Muhaddislar Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari
Download 56.2 Kb.
|
I. asosiy qism
Bahouddin Naqshband
Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy – Bahouddin Naqshband hijriy 718 (milodiy 1318) yilda Buxoro shahriga yaqin Ko’shki Hinduvon (qasri Orifon) qishlog’ida tug’iladi. Naqshband uning laqabi bo’lib, ota kasbi - kimxobboflik bilan shug’ullanganligi uchun berilgan bo’lsa kerak. Muhammadning bobosi so’fiylar bilan yaqindan munosabatda bo’lganligi uchun ham, unda tasavvuf ilmiga qiziqish bolalikdan paydo bo’ladi va shu yo’lda tarbiyat topadi. Muhammad ibn Muhammad tariqat sulukiga oid ilk saboqlarni SHayx Hoja Muhammad Boboyi Samosiy va Sayyid Amir Kuloldan oladi. Ammo Hazrat Hoja Bahouddin Hoja Abdulholiq G’ijduvoniyni o’ziga ustoz bilib, uning yo’lini qabul qiladi. Bahouddin Naqshband haqidagi “Maqolot”larda uning Sayyid Kulol bilan bir qatorda, Orif Dekkironiy, Kusam SHayx va Xalil otalardan ham tasavvuf ta’limoti bo’yicha saboq olganligi qayd qilingan. Muhammad ibn Muhammad Fazl Buxoriy ikki marta haj qiladi. Haj safaridan Buxoroga qaytgach, butun umrini shu yerda o’tkazadi. Amir Kulolning vasiyatiga ko’ra uning xalifasi bo’lib qoladi. Bahouddin Naqshband hijriy 791 (milodiy 1389) yilda vafot etib, qasri Orifon qishlog’ida dafn etiladi. Uning muridlaridan eng mashhurlari Hoja Alouddin Attor va Hoja Muhammad Porsodir. Bahouddin Naqshband va’z va pand-nasihatlarni o’z ichiga olgan “Hayotnoma” nomli she’riy to’plam va tasavvufga oid “Dalil al-oshiqin” nomli kitob yozgan. Biroq mazkur asarlar bugungi kunga qadar topilgan emas. Bahouddin Naqshband Naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bahouddin Naqshband ta’limoti uning hayotlik chog’idayoq Movarounnahrda faqat shahar hunarmandlari orasidagina emas, balki ko’chmanchi turkiy qabilalar orasida ham keng tarqalgan. Naqshbandiya tariqati Islom dinidagi sunniylik yo’nalishi g’oyalariga asoslangan bo’lib, uning ma’naviy silsilasi bir tomondan, Abu Bakr Siddiq (632-634 yillar) hamda ikkinchi tomondan, Ali ibn Abu Tolibga borib taqaladigan 12 tariqatning biri sanaladi. Bu silsila «Silsilat az-zahab» («Oltin silsila») deb nomlanadi. Tariqat ma’naviy jihatdan Abu Bakr, jismoniy jihatdan esa Ali ibn Abu Tolib orqali payg’ambar Muhammad Alayhis-salom faoliyati negizida shakllangan. Naqshbandiya sulukining boshqa suluklardan farqi nimalardan iborat? Avvalo, Naqshbandiya suluki halol mehnat qilish orqali kun kechirish g’oyasini targ’ib qiladi. Bahouddin Naqshband tomonidan ilgari surilgan “Dil ba yoru, dast ba kor” (Dil yorda, qo’l ish (mehnat)da) shiori fikrimizning yorqin isbotidir. SHuning uchun ham Naqshbandiya sulukiga kirgan kishilar mehnat qilish evaziga hayot kechirar edilar. Tunu kun toat-ibodat bilan shug’ullanib, oila, jamiyat yumushlarini tark etish emas, balki oilani farovon, mamlakatni obod etish yo’lida mehnat qilish talab etilar edi. Ushbu talab hadislar mazmunida olg’a surilgan g’oyalarga to’la mos tushadi. Bahouddin Naqshbandning o’zi ham oddiy, pok inson bo’lib, mehnat qilish evaziga kun kechirgan. Naqshbandiya tariqatining boshqa suluklardan yana bir farqi shu ediki, boshqa suluklarning tarafdorlari pir oldiga yig’ilib, “Zikri aloniya”ni amalga oshiralar, ya’ni, ovoz chiqarib zikr tushsalar, Naqshbandiya tariqatining tarafdorlari “Zikri xufiya”ni amalga oshirganlar, ya’ni, ular tomonidan Ollohga qilinayotgan toat-ibodat ovoz chiqarmasdan bajarilar edi. “Zikri aloniya”ning mohiyatiga ko’ra Alloh ismi yoki “Lo iloha illolloh” kalimasi bor ovozda ohang yordamida aytilib, raqsu samo’ asosida bajarilgan. Ahmad YAssaviy sulukida zikrning mazkur shakli “Zikri arra” deb yuritilar edi. Mazkur amalni ado etish chog’ida zikr qilayotganlarning ovozi yog’och kesayotgan vaqtda arradan chiqadigan ovoziga o’xshar edi. “Maqomati Naqshbandiy” asarida keltirilishicha, Jaloliddin Rumiy asos solgan Mavlaviya sulukidagilar ham ana shu odatga amal qilganlar. “Zikri xufiya” amalini bajarish vaqtida esa muridlar bir joyga to’planishlari shart emas, har kim o’z uyida tinch, osuda, shovqin-suronsiz, raqsu samo’siz Allohning ismi va muqaddas so’zlarni dilda yod etib, kunduzlari o’z ishi bilan mashg’ul bo’laveradi. “Zikri xufiya” amalini Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshbandiy yuqorida qayd etib o’tilganidek, Abdulholiq G’ijduvoniydan o’zlashtirgan. Mutafakkirlar - Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham shu suluk vakillari sanalganlar. Uchinchi farq shundan iborat ediki, Naqshbandiya sulukining valiylar bemordan o’zlariga kasallikni tortib olib, so’ngra kasallikni o’z vujudlaridan chiqarib tashlash xislatiga ega bo’lganlar. To’rtinchi farqi, Naqshbandiya sulukidagi avliyolar boshqa ba’zi avliyolardek, karomatfurushlikka yo’l qo’ymagan. Har bir muridning Allohga yetishishi hamda vahdat hosil qilishi uchun ma’naviy va ruhiy poklanish maqsadi yo’lida uning har qanday bid’atga qarshi kurashishi talab etilgan. Avliyolik kuch-quvvatini esa faqat ezgu ishlar: ilm-ma’rifatni rivojlantirish, shuningdek, xalqning ma’naviy jihatdan poklanishini ta’minlash yo’lida har qanday zulm va bid’atga qarshi kurashishga sarflagan. Ushbu suluk valiylari shu kabi ezgu amallari bilan xalq orasida bevosita obro’ qozongan. Buni biz “Maqomati Hoja Naqshband” asarida bayon etilgan voqealar va Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshbandiy tomonidan ifoda etilgan hikoyatlar mazmunidan ham anglash mumkin. Xususan, Bahouddin Naqshband musulmonlikning mohiyatini quyidagicha yoritgan edi: “Musulmonlik - bu iloji boricha hukmlarga bo’ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan uzoq bo’lib, bularning hammasi nuri safo va rahmat hamda valoyat darajasiga yetishish vositasidir. Avliyolarning aziz manzili va maqomlariga mana shu sifat va parvarish orqali yetiladi”5. Ushbu fikrning mantiqiy davomi sifatida o’z tariqatining maqsadini Hazrati Hoja Bahovuddin Naqshband yana shunday bayon etadi: “Bizning tariqamiz jahriya zikri-yu, raqs emas, bizning tariqamiz, anjumanda xilvat (xilvat dar anjuman), vatanda safar (safar dar vatandir. Xilvatda shuhrat bor, shuhrat esa ofatdir. Jam’iyatda xayriyat bo’ladi, jam’iyat esa suhbatda bo’ladi. Download 56.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling