagogika kafedrasi 2-bosqich magistrlari. Eshitishida muammosi bo‘lgan bola psixologiyasini o‘rganish uzoq o‘tmishlarga borib taqaladi. Bu bolalarning chaqaloqligidan keksaligigacha ularning imkoniyati, qiziqishi, aqliy faoliyati irodasi, his tuyg‘usi, diqqati, xotirasi, tafakkuri, bilish jarayonlari, ularning xususiyatlariga ko‘ra individual yondoshish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi bo‘lib voyaga yetmog‘ida katta ahamiyatga egadir. Barcha nogiron bolalar qatori kar, zaif eshituvchi bolalar ta’lim-tarbiyasi, ularning ruhiy holatlarini o‘rganishda, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda ularning individual xususiyatlaridan kelib chiqish borasida ko‘pgina izlanishlar olib borilmoqda. Eshitmaydigan bola butun axborotni eshitish apparati analizatorining ishtirokisiz oladi. Ya’ni u hamma narsalarni predmetlar, voqea va hodisalarni ko‘rgani holda ular haqida hech qanday informatsiya olish imkoniyati yo‘q. Bu esa o‘z navbatida ikkilamchi nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Me’yorda, bola kattalar va atrofdagilar nutqini takror-takror eshitib, ularga taqlid qilib, uni egallaydi. Eshitmaydigan bola ko‘rgan narsalarining nomlarini va hodisalarni so‘z orqali ifodalay olmaydi, munosabat bildira olmaydi. Bunday holat bolani ruhiy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Karlik tufayli bolada ikkilamchi nuqsonlar vujudga keladi: soqovlik, ruhiy rivojlanishining orqada qolishi va hokazo. Chunki bu ikkilamchi nuqsonlar eshitmaslik tufayli vujudga keladi. Ya’ni, barcha psixik jarayon, tafakkur, xotira, idrok, diqqat va butun bilish jarayoniga ta’sir qiladi. Ko‘p yillik tadqiqot natijalaridan ma’lumki, mutloq eshitmaydigan inson bo‘lmaydi. Har qanday guruhdagi karlikda ham eshitish qoldiqlari saqlangan bo‘ladi. Zamonaviy surdokorrektsiyada eshitish qoldiqlaridan foydalanishga o‘rgatish imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Eshitishni korreksiyalash qanchalik erta tashkil qilinsa, nutqdagi kamchiliklar shunchalik erta to‘g‘rilanadi. Lekin maktab yoshgacha eshitish imkoniyatidan foydalanilmagan bolalar garchi eshitish apparati orqali eshitishdan foydalanish o‘rgatilsa ham nutqni to‘liq va nuqsonsiz egallash qiyin kechadi. Shuning uchun kar bolalarning psixologiyasi o‘ziga xos rivojlanadi. Bu bolalar psixologiyasini surdopsixologiya fani o‘rnadi. Surdopsixologiya – eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar psixologiyasi haqidagi fan bo‘lib, umumumiy psixologiyaning bir tarmog‘ini tashkil qiladi, uning barcha ma’lumotlaridan foydalanadi va uni rivojlantiradi. Eshitishida muammosi bo‘lgan kar bolalarning ruhiy rivojlanishidagi o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish surdopsixologiyaning o‘rganish predmetini tashkil qiladi. Surdopsixologiya fani vazifalari quyidagilarni tashkil qiladi: 1. Kar va sog‘lom bola ruhiy rivojlanishidagi umumiy va xususiy tomonlarini aniqlash. 2. Kar bolalar bilish jarayonining alohida shakllarining rivojlanishidagi o‘ziga xosligini o‘rganish va aniqlash – sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq hamda uning shaxs sifatida shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish. 3. Rivojlanishi nuqsonli bo‘lgan bola shaxsining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadigan metodlar va yo‘llarni psixologik jihatdan asoslab berish. 427 D.Qaxxarova, Inklyuziv ta’limga jalb etilgan ayrim rasm chizishga layoqati bor bolalarni ota-onalar va psixolog, defektolog-logoped hamkorligida rasm chizdirish orqali ruhiyatini o‘rganish va tarbiyalashga yangicha yondashuv……………………………………………..…147 M.Sobirova, Inkluziv ta’lim jarayonida surdopedagogik, oligofrofrenopedagog va tiflopedagog faoliyatining mazmuni ……………………………………………….…………150 Download 269.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling