Yo’qolgan yoki o’g’irlangan telefonni topish — usullari, onlayn xizmatlar


Download 41.99 Kb.
bet1/6
Sana23.12.2022
Hajmi41.99 Kb.
#1045417
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Individual loyiha


Yo’qolgan yoki o’g’irlangan telefonni topish — usullari, onlayn xizmatlar
PUBLISHED DATE26.09.2018
LAST MODIFIED DATE26.09.2018
AUTHORASK1NFO
КОММЕНТАРИЯ 2
Deyarli har bir kishi telefonni o’g’irlanishi yoki yo’qotilishi bilan duch kelgan bo’lsa kerak. Agar o’zi bilan sodir bo’lmasa ham, hech bo’lmaganda tanishlari orqali bu haqida eshitgan. Bir necha yil oldin yo’qotilgan telefonni topish murakkab masala hisoblangan va telefon qayerdaligini bilish imkonsiz bo’lgan. Ammo texnologiyalar rivojlanishi bilan smartfonlarni topish osonlashdi. Yo’qolgan telefonni topish uchun qanday yo’l tutish kerakligi haqida quyida batafsil bilib olasiz.

Kunlarning birida cho’ntagingizga qo’l solib, unda telefoningiz yo’qligini sezib qoldingiz. Shok va vahima — birinchi his etiladigan tuyg’ular. Siz yoki uni o’g’irlab ketishgan, yoki yo’qotib qo’yganingizni angladingiz… Birinchi navbatda raqamingizga qo’ng’iroq qilib ko’rish imkonini toping, ko’pincha odamlar hayol bilan bo’lib, uni noodatiy joyga qo’yishadi yoki umuman uyda qoldirib ketishadi. Qolaversa, insofli odamlar ham oz emas, agar u shunchaki tushib qolgan bo’lsa, topib olgan kishi qo’ng’iroqqa javob berib, uni sizga qaytarib berishi mumkin. Agar yuqoridagilar yordam bermasa yoki yordam bermasligiga ishonchingiz komil bo’lsa, quyidagi usullarni qo’llash mumkin.


iOS platformasidagi smartfonlarni topish
Apple kompaniyasi iPhone kabi smartfonlar yo’qotilishi vaziyatini oldindan ko’ra bilgan. Afsuski, yo’qolgan ayfonni topish uchun foydalanuvchi sozlamalarda mos funktsiyani faollashtirgan bo’lishi kerak. Albatta, sizda iCloud akkaunti bo’lishi va yo’qotilgan iPhone unga bog’langan bo’lishi kerak.
Shuningdek, agar smartfonga iCloud bog’langan bo’lsa, boshqalar uni hech qanday qilib faollashtira olmaydi. Hatto boshqa proshivka ursa ham, elektron pochta manzili va parolsiz uni ishga tushirib bo’lmaydi. Xullas, qurilmani masofadan boshqarish uchun iCloud.com saytiga o’tib, «Найти iPhone» ilovasiga kirish kerak. U yerda sizning akkauntingizga ulangan barcha qurilmalar ro’yxati chiqadi. Bundan tashqari, iOS uchun maxsus «Найти iPhone» dasturi ham shu funktsiyalarni bajaradi.
Dasturga kirganingizdan va smartfoningiz onlayn ekanligini ko’rganingizdan so’ng, siz bir nechta amal bajarishingiz mumkin. Birinchidan, smartfon qayerda ekanligini ko’ring, balki u uyga chap tushib qolgandir. Agar shunday bo’lsa, sayt yoki dastur orqali ovoz chiqarishga buyruq bering, qurilma shu zahotiyoq ovoz chiqarib, vibratsiya bera boshlaydi. Agar u yo’qolgan deb hisoblasangiz, yo’qotilganlik rejimini yoqing. Bu boshqa odamni ma’lumotlaringizni ko’rish imkonidan mahrum qiladi, ekranga siz yozgan xabarni chiqaradi va hozirgi xaritadagi joylashuvini yozib boradi. Agar smartfonni qaytarib bo’lmasligingizni anglab yetsangiz, telefondagi barcha ma’lumotlarni batamom o’chirib tashlash funktsiyasi ham bor.
iOS versiyasi 7`dan baland bo’lsa, uni 99,999999% odamlar blokirovkadan hech qanday usulda chiqara olmaydi, faqat o’ta bilimli dasturchilar buni eplay olishi mumkin (bu ham ehtimol). Bunday qurilmani qo’lga kiritgan odam uni tezda ehtiyot qismlariga sotib yuboradi yoki qonuniy egasiga ma’lum mukofot evaziga qaytarib berish haqida o’ylab ko’radi.
Agar telefoningizni noqonuniy ravishda qo’lga kiritgan inson sizga ta’ma qiladigan bo’lsa, birdan ichki ishlarga murojaat qilish kerak, hech qanday shartlariga ko’nmang va kelishuvga rozi bo’lmang.

Download 41.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling