Muammoli ta'limning mohiyati va vazifalari


Download 118 Kb.
bet1/7
Sana15.11.2023
Hajmi118 Kb.
#1775126
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MUAMMOLI TA\'LIM VA UNING O’ZIGA HOS HUSUSIYATLARI


MUAMMOLI TA'LIM VA UNING O’ZIGA HOS HUSUSIYATLARI
Reja:
Kirish
I.BOB. MUAMMOLI TA'LIMNING VUJUDGA KELISH TARIXI. MUAMMOLI TA'LIM HAQIDA TUSHUNCHA.
1.1. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari.
1.2. Muammoli talim darajalari.
II. BOB MUAMMOLI VAZIYATLARNI MAZMUNI
2.1. Muammoli vaziyatlarni mazmuniga guruhlash.
2.2. Muammoli ta’lim jarayonida tarbiyachiga qo’yiladigan talablar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.
Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.
Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi.



Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling