Muammolarni yechish yo’llari
Texnologik jarayonlarning texno – kimyoviy nazorati
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
raps urugidan quvvati 40tsutkasiga bolgan presslangan yog ishlab chiqarish va rafinatsiyalash liniyasini loyihalash
2.7. Texnologik jarayonlarning texno – kimyoviy nazorati
Ishlab chiqarishni nazorat qilishning maqsadi yog’ – moy ishlab chiqarish korxonalarida xom ashyoni qabul qilishdan tortib saqlash, ishlab chiqarishga berish, qayta ishlash, tayyor mahsulot holiga keltirib iste’molchilarga jo’natishgacha bo’lgan barcha texnologik jarayonlarni to’g’ri nazorat qilish va xom ashyo, yarim tayyor hamda chiqindilarni sifat ko’rsatkichlarini to’g’ri tahlil qilishdir. Yog’ – moy korxonalari bo’yicha hisob – kitoblarni to’g’ri olib borilishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, mahsulotlarni chiqish unumini oshiradi va ularni sifatini yaxshilaydi. Tayyor mahsulot standarti talablariga rioya qilish, mahsulot unumini oshirish va texnologik jarayonning har bir bosqichida texnologik va fizik – kimyoviy nazoratni sistemali ravishda olib borish, shu bilan birga ayrim mashina va uskunalarni holatini nazorat qilish bilan uzviy bog’liqdir.
46
Ushbu nazoratlarni yog’ – moy korxonalarida olib borilishi maxsus ishlab chiqilgan va rasmiy ravishda tasdiqlangan standartlar, uslubiy qo’llanmalar me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar hamda texnologik reglamentlar asosida olib boriladi. Ishlab
chiqarishdagi texnologik jarayonlarni nazorat
qilish ishlab
chiqarilayotgan yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hamda ishlab chiqarish chiqindilarini sifatini yaxshilashga, ularni isrofgarchiligini oldini olishga va ishlab chiqarish unumini oshirishga qaratilgan. To’g’ri olib borilgan tahlillar asosida bajarilgan hisob – kitoblar natijasida ish yuritishga o’rgatadi. Texnologik va fizik – kimyoviy nazorat ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va korxona bo’yicha olib boriladigan sarf – harajatlar va olinadigan daromadlar ushbu nazoratlar asosida olib borilgan hisob – kitoblar natijasida kelib chiqadi. Yog’ -moy korxonalariga qabul qilinayotgan o’simlik moylarini nazorat qilinishi kerak bo’ladi. Nazorat qanul qilinayotgan yog’ va moylarni alohida – alohida partiyalarga bo’lib ko’zdan kechirishdan boshlanadi. Yog’ va moyni partiyalarga bo’lish deb, ularni bir xil naviga, turiga, bir vaqtda qayta ishlanganiga va ishlab chiqarilganiga bitta transportda jo’natilganiga va sifat ko’rsatkichlari bitta hujjatda ko’rsatilganiga qarab bo’lishga aytiladi. Masalan, yog’ va moylarni jo’natish temir yo’l vagonlarida yoki avtosisternalarda amalga oshirilganda, o’sha har bir avtosisterna 1 ta partiya deb qabul qilinadi. Amaliyotda na’munalar olishda ko’p qo’llaniladigan hol – bu yog’ va moylarni idishlardan truba o’tkazgichlar orqali bir joydan ikkinchi joyga haydashda turg’un namuna olgich Shtuserlar orqali namuna olishdir. Namuna olish haydash vaqti davomida uzluksiz va bir me’yorda olib boriladi. Olingan namunalar berilgan moy partiyasining o’rtacha namunasi hisoblanadi. Olingan o’rtacha namunalarni BNIIJ – 9 ajratgich uskunasiga solib undan analiz uchun ajratib olinadi, Olingan 1l namunada oldindan yaxshilab yuvilgan va quritilgan 2 ta butilkaga solinadi. 1 ta butilkaga qopqog’i yopilib 40 kun qorog’u va quruq joyda saqlash uchun olib qo’yiladi. 40 kundan keyin bu butilka qayta analiz qilish uchun ishlatiladi. 47
Ikkinchi butilkadagi moy analiz qilish uchun beriladi. Analizga berilgan butilkada yog’ni nomi, navi, kuni va analiz uchun olingan namuna joyi, namunani olgan shaxslarning familiyasi va imzosi yozilgan yorliq bo’lishi kerak. Agar namuna boshqa joyga jo’natilayotgan bo’lsa unda yuqordagilarga yorliqqa bajaruvchining nomi va transport hujjatining raqami yoziladi. Yog’ va moylarni baklardan namunalarni olish uchun trubali namuna olgichlar 2m gacha bo’lgan truba yog’ yoki moyga botiriladi va pastki qismidagi qopqog’i yopilib analiz trubaga yig’ib olinadi. Bulardan tashqari vertikal apparatlardan namunalar olish uchun avtomatik namuna olish uskunalari keng qo’llaniladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling