Muammoli vaziyat savol yoki Конструкция элементлари юзаларидаги ҳосил бўладиган кучланишларнинг миқдори ташқи кучларга боғлиқ. Сизнингча бу миқдор яна нималарга боғлиқ бўлиши мумкин?


Download 99.39 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi99.39 Kb.
#1513082
1   2   3
2.2. Deformasiyalar va ko‘chishlar

Yuqorida belgilanganidek, jismlar tashqi kuchlar ta’sirida o‘zlarining shakl va o‘lchamlarini o‘zgartiradilar, ya’ni deformasiyalanadilar.


Jismning yoki uning biror qismining chiziqli o‘lchamining o‘zgarishi - chiziqli, burchak o‘lchamining o‘zgarishi - burchak dyeformasiyasi deb yuritiladi. Agar deformasiya jism hajmi bo‘yicha sodir bo‘lsa, jismning ma’lum yo‘nalishda mazkur nuqtasidagi deformasiyasi to‘g‘risida gap boradi.
Chiziqli deformasiya o‘lchovi sifatida nisbiy uzayish yoki nisbiy qisqarish () qo‘llanadi.
Burchak deformasiyasining o‘lchami siljish burchagi () hisoblanadi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha chiziqli va burchak deformasiyalari yuk olinganidan keyin to‘la yoki qisman yo‘qolishlari mumkin.
Jismdan tashqi kuch ta’siri olingandan keyin yo‘qoladigan dyeformasiya qayishqoq yoki elastik deformasiya, jismlardan kuch olinganidan keyin o‘zining dastlabki o‘lchamlarini va shaklini saqlash qobiliyati qayishqoqlik deyiladi.
Kuch olinganidan keyin ham saqlanadigan deformasiya qoldiq yoki plastik deformasiya, jismlarning yemirilmasdan qoldiq dyeformasiya berish xususiyati plastiklik deb yuritiladi.
Jismning barcha nuqtalaridagi deformasiya va jismning mahkamlanish shartlari ma’lum bo‘lsa, uning nuqtalarining ko‘chishlarini, ya’ni ularning deformasiyadan keyingi vaziyatlarini (ya’ni koordinatlarini) aniqlash mumkin.


2.3. Ichki kuchlar. Kesish usuli. Kuchlanishlar

Jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar orasida o‘zaro ta’sir kuchlari (birlamchi ichki kuchlar) ta’sir qilib, ular jismning yaxlitligini taominlaydilar. Jismga tashqi kuch qo‘yilganida elementar zarralar orasida birlamchi ichki kuchlarga qo‘shimcha ichki qarshilik kuchlari hosil bo‘ladilar. Bu kuchlarni ichki kuchlar, yoki zo‘riqish kuchlari, yoki qayishqoqlik kuchlari deb yuritiladi. Ular qism deformasiyasiga qarshilik qiladilar, ya’ni jismning dastlabki shakli va o‘lchamlarini tiklashga intiladilar. Bu ichki kuchlarning qiymati deformasiya ortishi bilan ichki va tashqi kuchlar muvozanatlashgunga qadar ortaboradilar. Agar bu muvozanat sodir bo‘lmasa qattiq jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar muvozanati, ya’ni ularning o‘zaro bog‘liqligi buziladi. Natijada jismning tegishli joyida mikroyoriq hosil bo‘ladi va jism yemiriladi. Demak, jismning yemirilishining bevosita sababchisi sifatida qiymati molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlari kattaligiga erisha oladigan ichki zo‘riqish kuchlarini ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun ularning kattaligini aniqlash muhim masala kasb etadi. Bu maqsadlarda kesish usulidan foydalaniladi.


Kesish usulining mohiyati quyidagicha. Biror nuqtasidagi zo‘riqish kuchlarini topish zarur bo‘lgan jism R1, R2, R3 va R4 kuchlar sistemasi


2.1 - shakl 2.2 - shakl 2.3 - shakl
ta’sirida muvozanatda turibdi (2.1 - shakl).
1. Jismni bizni qiziqtirayotgan nuqta va kesim orqali o‘tuvchi tekislik bilan fikran kesamiz. Jism ikki bo‘lakka bo‘linadi.
2. Ajratilgan bo‘laklardan biri, masalan, o‘ng II tomon tashlab yuboriladi (2.2 - shakl). Bunda qolgan chap I qism muvozanati buziladi.
3. Olib qolingan qism muvozanatini tiklash uchun tashlab yuborilgan o‘ng II qismning olib qolingan chap I qismga ta’sirini ichki zo‘riqish kuchlari bilan almashtiramiz. Ularning kattaligi, yo‘nalishi va taqsimlanishi qonuni noma’lum. Ammo, ma’lumki, har qanday kuchlar sistemasini bitta bosh vektor va bitta bosh momentga keltirish mumkin. 2.3 - shaklda ularning tuzuvchilari (komponentlari) ko‘rsatilgan. Ularni baozan ichki kuch omillari deb ham yuritiladi.
4. Qoldirilgan chap qismning muvozanat sharti yoziladi.
(2.1)
Ichki kuch omillarining har bir alohida turi deformasiyaning alohida turi bilan bog‘liq. Masalan, brus ko‘ndalang kesimlarida faqat normal kuch N hosil bo‘lib, qolganlari nolga teng bo‘lsalar, brus cho‘zilish yoki siqilish deformasiyasi ta’sirida bo‘ladi. Brus ko‘ndalang kyesimlarida faqat ko‘ndalang kuch (QX yoki QY) ta’sir etsa-siljish, faqat burovchi moment MZ ta’sir etsa buralish deformasiyasi sodir bo‘ladi. Brus ko‘ndalang kesimlarida bosh moment tuzuvchilaridan faqat Mx yoki Mu ta’sir etsa, u sof egilish deformasiyasi ostida bo‘ladi. Bir vaqtda ko‘ndalang kesimda bir necha zo‘riqish kuchlari ta’sir etsalar brus murakkab dyeformasiya vaziyatida bo‘ladi.
Ichki kuchlarning jadalligini (intensivligini) baholash uchun kuchlanish tushunchasi kiritiladi. Kuchlanish topilishi zarur bo‘lgan K nuqta atrofida elementar Gʻ yuzacha ajratamiz (2.4 - shakl). Unda o‘rtacha kuchlanish
(2.2)
bu yerda R - ushbu Gʻ elementar yuzachadagi ichki zo‘riqish kuchlarining teng ta’sir etuvchisi.









2.4 - shakl.




2.5 - shakl.

Ajratilgan elementar yuzacha qancha kamaytirilsa, kesim nuqtasidagi ichki kuch intensivligi shuncha aniqroq topiladi.


Ajratilgan elementar yuzacha nolga intilganda (nuqtaga tortilganda) nuqtadagi kuchlanish haqiqiy kuchlanish deyiladi.
(2.3)
Kuchlanish vektorini ikkita tuzuvchiga ajratamiz (2.5 - shakl): kesim yuziga tik yo‘nalgan normal kuchlanish () va kesim yuziga parallel yunalgan urinma kuchlanish ().
Nuqtadagi to‘la kuchlanish
(2.4)
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, ichki kuchlarning kesim yuzasi birligiga to‘g‘ri kelgan kattaligi kuchlanishdir. Uning o‘lchov birligi-Paskal (1 Pa=1 N/M2). Bu birlik juda kichikligidan amaliy hisoblarda kuchlanish megapaskallarda o‘lchanadi (1 MPa=106 Pa.)


Download 99.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling