Muayyan xalq tomonidan yaratilgan mifologik tasavvurlarning izchil tartibga solingan tizimi, asotirlar majmui. Mas, yunon M. si, hind M


Download 53.13 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi53.13 Kb.
#1249076
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Mifologiya — muayyan xalq tomonidan yaratilgan mifologik tasavvurlarning izchil tartibga solingan tizimi, asotirlar majmui. Mas, yunon M.si, hind M.si, oʻzbek Mifologiya Insoniyat maʼnaviy taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan M. ibtidoiy madaniyatning negizi, olamni idrok etishning asosiy vositasi, badiiy tafakkurning ibtidosi hisoblangan. M.ning asosini kad. odamning koinot, tabiat, inson, samo jismlari, narsa va hodisalarning paydo boʻlishi haqidagi asotirlar tashkil etadi. M.ning arxaik qatlami quyosh, oy va yulduzlar toʻgʻrisidagi shamsiy, qamariy va astral miflar, olamning paydo boʻlishi haqidagi samoviy miflar, odamzotning yaratilishi haqidagi an-tropogenik miflar, qad. eʼtiqodiy qarashlarni oʻzida ifoda etgan totemistik, animistik va kult miflaridan tashkil topgan. Dehqonchilik madaniyati yuksak darajada rivojlangan hududlarda esa tabiiy-ik/shmiy oʻzgarishlarning ramziy-metaforik talqinlari asosiga qurilgan taqvimiy (kalendar) miflar va ulibtiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar keng tarqalgan. Xususan, Osiris (Qad. Misr), Adonis (Finikiya), Dionis (Yunoniston), Siyovush (Oʻrta Osiyo) haqidagi mifologik syujetlar shu tariqa yuzaga kelgan. Oʻzining ilk tarak,qiyot bosqichida eng sodda ibtidoiy ishonchlardangina iborat boʻlgan M. insoniyat tafakkurining tadrijiy rivoji davomida olam, jamiyat va tabiat haqidagi asotiriy syujetlar, mifik obraz va tasavvurlar silsilasini oʻz ichiga olgan mukammal tizimga aylangan. Ijtimoiy ongning animizm, totemizm, fetishizm kabi qad. shakllari M. bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy dunyokarash tizimi sifatida shakllangan M. qad. diniy eʼtiqodlarning ilk kurtaklari, ajdodlarimizning falsafiy, axlokiy va ijtimoiy qarashlari, olam va odam hayotiga doyr eng sodda ilmiy talqinlar, voqelikni ongsiz-hissiy anglash asosiga qurilgan ramziy-metaforik obrazlar, shuningdek, soʻz sanʼ-ati, marosimlar tizimi va mifologik tafakkurning turli xil shakllarini oʻz ichiga kamrab olgan. U kad. odamning borliq olamni idrok etishga doyr tasavvur va qarashlarini oʻzida jamlagan izchil tizim sifatida ibtidoiy mafkuraning yetakchi gʻoyasi boʻlib xizmat qilgan. M. ibtidoiy insonning ilmiy, diniy, falsafiy va badiiy karashlarini oʻzida mujassamlashtirgan sinkretik hodisadir. Shu bois M. folklor, yozma adabiyot, sanʼat va maʼnaviy qadriyatlarning shakllanishi uchun ilk zamin vazifasini oʻtagan;
2) miflarni tadqiq etuvchi, oʻrganuvchi fan, mifshunoslik. Mifologik tasavvurlar mohiyatini anglash va ularni ilmiy talqin qilishga boʻlgan ilk urinishlar antik davr olimlari tomonidan amalga oshirilgan. Xususan, Platon asotirlarni falsafiyramziy nuqtai nazardan talqin qilgan boʻlsa, yunon faylasufi Evgemer (miloddan avvalgi 3-asr) mifik obrazlarni oʻtmishda yashab oʻtgan real tarixiy shaxslarning timsoliy ifodasi deb bilgan. 19-asrning 1-yarmida Germaniyada "mifologik maktab" yuzaga kelgan. Mifologik maktabning nazariy asoslari nemis filologlari aka-uka Ya. va V. Grimmlarning "Nemis mifologiyasi" kitobida bayon kilingan. Ular xalq ertaklarini tax.lil qilish jarayonida qad. mifologik tasavvurlarning epik syujetlar tarkibidagi qoldiklarini aniqlashgan va hindevropa xalqdari M.si yagona negizga borib taqaladi, degan muhim ilmiy xulosaga kelishgan. Ana shu nazariyani rivojlantirgan A. Kun, V. Shvars, V. Mannhardt (Germaniya), M. Breal (Fransiya), M. Myuller (Angliya), F. I. Buslayev, A. N. Afanasyev, O. F. Myuller, A. A. Potebnya (Rossiya) kabi olimlar miflarni qiyosiy tadqiq etishgan. Keyinchalik jahon mifshu-nosligida koʻplab yangi ilmiy yoʻnalishlar yuzaga kelgan. Xususan, ingliz qiyosiy etnografiyasining yutuklari asosiga qurilgan "antropologik maktab" (E. Taylor, E. Lang , G. Spenser, J. Freyzer); mif va marosimlarni oʻzaro uzviyliqda tadqiq etgan kembrijlik mifshunoslarning "ritualistik maktab"i (D. Harrison, F. M. Kornford, A. B. Kuk, G. Marri); ibtidoiy madaniyatning ruhiy asoslarini oʻrgangan fransuz etnologlarining "ijtimoiy maktabi" (E. Dyurkgeym, L. Levi-Bryul); mifologik tafakkurning intellektual hodisa sifatidagi oʻziga xosligini yoritib bergan "simvolistik maktab" (E. Kassiyer, V. Vundt, K. G. Yung—Germaniya); "strukturual maktab" (K. Levi-Stross—Fransiya) vakillarining asarlarida miflar turli nuqtai nazardan taxdil kilingan. Oʻzbek M.si esa Gʻ. Akramov, B. Sarimsoqov, T. Haydarov, T. Rahmonov (mif va epos), M. Joʻrayev, Sh. Turdimov (oʻzbek M.sining obrazlar silsilasi va genetik asoslari), Sh. Shomusarov (oʻzbek va arab M.sining qiyosiy tahlili) kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Mif (yun. mithos — afsona, rivoyat, asotir) — qad. odamning borliq olam haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaratilishi, inson, oʻsimliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, maʼbudlar va ilohlar toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. M. qad. odamning voqelikka boʻlgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qad. tasav-vurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izoxlasada, M. yaratilgan va ommalashgan joyida oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda boʻlib oʻtgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qad. odamning olam haqidagi tasavvurlarini oʻzida ifodalagan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan M.larning ommalashish usullari ham turlicha boʻlib, asosan, jonli ogʻzaki ijro orqali, yaʼni soʻz vositasida hikoya qilib berilgan. Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning magʻzini tashkil etuvchi ramziy xattiharakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan. Qad. tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi buyumlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan. M.lar quyidagi turlarga boʻlinadi: 1) ibtido haqidagi M.lar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi M.lar); 2) samoviy M.lar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqidagi M.lar); 3) antropogenik M.lar (gʻayrioddiy hislatga ega boʻlgan afsonaviy pahlavonlar, mas, Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va boshqa haqidagi M.lar); 4) sigʻinish M.lari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq, mas, xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqidagi M.lar); 5) etnogenetik M.lar (urugʻqabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador M.lar; mas, 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi haqidagi M.); 6) kalendar M.lar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq M.lar, mas, ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq M.lar); 7) esxatologik M.lar (olamning institutihosi haqidagi, mas, oxirzamon toʻgʻrisidagi M.). Ezgulik kuchlarining zulmatni oʻziga makon qilgan yovuzlikka qarshi kurashini oʻzida aks ettirgan qad. M.lar badiiy tafakkurning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy soʻz vositasida talqin qilish anʼanasi kelib chiqqach, qadimgi M. larning asosiy qismi soʻz sanʼ-atining turli janrlariga singib ketgan. Oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodiyotidagi koʻplab epik syujet va anʼanaviy motivlarning genetik ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. M.lar "Avesto", "Iliada", "Ramayana", "Shohnoma", "Kalevala", "Alpomish", "Goʻroʻgʻli" kabi adabiy yodgorliklarning yaratilishida ham salmokdi oʻrin tutgan.[1][2]

  1.  Meletinskiy Ye. M., Poetika mifa, M., 1976; Stebl i n - Kamenski y M. I., Mif, L., 1976; Mifi narodov mira. V dvux tomax, M., 1991; Joʻrayev M., Shomusarov Sh., Oʻzbek mifologiyasi va arab folklori, T., 2001.

  2.  OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





  1. Download 53.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling