Muratova Bibayimning "Oila tarbiyasi"


Download 265.89 Kb.
bet1/2
Sana15.11.2020
Hajmi265.89 Kb.
#146423
  1   2
Bog'liq
mehmon kutish odobi dars ishlanma(1)

Qoraqalpog’iston Respublikasi

1 – sonli Mehribonlik uyi

5 – guruh tarbiyachisi

Muratova Bibayimning

“Oila tarbiyasi” saotidan

Mehmon kutish odobi mavzusida

Ochiq dars ishlanmasi.



2020 – 2021 – o’quv yili.



Sana: 6 – noyabr 2020 – yil

Dars nomi: Oila tarbiyasi

Dars mavzusi: Mehmon kutish odobi

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: O’quvchilarga mavzu yuzasidan tushunchalar berish va oila muqaddas dargoh ekanligini o’rgatib borish. Milliy urf – odatlarimiz haqida bilimlarini orttirish.

b) tarbiyaviy maqsad: O`quvchilar oilada oilaviy hurmat xissini shakllantirish, o’zaro mehr oqibatni, insoniylik tuyg`ularini rivojlantirish.

c) rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni erkin fikrlashga, faol harakatlanishga o'rgatib borish. Chaqqonlik, diqqat va esda olib qolish faoliyatini rivojlantirish.

Dars turi: Aralash dars.

Dars ko’rinishi: Noan’anaviy dars.

Metod: “Baliq ovi”, “Rasmlarga izoh”

Darsning jihozlanishi: kompyuter, video praektor, rasmlar, tarqatma materiallar, plakatlar, slaydlar

Darsning borishi.

I. Tashkillashtirish: O’quvchilarni va sinfxonani darsga tayyorlash. O’quvchilarni diqqatini darsga qaratish.

II. Uy vazifasini so’rash: Uyga berilgan vazifa " Muomala odobi” mavzusida o'qiganlarini aytib berishadi va mavzuni mustahkamlash maqsadida “Baliq ovi” mashg’uloti o’tkaziladi.

Maqsad: O’quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlarini mustahkamlash va umumlashtirish.

Mashg’ulotning borishi:

Bolaga baliq tutishda yordam berish. O’quvchilarga baliqlar ortiga berkitilgan “Muomala odobi” mavzusiga oid maqollar beriladi. O’quvchilar tanlagan baliq ortida yozilgan maqollarni davom ettirishadi va sharxlab o’tishadi. Topshiriq to’g’ri bajarilsa, baliqlar ov chelagiga solinadi, bajarilmay qolsa daryoga qo’yib yuboriladi:



  1. Suyaksiz til… (suyak sindirar)

  2. Yaxshi so’z kuldirar… (yomon so’z o’ldirar)

  3. Sovuq gap… (yurakni ham muzlatar)

  4. Yaxshi so’z… (boldan shirin)

  5. Yaxshi yaxshi so’zlasang… (ilon inidan chiqar)

  6. Shirin so’z qaymoqli ayron… (chuchuk so’z bo’yinga arqon)

  7. Shakar ham tilda… ( zahar ham tilda)

  8. Yaxshi so’z…(ko’ngil podshosi)

  9. Shirin so’z…(shakardan shirin)

  10. Bemorga shirin so’z kerak… (aqlsizga ko’z kerak)

Download 265.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling