Muhabbat psixologiyasi


Bilimlarni tekshirish uchun savollar


Download 102.72 Kb.
bet9/11
Sana03.06.2024
Hajmi102.72 Kb.
#1841826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muhabbat psixologiyasi

Bilimlarni tekshirish uchun savollar
1. Sevgi haqida qanday mulohazalar, rivoyatlar, ta`riflarni bilasiz?
2. Sevgining qanday turlari mavjud?
3. Sevgi hissi va yosh o`rtasida qanday bog`liqliklar mavjud?
4. Yigit va qizlarda sevgi tuyg`usining ifodalanishida qanday tafovutlar mavjud?
5. Qizlar va yigitlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning qanday turlari farqlanadi?
6. Muhabbat bosqichlari qanday namoyon bo`ladi?
7. Muhabbat va inson mijozi o`rtasida qanday bog`liqliklar mavjud?
8. Muhabbat belgilari qanday namoyon bo`ladi?
9. Sevgining fasliy o`zgarishi nimalardan iborat ?
10. Rashk hissi nima? Uning sevgiga qanday ta`siri bor?


Hadislar
Kim kimni yaxshi ko`rsa (do`st tutsa), shu sevgisini bildirib qo`ysin.
Do`stlik ham, adovat ham nasldan naslga meros qoladigan narsadir.
Hayo - doimo yaxshilik keltiradi.
Qur`onda: «Ular sizlar uchun libosdir, sizlar ular uchun libosdirsizlar» - deb aytilganki, ushbu hikmat ham islomda erkak va ayol o`rtasida mehr-muhabbat, oqibat ulug` bo`lishi zarurligini ko`rsatadi.
Hikmatlar

1. Muhabbatning ko`zi ko`r.


2. Parvona - o`z oshig`ining qurboni.
3. Sevgan bilan qo`shilish -
Dutorga tor taqqanday,
Sevmagan bilan qo`shilish -
Zaharli ilon chaqqanday.
4. Sevganga - sultonsan, sevmaganga ultonsan.
5. Sevganing oltindan aziz.
6. Sevgining bahori bilan shodlanma,
Yozu qishi ham bordir.
7. Sevgining ko`zi ayb ko`rmas.
8. Sevdim deb maqtanma, sevildim deb maqtan.


Jumboqlar
1. Avval sog` ko`zlarga rangli parda qoplab, so`ngra uni yaxshi, ravshan, real ko`radigan qiluvchi xastalikning nomini toping.
(sevgi-muhabbat)
2. Eng ko`p tarqalgan ko`z kasalligini toping.
(sevgi -muhabbat)
3. Qaysi og`ir xastalikdan kishilar tuzalishni istamaydilar?
(sevgi-muhabbatdan)
4. «Muhabbat - bamisoli baland tog` cho`qqilariga o`xshaydi. Ular zabt etilganidan so`ng pastga tushishdan o`zga chora qolmaydi» iborasini psixologik tahlil qiling va muhabbat hislariga xos xususiyatlarni sanab o`ting.
5. «Muhabbat - bu erkak kishining yagona ayol bilan qoniqish va cheklanishga bo`lgan intilishi» iborasini psixologik tahlil qilib, mohiyatini ochib bering.
6. «Muhabbatda baxtli bo`lish uchun ko`rishdan qolish shart emas, faqat vaqti-vaqti bilan ko`zni yumib turish kerak» iborasini psixologik tahlil qilib, mohiyatini ochib bering.



Download 102.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling