Muhammad -al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari


Download 136.9 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi136.9 Kb.
#1596250
  1   2   3   4
Bog'liq
Otaboyev Xursand Falsafa


Muhammad -Al Xorazmiy nomidagi


Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Nukus filiali 1-kurs talabasi
Otaboyev Xursand Falsafa fanidan
tayyorlagan mustaqil ishi

Topshirdi:Otaboyev Xursand. Qabul qildi: Allambergenov A.


Mavzu: Sifat, me`yor, miqdor va sakrash tushunchalari.
Reja:
1. Miqdor.
2. Falsafada sifat tushunchasi
3. Sakrashning falsafiy ma`nosi.
4. Me`yor tushunchasining falsafa fanida qo`llanilishi.

Miqdor.


Miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarishlariga oʻtishi qonuni — dialektikaning
qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy tarzini
ochib beradi. Uni Gegel taʼriflflab bergan. Rivojlanish murakkab jarayon boʻlib,
unda miqdor va sifat oʻzgarishlari sodir boʻladi. Predmet yoki hodisaning
rivojlanishi avval asta-sekin roʻy beradigan miqdor oʻzgarishlaridan boshlanadi.
Miqdor oʻzgarishlari maʼlum darajaga yetgach, meʼyorning buzilishi tub sifat
oʻzgarishlariga olib keladi. Miqdor sifatga oʻtadi. Miqdor oʻzgarishlari turli shaklda
sodir boʻladi. Miqdor oʻzgarishlari obyekt qismlari sonining oʻzgarishi shaklida,
makoniy shakllarning yoki elementlar aloqadorligi tartibining oʻzgarishi va h.k.
shakllarda sodir boʻlishi mumkin. Obyektiv voqelikda faqat miqdor oʻzgarishlari
sifat oʻzgarishlariga olib kelmay, sifat oʻzgarishlari ham miqdor oʻzgarishlariga olib
keladi, vujudga kelgan yangi sifat doirasida miqdor koʻrsatkichlari rivojlanadi. Mas,
Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishganligi — sifat oʻzgarishi. NaƟ jada
xalq xoʻjaligi, iqƟ sodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar vujudga keldi, xalqning
iqtisodiy, siyosiy, madaniy ravnaqi uchun keng yoʻl ochildi.
Miqdor oʻzgarishlari nisbatan sokin, uzluksiz davom etsa, sifat oʻzgarishlari
uzilishli, sakrashsimon boʻladi. Rivojlanish jarayonida eski sifatning yangi sifatga
aylanishi uzluksizlikning uzilishi yoki sakrash deb ataladi. Sakrash — rivojlanish
jarayonida qonuniy sodir boʻladigan burilish nuqtasi, taraqqiyot zanjiridagi zaruriy
halqadir. Sakrash oʻzgarishning eng intensiv shakli, rivojlanish maromining oliy
nuqtasidir, uning natijasida eski narsa yemiriladi, yangi narsa vujudga keladi. Bir
sifatdan ikkinchi sifatga oʻƟ sh sakrash orqali boʻlishi umumiy qoida boʻlib, u xali
bu sakrash har bir tayin vaziyatda tayin narsa va hodisalarga nisbatan qanday
amalga oshishini koʻrsaƟ b bermaydi. Hodisaning bir sifat xrlatdan boshqa holatga
oʻƟ shi yoʻqolish va paydo boʻlishning, mavjudlik va yoʻqlikning, inkor va tasdiqning
birligidan iborat (qarang Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni). Sakrashda
yangi yuzaga kelayotgan hodisa eskisini inkor etadi; bunda sifat va miqdor
oʻzgarishlari birbirini taqozo etadi (qarang Inkorni inkor qonuni). DialekƟ ka
sakrashlarning, bir sifatdan ikkinchi sifatga oʻƟ sh shakllarining xilma-xilligini jiddiy
hisobga olishni, har bir muayyan vaziyatda shu oʻƟ shning tayin shakllarini aniqlab,
bilib olgan holda ish koʻrishni talab qiladi. Eng muhimi — sakrashning, oʻsishning
tayin shaklini payqab olish, topish, ifodalash va shunga qarab harakat qilish kerak.

Download 136.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling