Muhammad al- xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari


pedagog deb atalar edi («pays» – bola, «agogeyn» – etaklab borish degan so‘zlardan olingan). Grammatist


Download 19.53 Kb.
bet3/3
Sana01.05.2023
Hajmi19.53 Kb.
#1418949
1   2   3
Bog'liq
Talimga kirish

pedagog deb atalar edi («pays» – bola, «agogeyn» – etaklab borish degan so‘zlardan olingan). Grammatist maktabida o‘qish, yozish va Hisoblash o‘rgatilar edi. O‘qishda Harflarni Hijjalab o‘qitish usuli, so‘ng qo‘shib o‘qish usulidan foydalanganlar. YOzuvni o‘rgatishda mum surilgan yaltiroq taxtachalardan foydalanganlar. Ular ingichka cho‘p yordamida yozganlar. Sonlar barmoqlar, sopol toshlar, sanoq taxtasi yordami bilan Hisoblaganlar. Kifarist maktabida o‘g‘il bolalarga adabiy bilim va estetik tarbiya berilar, muzika, ashula, deklomatsiyalar o‘rgatilar edi.
O‘g‘il bolalar 13—14 yoshga etganlaridan keyin palestra («kurash maktabi») deb atalgan o‘quv yurtiga o‘tar edilar. Bu o‘quv yurtida ular ikki—uch yil davomida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanar edilar. Masalan, sakrash, yugurish, kurash tushish, disk va nayza irg‘itish, suvda suzish kabilar o‘rgatilardi. Palestrada o‘qish tekin edi, shuning uchun Ham yoshlarning ko‘pchilik qismi palestrada o‘qish bilan cheklanib qolar edi.
YOshlarning badavlatroq oiladan bo‘lgan qismi palestrani tugatgach gimnasiyga (jismoniy, ijtimoiy tarbiya) kirar edi. Ularga falsafa, siyosat, adabiyot fanlari o‘rgatilgan. Bu maktabni tugatgan yoshlar davlatni boshqarishda qatnashishlari mumkin edi.
NiHoyat, Spartada bo‘lgani kabi, Afinada Ham 18 dan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar Efeblar qatoriga o‘tib, Harbiy xizmatga tayyorlanar va o‘zlarini siyosiy bilimlarini oshirishni davom ettirar edilar.
AHolining ko‘pchilik qismi bolalarni maktablarda o‘qita olmaganligi sababli ularga kasb-Hunar o‘rgatish odat tusiga kirgan edi. Ayrim xat-savodi bor otalar bolalariga o‘qishni o‘zlari o‘rgatar edilar. Bu kabi tartib davlat tomonidan qonunlashtirilib qo‘yilib bechoraHol tabaqaga mansub ota-onalar o‘z bolalariga biror kasbni o‘rgatishga majbur edilar. Aks Holda ularning bolalari kelgusida keksayib qolgan ota-onalari to‘g‘risida moddiy g‘amxo‘rlik qilishdan ozod etilar edi. Quldor zodagonlar meHnat bilan shug‘ullanuvchi erkin aHoliga nafrat bilan qarardi.
Download 19.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling