Muammoli vaziyatlarni yechish


Download 19.04 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi19.04 Kb.
#1434719
Bog'liq
MUAMMOLI O’QITSH METODINI BOSHQA METLAR BILA FARQINI O’RGANISH


MUAMMOLI O’QITSH METODINI BOSHQA METLAR BILA FARQINI O’RGANISH


REJA:


  1. MUAMMOLI O’QITSH METODINI

  2. MUAMMOLI VAZIYATLARNI YECHISH

Bugungi kasbiy ta’limning asosiy vazifalaridan biri bu bo’lajak mutaxassis shaxsida bilish faolligi, bilish mustaqilligi, ijodkorlik va ilmiy tadqiqotchilik xususiyatlarini shakllantirishdan iborat. Bu esa kasbiy ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo’naltirilgan tizimini shakllantirish va mazkur jarayonda bevosita talabalarning o’quv faoliyati motivatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o’qitish metodlaridan foydalanish muammosini vujudga keltiradi.


Ma’lumki, o’quv faoliyati - bu o’quvchining nazariy bilimlar-o’zlashtirishga qaratilgan va fikrlashning o’sishini ta’minlaydigan faoliyatlaridan biri sifatida ko’rsatiladi. O’qish faoliyati o’quvchining o’zi amalga oshirib o’zini o’zgartirish uchun maxsus tashkil qilingan faoliyati bo’lagidir. O’qish faoliyatining muhim qismi o’quv topshirig’i xisoblanadi .
Darhaqiqat, talabalarning o’quv faoliyati bu o’zini-o’zi kasbiy shakllantirish jarayonidagi muhim aqliy harakatlar tizmi bo’lib bu jarayonda o’quv faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishga bo’lgan yondoshuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchi olim V. Davidov ta’kidlaydiki, «individ o’quv faoliyatining o’ziga xosligi uning extiyojlari, berilgan o’quv topshiriqlari, motivlar, xarakat va operatsiyalar ketma-ketligidan iborat bo’lib, u quyidagi operatsiyalarni qamrab oladi:
A) uzatilgan axborotni o’zlashtirish va passiv qabul qilish;
B) faol mustaqil izlash va axborotni qabul qilish;
V) axborotni faol qabul qilish, mustakil ishlash va ijodiy izlanish. Keltirilgan operatsiyalar ketma-ketligida xar bir bosqich o’ziga xos mazmun va yo’nalishga ega bo’lib, talabalarda bilish faolligi va ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantirishda uchinchi aspekt, ya’ni axborotlarni faol qabul qilish, mustaqil ishlash va ijodiy izlanish muhim bosqichlardan biri hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi samarali o’qitish metodlaridan biri bo’lgan muammoli o’qitish ham talabalardagi aynan shu xususiyatlarni shakllantirshga xizmat qilishi bilan alohida tavsiflanadi.

Muammoli (grekcha - problema - topshiriq) o’qitish metodlari jarayonida muammoli vaziyat, muammoli topshiriq, muammoli masalalar orqali o’quv masalasini nazariy, amaliy jihatdan o’rganish, taxlil etish va qiyosiy taqqoslashga yo’naltirilgan faoliyat metodlaridir.


Ta’lim amaliyotida muammoli o’qitish metodlaridan foydalanishning o’ziga xos pozitiv va negativ tomonlari mavjud bo’lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin bo’ladi:
- muammoli vaziyatlarni yechish orqali ta’lim oluvchilardagi o’rganishga bilishga bo’lgan ongli munosabat shakllanadi;
- ta’lim jarayonida turli qarama-qarshiliklar va to’siqlarga duch kelish talabalardagi fikrlash jarayonini jadallashtiradi;
- muammoli o’qitish kasbiy faoliyatga nisbatan amaliy yondoshuvni shakllantirishda muxim bosqich sanaladi.
Ijobiy tomonlari bilan birga muammoli ta’limning kuyidagi jihatlari, ya’ni:
- berilgan muammoli vaziyat yoki topshiriq talabalarning bilish darajasiga nisbatan murakkab va mavhum bo’lsa;
- muammoli topshiriqlar ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlariga nomuttanosib bo’sa;
- muammoli topishriqlar yoki vazifalar talabalardagi bilishning shaxsiy manfaatdorligi uchun yo’naltirilmasa kutilgan natijalarni bermasligi mumkin bo’ladi.
Demak, keltirilgan xulosalarga tayanib ta’lim jarayonida muammoli o’qitish metodlaridan foydalanish bo’yicha quyidagi tavsiyalarni shakllantirishimiz mumkin bo’ladi:
- muammoli o’qitish jarayoni ta’lim oluvchilarning bilish ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkillashtirilsa;
- muammoli o’qitish metodlarini tanlash jarayonida talabalarning mavjud bilim, malaka va ko’nikmalaridan kelib chiqib ish tutilsa;
- berilgan muamoli topshiriq yoki vazifalar kasbiy-faoliyatli yondoshuv asosida belgilanib, u bo’lajak mutaxassis shaxsidagi mustakillik, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Men Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 118-maktabda pedagogik amaliyotni o’tadim. Bitiruv malakaviy ishimda o’tkazilgan darslardan namunalar keltiraman.
Mavzu: Tenglamalar
Noma'lum qo’shiluvchini topish
Darsning maqsadi:
— noma’lum qo’shiluvchini topish qoidasini bilish;
— masalalarni tenglamalar tuzish yordamida yechish malakasini mustahkamlash.
I. Tashkiliy qism.
II. Darsga hozirlik ko’rish.
Darsning maqsadi aytib o’tiladi.
III. Dars tafsilotlari.
Tenglamaning yechilishi rasmga ko’ra tushuntiriladi. Konfetning massasi x g ekanligi aytiladi. Eslatmani yodda saqlash uqtiriladi.
Darslikdagi misol va masalalarni yechish bo’yicha sharhlar:
2. Doskada o’quvchilar navbat bilan bajaradilar. Qolgan o’quvchilar o’zlari mustaqil o’tirgan joylarida bajaradilar.
89 + x - 663 (88 + x) + 93 = 976
x = 663 - 89 88 + x = 976 – 93
x = 574 88 + x = 883

x = 883 - 88 x = 795


3. Bir o’quvchi doskada mustaqil ravishda bajaradi. Noma'lum sonni x deb olish aytiladi.
x+ (1260 + 396) = 7834
x + 1656 = 7 834
x = 7 834 - 1 656
x = 6178

4. Sinf 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’ziga berilgan topshiriq asosida masalaga tenglama tuzadilar va tenglamani yechadilar.


Bu topshiriqni bajarish orqali o’quvchilar mustaqil tenglama tuza olish ko’nikma va bilimlarini mustahkamlaydilar.

Har bir guruhning bajargan natijalariga qarab g’olib guruh aniqlanadi.

a) 50 + 250 = x + 100 b) 100 + 200 = x +200 x= 300 -100 x= 300-200
x = 200 x= 100
5. O’quvchilarga mustaqil ish qilib beriladi.
6. Doskada bir o’quvchi tomonidan tushuntirib yechiladi.
548 -339 = 209 t lavlagi olib ketilgan.
Shundan so’ng darslikda berilgan tenglamaning yechimlari tushuntiriladi. O’quvchilarga namunadagi tenglamalar yechimini eslab qolish tayinlanadi.
2. O’quvchilar doskada tenglamalarni yuqoridagi tartibda tushuntirish bilan yechadi.
3. Doskada mustaqil yechiladi. Tenglama tuzib yechish masala mazmunini puxta o’zlashtirishga va tahlil qilishga yordam beradi.
x - 264 = 335
x= 335 + 264
x=599
Noma'lum son 599.
6200 : 100 • 10 + 380 = 620 + 380 = 1 000
4. Bir o’quvchi doskada bajaradi.
5. O’quvchilarga mustaqil ish tarzida beriladi.
6. Doskada bir iqtidorli o’quvchi bajaradi. o’qituvchining ko’maklashishi tavsiya etiladi. Ikkinchi to’plamda birinchisidan 2 ta stul ko’p. Demak, stul (48500 - 35500) : 2 = 6500 so’m. Stol esa
35500 - 6500 = 29000 so’m.

Sinfdagi o’quvchilaming eng iqtidorlilaridan 12 nafari tanlab olinadi va guruhlarga bo’linadi. Bellashuv jarayonida har bir guruhga 4 tadan shart qo’yiladi. Ularga matematika fanidan misol va masalalar, topishmoqlar, boshqotirmalar yechish topshirig’i beriladi.


Har bir guruhda 4 tadan o’quvchi bo’lishi kerak. Eng avval sardorlar tayinlanadi va guruhlarga nom qo’yiladi.
Tadbir jihozi: Sinf xonasi chiroyli bezatiladi. «Bilimdonlar bellashuviga xush kelibsiz!», «Zukkolarga oq yo'l!», «Quvnoqlarga quvonch yor bo’lsin!» shiorlari osiladi. Har bir guruhni baholab borish uchun ballar yozilgan kartochkalar, rag'bat uchun bayroqchalar, g'olib va faol ishtirokchilarga berish uchun turli ertak kitoblar, albomlar hozirlanadi. Guruh a'zolari o’z joylarini egallaydilar.
Tadbir O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlanadi.
O’qituvchi: - Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz davramiz ishtirokchilari! «Bilimdonlar bellashuvi»ga xush kelibsiz! Bugungi bellashuvda siz o’quvchilarimizning birinchi yarim yillikda olgan bilimlarini qay darajada ekanligini, ularning nechog’li topqirliklarini guvohi bo’lasiz. Endi ishtirokchilarni davraga taklif etsak.
O’qituvchi guruh va uning sardorlarini birma-bir tanishtiradi.
Tanishuv tugagach, qizlar ijrosida milliy qo’shiq raqsi bilan ijro etiladi. O’qituvchi bellashuv shartlari bilan tanishtiradi.
1-shartga ko’ra guruh a'zolari matematika faniga oid she'riy
masalaga javob berishlari kerak bo’ladi.
To’g’ri javob 5 ball bilan baholanadi.
2-shart: O’tilgan mavzularga doir 4 tadan misol yechish.
3-shart: Masalalar yechish.
4-shart: Savollarga og'zaki javob berish.
5-shart: Boshqotirmani yechish va so’nggi 6-shartda esa sardorlar o’zaro bellashadilar. Unda «Kim marraga tez yetadi?» o’yini o’ynaladi.
Qaysi guruh ko’p ball to’plasa, shu guruh g'olib bo’lishi va bayroqcha bilan taqdirlanishi guruh sardori, «0ltin toj» sohibiga aylanishi ham aytib o’tiladi. Shartlar tanishtirilgach, bolalar milliy raqslarimizdan birini ijro etadilar.
1-shart: She’riy masala
1-guruhga
Ko’m-ko’k archa ostida jajji belanchak,
Belanchakda hayvonlar uchar xushchaqchaq.
9 malla bo’richa, 7 tulkicha,
8 ayiq bolasi va 2 juft quyoncha.
Hisoblang, bolajonlar, hammasi qancha?
2-guruhga
O’ynar edi 12 ta qizaloq,
Keng chamanzorda.
Ularga qo’shildi 14 dugona,
Ayting, ja'mi qizlar sonin,
Ular bo’ldi nechta?
3-guruhga
Hovlimizda bor shaftoli daraxti,
Mevalari juda totli.
Hil-hil pishgan mevalarni
Sanab ko’rsam 45 dona.
Farrux yebdi 5 ta kecha,
Qani toping, bari nechta?
Musiqali tanaffus o’tkaziladi.
1-shart bo’yicha hay'at a'zolarining qo’ygan ballari e'lon qilinadi.
2-shart:
Har bir guruh uchun 4 tadan misol doskaga yozib qo’yiladi. O’quvchi misollarni yechishlari kerak.
1. «Bilimdonlar» guruhiga

48-37 = (35+18)-12=


100-13= 46+34=
2. «Zukkolar» guruhiga
72-28= 80-(50-14)=
100-26= 72+18=
3. «Quvnoqlar» guruhiga
48-27= 100-(35+23)=
100-18= 26+44=
Guruhlarning ishlari hay'at a'zolari tomonidan baholanadi va e'lon qilinadi.
2-shart bajarilguncha o’quvchilar ilm, kitob haqida she'rlardan namunalar aytishadi.
3-shart
Masalalar yechish. l.,«Bilimdonlar» guruhiga: “Birinchi likobchada 15 ta, ikkinchi likobchada undan 8 ta kam nok bor. Ikkala likobchadagi noklar nechta?”
2. «Zukkolar» guruhiga: “Birinchi qopda 18 kg, ikkinchisida esa undan 7 kg ortiq sabzi bor. Ikkala qopda necha kilogramm sabzi bor?”
3. «Quvnoqlar» guruhiga: «Tiko» avtomobilida 29 litr, «Neksiya» avtomobilida undan 39 litr ortiq benzin bor. Ikkala mashinada necha litr benzin bor?
3-shart qanday bajarilgani hay'at a'zolari tomonidan baholanadi va e'lon qilinadi. Qizlar ijrosida raqs ijro etiladi.
4-shart. Savollarga og'zaki javob berish. Har bir guruhga 4 tadan savol beriladi.
«Bilimdonlar» guruhiga:
1. 60 soni 20 sonidan nechta ortiq?
2. 20 sm necha dmga teng?
3. 1-kesmaning uzunligi 7 sm, ikkinchi kesma undan 11 sm uzun. Ikkinchi kesmaning uzunligini toping.
4. 100 sonidan oldin qaysi son keladi?
«Zukkolar» guruhiga:
1. 80 soni 154 sonidan nechta ortiq?

2. 40 sm necha dm ga teng?


3. 1-kesma 9 sm, ikkinchi kesmaning uzunligi undan 8 sm qisqa. Ikkinchi kesmaning uzunligini ayting?
4. 99 sonidan keyin qaysi son keladi?
«Quvnoqlar» guruhiga:
1. 15 soni 70 sonidan nechta kam?
2. 70 sm necha dm ga teng?
3. Uchta sonning yig’indisi 80 ga teng. Birinchi va ikkinchi qo’shiluvchi 20 ga teng bo’lsa, uchinchi sonni toping?
4. 89 sonidan oldin qaysi son keladi? ,
Vatan haqida qo’shiq kuylanadi.
Hay'at a'zolari mazkur shart bo’yicha ham ballarni e'lon qiladilar.
5-shart. Boshqotirmani yeching.
Har bir guruhga 1 tadan boshqotirma beriladi.
“Bilimdonlar” guruhiga
Download 19.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling