Muataqil ish


Download 245 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi245 Kb.
#1344633
  1   2
Bog'liq
Muataqil ish.doc kompyuter arxitekturasi


Muataqil ish.


Аsosiy plata. BIOS (BIOS)


BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(materinskaya plata)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr).
Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan BIOS’ning ishi.
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
— kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;
— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);
— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi;
— tizim resurslarini taqsimlaydi;
— PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;
— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
— elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish.
BIOS’ni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:
— American Megatrends (AMI);
 Award Software;
 Phoenix Technologies.
BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim.
Maqolalarda Award Software tomonidan ishlab chiqilgan BIOS dasturlarini misol qilib olaman, chunki eng ommalashgan turi shu.

Shaxsiy kompyuterlar bizning hayotimizga ishonarli


darajada kirib keldi va bundan millionlab insonlar
o`z ishlarida muvaffaqqiyatli foydalanib kelmoqda.
Shubxasiz har bir kishi o`zining shaxsiy
kompyuterini tez qulay ishlashini xoxlaydi. Buning
uchun texnik mutaxassis yordami kerak bo`ladi
yoki shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchining o`zi
ham bajarishi mumkin.

Kompyuterning ishlash tizimini BIOS tizimisiz


tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu dastur kompyuter
ishga tushishi va uskunalar parametrlarini
yuklashni o`z zimmasiga oladi. BIOS dasturi
ayrim foydalanuvchilar uchun qiyin va
tushunarsizday tuyuladi lekin ushbu biz sizga
berayotgan ma`lumotlarimiz yordamida siz bu
dastur bilan ishlashni tezda o`rganasiz va
kompyuterni sozlashda samarali foydalanasiz. Bu
kitob BIOS dasturini tez va oson o`rganishni
xoxlovchi foydalanuvchilar uchun va uni kompyuter
moslamasida qo`llovchilar uchun tavsiya etiladi.

Bu kitob yordamida siz kompyuterning asosiy


qurilmalari nastroykalarini mustaqil bajarishingiz
mumkin:

*protsessor; 

*tizimli plata;

*xotira;


*videoxotira va hokazolar.

Siz bu kitobda eng zamonaviy protsessorlarning


sozlanmalarini, ishlash tezligi haqida ma`lumot
olishingiz mumkin: (masalan INTEL CORE 3/5/7 va
AMD PHENOM II/ ATHLON II ).

Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut – Outrut System –


kiritish va chiqarishning baza tizimi ) nomli
zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari to`plamini
saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada
saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradigilardan
farqi shuki, kompyuter tok manbaidan
o`chirilganda ham axborot saqlanib qoladi.

BIOS dasturini o`rganishga kirishishdan avval,


kompyuterning tizimli blokda o`zaro bog`liq
uskunalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Tizimli blok ichida nima mavjud?


Tizimli blokning ichki qismida ma`limotlarni qayta ishlovchi va saqlash uchun mo`ljallangan moslamalar mavjud.

Ta`minot bloki;
Tizimli plata;
DVD-RW moslamasi;
Videoxotira; Qattiq disk; Diskovod.

Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling