Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
46-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
105-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. XUDAYBERGANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
36-son
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
39-son
Milliy gvardiya qo‘mondoni B. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-dekabr,
35-son
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining 2019-yil 30-dekabrdagi 46, 105, 36, 39 va 35-son qaroriga
ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.83.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.03.00 Xizmatchilar, xizmatdan bo‘shagan fuqarolar va ular oila a’zolariga beriladigan imtiyozlar]
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar (bundan buyon matnda tavsiyanoma deb yuritiladi) berish tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |