Muammoli vaziyat


Download 17.7 Kb.
Sana06.11.2021
Hajmi17.7 Kb.
#170921
Bog'liq
2-keys


2-keys. “Muammoli vaziyat” jadvali.

Vaziyatidagi

muammolar

turi


Muammoli vaziyatning

kelib chiqish sabablari



Vaziyatdan chiqib

ketish harakatlari



Xududlardagi maktablarda ayni o’qituvchilarning yetishmasligi, olis hududlarda o’quvchilar necha kilometrlab yo’l bosib maktablarga qatnayotganligi, maktablarda nepotizm holati, tanish – bilish va qarinndosh urug’chilik holatlarining kuzatilayotganligi, professional ustozlar direktorlarning ma’suliyatsizligi sabab qiynalishayotganligi, o’quvchining g’ayriijtimoiy qilmishi uchun o’qituvchi javobgar bo’lishi, “Barkamol avlod” markazlari, musiqa va san’at maktablari faoliyatini rivojlantirish uchun mablag’larning yetishmayotganligi, “Barkamol avlod” markazlari joylashgan binolar ahvoli yaxshi emasligi, u yerdagi faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning oylik maoshi ham maktablardagi pedagoglarnikidan past ekanligini ham aytib o’tish mumkin.

Shu bilan birgalikda, hozirgi kunda, 9ming 942ta maktablarning 2ming 835tasi ta’mirtalab. 5ming 861 tasida o’quvchilar soni sig’imiga nisbatan ko’pligi sababli darslar 2 smenada o’timoqda. Joriy yilda 36ta maktab qurilib, 211 tasining kapital ta’mirlanishi belgilangan.





Ayni vaqtda maktablargi 683 ta fizika, 897 ta kimyo, 901 ta biologiya xonasida o’quv laboratoriyalar yo’q. 7 ming 807 ta fizika, 7ming 776 ta kimyo va 7 ming 770 ta biologiya xonasining jihozlari eskirgan. 62 mingta sinf xonasi zamonaviy va yangi o’quv jihozlari bilan ta’minlanmagan, 7 mingta kompyuter yetishmaydi.

Yurtimizda matematika, kimyo, fizika va biologiya darslarining 10 foizigina amaliy mashg’ulotlarga ajratilgan. Rivojlangan davlatlarda bu ko’rsatkich 30-50 foizni tashkil etadi.

Attestasiyada ishtirok etgan qariyb 57 ming nafar o’qituvchidan 43 foizi past baho olgani, respublika bo’yicha muallimlarning attestasiya natijalaridagi o’rtacha ko’rsatkichi 100 ballik baholash tizimini 64 ballni tashkil qiladi.

Pegagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, metodik ta’minotni yangicha tashkil etish tizimini yangilash davr talabi hisoblanadi.

Eng katta muammo ta’lim tizimida o’ylantirayotgan og’riqli nuqtalardan biri – o’qituvchining obro’si ekanligi. Qishloqlardagi chang va loy ko’chalardan, shaharda esa tiqilinch jamoat transportida o’quvchilarning maktabga qatnashi. Qog’ozbozlik, hujjatbozlik, rasmiyatchilik. Bu kabi illatlar o’qituvchilarni charchatadi hamda asosiy ishidan chalg’itadi.



Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglar ning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalariga

oid qator islohotlarni amalga oshirmoqda.

Avvalo, o’qituvchilarimiz majburiy mehnatdan, o’z ishiga taalluqli bo’lmagan majlislardan ozod etildi. So’nggi uch yilda mamlaatimizda 160 dan ortiq umumta’lim maktabi qurildi. Undan tashqari, Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta’lim maskanlari tashkil etildi.

Shuningdek, oxirgi 3 yilda o’qituvchilarning ish haqi o’rtacha 2.5 barobar oshirildi. Uzoq hududlarga borib ishlaydigan pedagoglar mehnatini qo’shimcha rag’batlantirish joriy etildi.

2019 yil 26 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamona-viy maktab tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2021 yilgacha maktablarning kamida 3 foizi, 2025 yilgacha 20 foizi, 2030 yilga qadar esa 50 foizini “Zamonaviy maktab”lar-ga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi.

2018 yil 1sentabrga qadar o’qituvchilardan 7ta hujjat majburiy, hozirda esa ular 3taga kamaytirigan.

Ilgari maktablarda haddan tashqari tekshiruvlar ko’p edi. Ayni paytda tekshiruvlar 26 barobarga kamaytirildi. O’qituvchini erkin dars o’tishiga qo’yib berish kerak, chunki dars muqaddas sanaladi. Uni bo’lishga hech kimning hattoki, Xalq ta’limi vazirligining ham haqqi yo’q.


Bajardi: Mamatarimova Gulzoda



Qo’qon universiteti, boshlang’ich ta’lim

yo’nalishi, 1-bosqich talabasi.
Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling