Biofizika fizikaning saqlanish va simmetriya qonunlari kabi asosiy qonunlarining biologiya uchun to’g’ri ekanini ko’rsatdi (Tabiat qonunlarining simmetriyasi). Biologik hodisalarga hozirgi zamon fizikasi nuqtai nazaridan bunday umumiy yondoshishdan tashqari, biofizika juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan xususiyroq muammolarni keng miqyosida hal qilmoqda. Bunday muammolar doirasiga oqsillar, nuklein kislotalar va luar komplekslarining tuzilishini, fermentlarning ish mexanizmini, membranalarning tuzilishi va ishlashini; bioenergetika, fotosintezning fizik asoslarini, biologik harakatchanlikning molekulyar asoslarini; yorug’likni, tovushni, mexanik ta’sirlarni, ta’m va hid retseptorlarini idrok qilishning fizik mexanizmlarini; ionlovchi radiatsiya, radiochastotali va optik diapazondagi magnit maydonlar, akustik to’lqinlar ta’sirining molekulyar mexanizmlarini; xotira tabiati va nerv sistemasi hamda miya faoliyatining fizik asoslarini; individual rivojlanish va hujayralararo o’zaro ta’sirlar asosida yotuvchi mexanizmlarni; biosistemalarning o’z-o’zini tashkil qilishini, biomexanika va biosistemalarda boshqarish masalalarini kiritish mumkin. - Biofizika fizikaning saqlanish va simmetriya qonunlari kabi asosiy qonunlarining biologiya uchun to’g’ri ekanini ko’rsatdi (Tabiat qonunlarining simmetriyasi). Biologik hodisalarga hozirgi zamon fizikasi nuqtai nazaridan bunday umumiy yondoshishdan tashqari, biofizika juda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan xususiyroq muammolarni keng miqyosida hal qilmoqda. Bunday muammolar doirasiga oqsillar, nuklein kislotalar va luar komplekslarining tuzilishini, fermentlarning ish mexanizmini, membranalarning tuzilishi va ishlashini; bioenergetika, fotosintezning fizik asoslarini, biologik harakatchanlikning molekulyar asoslarini; yorug’likni, tovushni, mexanik ta’sirlarni, ta’m va hid retseptorlarini idrok qilishning fizik mexanizmlarini; ionlovchi radiatsiya, radiochastotali va optik diapazondagi magnit maydonlar, akustik to’lqinlar ta’sirining molekulyar mexanizmlarini; xotira tabiati va nerv sistemasi hamda miya faoliyatining fizik asoslarini; individual rivojlanish va hujayralararo o’zaro ta’sirlar asosida yotuvchi mexanizmlarni; biosistemalarning o’z-o’zini tashkil qilishini, biomexanika va biosistemalarda boshqarish masalalarini kiritish mumkin.
- Biofizika o’rganadigan muammolarning hatto qisqagina ro’yxati ham ularning juda ko’p qirrali va murakkab ekanini ko’rsatadi. Ularni muvoffaqiyatli hal qilish uchun turli ilmiy metodlardan foydalaniladi. Biofizika qo’lida hozir rentgenostrukturaviy analiz, elektron mikroskopiya, radioizotoplar, elektron va yadro magnit rezonansi radiospektroskopiyasi, optik spektroskopiya, massspektrometriya, aktivatsion analiz, radioelektronika va kibernetikaning turli metodlari, hisoblash texnikasi, matematik modellashtirish va ko’pgina boshqa qurollar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |