Muhabbat psixologiyasi


Download 102.72 Kb.
bet11/11
Sana03.06.2024
Hajmi102.72 Kb.
#1841826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Muhabbat psixologiyasi

Latifalar

Bir erkak boshqasidan so`rayapti:


- Agar sen, seni har doim kechiradigan, senga juda mehribon bo`ladigan, sen uchun hamma narsaga tayyor ayolni uchratib qolsang, unga nima deysan?
Ikkinchi erkak bir oz o`ylanib turdi-da, javob berdi:
- «Assalomu alaykum, oyijon!».
* * *
- Xotinimning tug`ilgan kuniga nima sovg`a tayyorlab qo`yishni bilolmayapman. U unchalik qimmat bo`lmasa va shu bilan birga xotinimni xursand qilsa.
- Unga o`nta imzosiz ishqiy maktub yoz!
* * *
- Azizam, buni senga qanday aytishniyam bilmayman. Men... men... uylanganman.
- Shunga shuncha vahimami? Men bo`lsam, mashinangni o`g`irlab ketishibdimi, deb o`ylabman.
* * *
Qiz yigitdan so`radi:
- Ichasizmi?
- Yo`q!
- Chekasizmi?
-Yo`q.
- Qimor o`ynaysizmi?
- Qartani umuman qo`limga olmaganman.
- Demak, bironta ham kamchiligingiz yo`q?
- Bittagina kamchiligim bor: ba`zan bilmay yolg`on gapirib qo`yaman.

* * *
Yigit qizga dedi:


- Jonginam, sizsiz hayot menga qorong`u. Agar menga turmushga chiqsangiz osmondagi yulduzni olib ber, desangiz ham olib beraman.
- Yulduzning hech hojati yo`q, - dedi qiz.
- Maoshingizning bir tiyinini nari-beri qilmay olib kelib tursangiz, kerakli narsani o`zim sotib olaveraman.


Xayol

Notanish yigit bilan qiz bir bazmda qarama-qarshi o`tirib qolibdi. Yigitning o`ziga xayolchan tikilib turganini ko`rgan qiz beixtiyor yigitdan so`rabdi:


- Yaxshi yigit, nimani o`ylab qoldingiz?
- Siz nimani o`ylayotgan bo`lsangiz - shuni, - deb javob beribdi yigit. Shunda qiz o`rnidan shiddat bilan turibdi-da, yigitning yuziga tarsaki tortib yuboribdi.
- E, ahmoq, qanday hadding sig`di, - debdi qiz g`azablanib...

* * *
- Yaxshi qiz, men bilan kinoga tushishni istamaysizmi?


- Istamayman.
- Siz o`ylamang, men har qanday qizni ham kinoga taklif qilavermayman.
- Men ham har qanday yigitga yo`q deyavermayman.

* * *
Yigit sevgan qizining otasiga murojaat qildi.


- Sizga jiddiy masalada murojaat qilaman: qizingizning menga tegishiga rozilik berasizmi?
- Yaxshi yigit, siz ichasizmi?
- Rahmat! Lekin, keling avval ishni bitiraylik.

* * *
- O`zimni qo`ygani joy topolmayapman. Erim ishdan sira bunaqa kech qaytmas edi. Birontasi bilan ilakishib qoldimikin-a?


- Qo`ysangchi, darrov yomon xayolga borasan-a! Balki uni mashina urib ketgandir.
Download 102.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling