Maktab hududida avvalo, tartib qoidalariga rioya qilish kerak.Qo`l telefonlaridan foydalanish maktab hududida ishlatish, qatian man etilgan hisoblanadi.Telefon inson hayotidagi eng katta xavf desak adashmaymiz.O`quvchilarning o`z vaqtini shu telefon orqali o`tib ketmoqda.Shu tufayli o`z vaqtining zolimidirlar.Hozirgi vaqtda telefon har insonning ongini qamrab olgan desak mubolag`a bo`lmaydi.Bu orqali turli internet oyinlariga yosh maktab o`quvchilari beixtiyor berilib diniy eksterarizmga kirib,qumor o`yinlariga mukkasidan berilib ketishmoqda.Maktab o`quvchilari hozirgi paytida juda qiziqqon bo`lib bunday o`yinlar ular uchun real hayotiy o`yinlariga aylanib boradi.Bunday o`yinlardan ularni qutqarish faqat o`qituvchilarning qo`lida emas balki,o`z ota-onasi ham buning uchun yo`l ko`rsatishi kerak. Telefonning faqat zararli tomonlari emas balki,foydali tomonlari ham bisyor. U orqali o`quvchi onlayn darslar va kitoblarni, lug`at kitoblar tortib olib o`z foydasi ertangi kelajagi uchun harakat qilishi mumkin.Hozirgi zamonda juda ko`p ma’lumotlar va media fayllar shu texnalogiyalar orqali bajarilmoqda.Insonlar ham shu kabi elektronlardan o`z maqsadlari yo`lida foydalanishmoqda.
|
Vaziyat shunday bo`lgan edi aslida,telefon tufayli bu muammo yuzaga keldi.O`quvchilar bu maktab muqaddas dargoh ekanligini unutishib,o`zlari bilmagan holda internet o`yinlariga qiziqib ketishganliklari uchun ustoz kirganliklarini ham unuta yozishdi.Maktab hududida bunday qo`l telefonlar o`quvchi bolalarni dars paytidagi hayollarini chalg`itib o`z domiga tortgan.Shuning uchun maktablarda qo`l telefonlar o`quvchilarga ko`p hollarda darsdan keyin beriladi.Bu yo`l orqali o`quvchilarning hayoli ham, o`qituvchining darsi ham,tanbeh berishdan boshlanmaydi.Maktab yoshidagi bolalarda bu oddatiy hol ko`rinishi mumkin lekin,tashqaridan qarasak bu xuddi manqurt insonga o`xshatishimiz mumkin.Maktabda hamma darsning o`z o`rni bor.Keraksiz darsning o`zi bo`lmaydi.Har bir dars bizning hayotimizda muhim ahamiyat kasb etadi.O`quvchi bolalar dars paytida bunday xatoga yo`l qo`ymasligi kerak edi.Darsmi o`z o`rnida bo`lishi kerakligi tufayli o`qituvchi ham bu uchun jon kuydirib tanbeh bersa,o`quchilar buni hazilga yoyishdilar.Kamiga bu fanni kamsitishib kimga ham kerak deganlari o`qituvchining qalbiga ozor berishdi.Hamma aybni keling o`quvchi bolalardan emas balki,o`qituvchilarda ayb borligini ham unutmaylik. Qars ikki qo`ldan chiqadi…
|
Bunday vaziyatda o`qituvchi,bolaga shu keraksiz fan deganligi sababli,shu fan yuzasidan mustaqil o`qish uchun topshiriq berishi mumkin.Keyingi dars uchun qiziqarli o`yinlar topib,mavzuni boshqa o`quvchi sheriklari uchun qizqarli qilib gapirib berishi vazifa qilib berish kerak.Ikkinchidan,boshqacha yo`l tutishi ham mumkin.Masalan,o`yinga kirishib ketib,keraksiz bizga keragi yo`q deganligi,telefon o`zining domiga tortganligi sababli,telefonni qo`lidan olib, unga shunday bugungi mavzuni o`qib,krassvord yokida detaktiv o`yinlar tuzib kelsagina,qo`l telefonini berishi mumkinligini aytishi kerak.Shu bilan birga bu fan keraksiz emas balki,hayotimizda o`z o`rni borligini tushunib yetadi.O`quvchida bu fanga bo`lgan qiziqishini uyg`otishga yordam beradi.
|