3 - mаvzu. Iste’molchi tanlovi
Asosiy tushunchalar
Umumiy naflik (total utility) – iste’mol qilingan ne’matlardan olingan jami naflik.
Chekli naflik (marginal utility) – oxirgi yoki navbatdagi birlik ne’matni iste’mol qilishdan olinadigan naflik.
Funktsional talab – tovarni sifatidan kelib chiqib unga bo’lgan talab.
Nofunktsional talab – tovarni sifati bilan bog’liq bo’lmagan omillarga asoslangan talab.
Ko’pchilikka qo’shilishi samaradorligi – bu iste’mol talabni o’sish samarasi bo’lib, ko’pchilik sotib oladigan tovarni umumiy qabul qilingan me’yorlarga ko’ra sotib olish.
Snoba samarasi – talabni o’zgarish samarasi bo’lib boshqalar iste’mol qilgani uchun iste’mol qilinadi.
Veblen samarasi – tovarning narxi juda yuqori bo’lganligi bilan bog’liq bo’lgan iste’mol talabining o’sish samarasi.
Chayqovchilik muhiti talabi (spekulyativ) – narxni kelajakda ortishining kutilishi tovarga talabni bugungi kunda ortishiga olib keladi (tovarni bugungi kunda iste’mol qilishdan naflik ortadi).
Noratsional talab – bu rejalashtirilmagan talab bo’lib, shaxsning hozirgi hoxishini, kayfiyatini, injiqligini o’zgarishi bilan vujudga keladigan vaqtinchalik talab.
Befarqlik chizig’i – bir xil darajadagi naflik beruvchi ne’matlar miqdorlari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
O’rindosh ne’matlarni chekli almashtirish normasi (marginal rate of substitution) – umumiy naflik darajasi o’zgarmaganda iste’molchi bir birlik birinchi ne’matni qancha birlik ikkinchi ne’mat bilan almashtirishini ko’rsatadi:
Bu erda: MRS – birinchi ne’mat bilan ikkinchi ne’matni chekli almashtirish normasi;
MU1 va MU2 – mos holda birinchi va ikkinchi ne’matning chekli nafliklari.
Byudjet – iste’molchining ma’lum vaqt oralig’ida oladigan barcha daromadlari yig’indisi.
O’rindosh tovarlarni almashtirish samarasi – iste’molchining iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o’zgarishi natijasida iste’mol tarkibining o’zgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |