Muhammad -al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari


Download 136.9 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi136.9 Kb.
#1596250
1   2   3   4
Bog'liq
Otaboyev Xursand Falsafa

Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli,
miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi
uzilishdir. Masalan, sakrash-bu yerda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonlar
dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa
ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday
sakrash rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim
ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham
dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‘lib, rivojlanayotgan hodisaning
tabiati, shuningdek unda sifat o‘zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit
bilan belgilanadi. Sakrashlar:
1) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust);
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra);
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq);
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz) farq
qiladi.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolyusiya», «inqilob», «islohot» kabi
atamalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Evolyusiya» tushunchasi
keng va tor ma'nolarda qo‘llaniladi. Keng ma'nodagi «evolyusiya» asta
sekin rivojlanish jarayoni bo‘lib, u miqdor o‘zgarishlarinigina emas, balki
sifat o‘zgarishlari, shu jumladan inqiloblarni ham o‘z ichiga oladi. Tor
ma'noda «evolyusiya» deganda inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi
davr tushuniladi. «Inqilob» tushunchasi ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun
ishlatiladi va jamiyatni asta-sekin emas, balki tubdan o‘zgarish yasaydigan
sakrashdir. Islohot jamiyat hayotining biron-bir muhim tomonini o‘zgartirish
bo‘lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.
Shunday qilib, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni,
rivojlanishning umumiy qonuni sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur
hosil qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me'yor», «sakrash»
kategoriyalari yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun
borliqning rivojlanishi, harakati va o‘zgarishi qanday, qay tarzda yuz beradi,
degan savolga javob berib, ob'ektiv voqyelikning har qanday sohasida
yangi sifatga o‘tishning ichki mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar
rivojlanish manbai va uning mexanizmini yoritib bersa, inkorni-inkor qonuni
– rivojlanishning umumiy tendensiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi. Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan sifat o‘zgarishlarini anglatadigan
falsafiy tushuncha bo‘lib, taraqqiyotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez
o‘tadigan jarayondir.
Sakrash miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tishda uzluksizlikning
uzilishini bildiradi. Sakrash narsa va hodisalarning uzluksiz rivojlanish davomida
tayyorlanib, shu uzluksiz rivojlanish momenti tugab, uzilish sodir bo‘lishi bilan
zaruriy ravishda yuz beradi. Sakrash birdaniga, to‘satdan bo‘ladigan holatgina
emas, balki yangi sifat elementlari ko‘payishi orqali yuz beradigan tadrijiy jarayon
hamdir.
Sakrashning turlari o‘z harakteriga ko‘ra tabiat va jamiyatda xilma-xil bo‘lib, ular
bir-birlaridan farq qiladilar. Jamiyat taraqqiyotidagi sakrashlarning o‘ziga xos
tomoni shuki, bu sakrashlar eski ijtimoiy tuzumni yo‘q qilish va yangi ijtimoiy
tuzumni o‘rnatadigan ijtimoiy jarayonlar, tadrijiy rivojlanish orqali amalga oshadi.
Bunday sakrashlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: birinchisi — portlash yo‘li
bilan po‘ladigan sakrashlar, ikkinchisi sekin-asta, tadrijiy yo‘l bilan bo‘ladigan
sakrashlar. Birinchi tur sakrashlarning o‘ziga xos kususiyati shundan iboratki,
bunda narsa va hodisalarning yangi sifatga o‘tishi nihoyatda tezlik bilan yuz beradi
va kutilmagan natijalarni, tasodifiy jarayonlarni boshlab yuborishi, hatto salbiy
holatlarni kelgirib chiqarishi ham mumkin.
Sakrashning ikkinchi turida esa, eski sifat elementlarining asta-sekin yo‘qolib
borishi va yanga sifat elementlarining asta- sekin to‘planishi natijasida yanga sifat
paydo bo‘ladi.
Shunday qilib sakrash quyidagi jihatlarga ega:

birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan obektiv va
qonuniy jarayondir;

ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning uzilib, miqsor Uzgarishlaridan tub sifat
o‘zgarishlariga o‘tishidir;

uchinchidan, sakrash eskini tugatish va yangi sifatga mos
keladigan holatlarning vujudga kelishi tufayli sodir bo‘ladigan ziddiyatlarni
hal qilishdir;

to‘rtinchidan, sakrash olamning rivojlanib, ilgarilab borishidir.
Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq
ravishda eski sifatdan yangi sifatga
o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, hodisa o‘zining aniq inkor
qilinish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir.
Demak, har qanday o‘zgarish, har qanday rivojlanish miqdor
va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi orqali sodir bo‘ladigan jarayonlardan iborat. Borliqning ham sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa
va hodisalarning barham topishi, yangi narsa va hodisalarning vujudga kelish
jarayoni sodir bo‘lib turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb
ataladi.
O‘zgarish va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili nihoyatda
muhim. Bunda vorislik — eskining inkori va yangilikning shakllanishi sifatida
namoyon bo‘ladi. Ana shu jarayonlarning doimiy takrorlanishi inkorni ipkor

Download 136.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling