Android platformasidagi yo’qolgan telefonni qanday topsa bo’ladi
Androidda ancha vaqt davomida yo’qotilgan yoki o’g’irlangan telefonni topish va kuzatish uchun hech qanday funktsiya yo’q edi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar o’zlari bunday funktsiyani kiritishardi. Shu kabi yechimlar HTC, Samsung va boshqa yirik kompaniya smartfonlarida bor edi. Ammo hozirda operatsion tizimning o’zi telefonni qidirish uchun o’rnatilgan funktsiyaga ega. U Android device manager deb nomlangan va Google akkauntiga ulangan telefonni maxsus veb-sayt orqali masofadan boshqarishga imkon beradi.
Ushbu tizimdan foydalanib, iOS bilan bo’lgani kabi, telefon joylashuvini xaritada topish, bloklash, undan ma’lumotlarni o’chirish (SD-kartadan ham) yoki unda SIM-karta almashtirilgan bo’lsa ham, qurilmaga qo’ng’iroq qilish mumkin. Faqatgina bitta shart — u internetga ulanganligi va tizim hali ham sizning akkauntingizga bog’langanligi talab etiladi. Albatta ushbu xizmatning ishlashi uchun sozlamalardagi parametrni yoqish kerak. Настройки (Sozlamalar) → Безопасность (Xavfsizlik) → Администраторы устройств (Qurilma administratorlari) ga o’ting va Android Device Manager ni yoqing.
Xavfsizlik sozlamalarida Удаленное управление ni yoqilishini unutmang. Aks holda, xizmat yordam bermaydi.
Afsuski, Android iOS dan kamroq xavfsiz tizim (balki aksincha, yaxshilikkadir). Boshqa odam har doim qurilmaga kastom proshivka qo’yishi mumkin, bu holda Android Device Manager yordam bermaydi. Ammo telefoningizni uyda topa olmasangiz yoki uni yo’qotib qo’ysangiz va kimdir buni topsa, ADM ajralmas yordamchi bo’ladi. Albatta, veb-versiyadan tashqari, Android uchun ishlashi shunga o’xshash dastur mavjud.
Windows Phone yo’qolgan bo’lsa, qanday topish mumkin?
Ushbu turdagi OS kamroq tarqalgan, lekin ular ham yo’qotilgan vaziyatlar bo’ladi. Ushbu turdagi qurilmani topish uchun «Find my phone» nomli xizmat mavjud. Bu holda ham xizmat qurilma Microsoft akkaunti bilan bog’langan bo’lsagina ishlaydi. Akkumulyatorning quvvatini tejash uchun ushbu funktsiya dastlab o’chirilgan bo’ladi. Uni yoqish uchun sozlamarning System bo’limiga, Find my phone sahifasiga o’tib, har ikkita parametrni yoqish kerak.
Smartfonning joylashuvini ko’rish uchun, maxsus veb-saytga kirish kerak. Unda shuningdek masofadan boshqarish funktsiyalari ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |