Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg‘ona filiali
Download 3.42 Mb.
|
malumotlar bazasi 1 abdurashid
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISTISNO QILINADIGAN HOLATLARNI QAYTA ISHLASH
Do'stona funksiyaBu sinf a'zolariga huddi shu sinf a'zosidek kiradigan funktsiya. Boshqa barcha jihatlarda do'stlik funktsiyasi oddiy funksiya kabidir. Bu oddiy funktsiya yoki boshqa sinfning metodi bo'lishi mumkin. Do'stona funksiyani e'lon qilish uchun sinf do'sti qilmoqchi bo'lgan funktsiya prototipi oldidagi friend kalit so'zidan foydalaniladi. Buni sinfning public yoki private qismida e'lon qilishingiz muhim emasSinfning do'st funksiyasi ushbu sinf doirasidan tashqarida aniqlanadi, lekin u sinfning barcha shaxsiy va himoyalangan a'zolariga kirish huquqiga ega. Do'st funksiyalari prototiplari sinf ta'rifida ko'rinsa ham, do'stlar a'zo funktsiyalari emas. ISTISNO QILINADIGAN HOLATLARNI QAYTA ISHLASH Xatoliklarni qayta ishlashning umumiy mexanizmi. Ayrim hollarda dastur kutilmagan bir qator vaziyatlar ro‘y berganda o‘z vazifasini bajara olmay qolishi mumkin. Nolga bo‘linish, mavjud bo‘lmagan xotira qismiga murojaat qilish mumkin bo‘lgan ana shunday holatlardan sanaladi. Istisno qilinadigan holatlar (sodda qilib xatoliklar deb aytish mumkin) — bajarilishi jarayonida oldindan kutilmagan holatlar yuzaga kelganda dastur o‘z ishini davom ettirishini ta’minlashdan iborat. C++ tili istisno qilinadigan holatlar sodir bo‘lganda dastur o‘zini qanday tutishini belgilab qo‘yish uchun dasturchilarga bir qator vositalarni taklif qiladi. Ma’lumki, xatoliklar ikki turga bo‘linadi: kompilatsiya vaqtidagi va dasturni bajarish vaqtidagi xatoliklar. Odatda 1-turdagi xatoliklarni kompilyator aniqlab beradi, 2-tur xatoliklami esa faqat dastur bajarilayotgan vaqtda aniqlash mumkin, xolos. 2-tur xatoliklar yuzaga kelganda dastur o‘z ishini to‘xtatib qo‘yadi. Dasturchi buning oldini olishi, ya’ni dastur har qanday holda ham o’z ishini davom ettirib, kutilgan natijani berishini ta’minlashi lozim. Boshqacha aytganda, bajarish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xatoliklarni nazarda tutishi va ularning har biri sodir bo‘lganda dasturning javob reaksiyasini belgilab qo‘yishi talab qilinadi. Dastur ishlab chiqish jarayonida dasturchi xatoliklar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha holatlarni nazorat qilishi lozim. Bunday holatlar try bilan boshlanadigan nazorat bloklarida qayta ishlanadi. Istisno qilinadigan holatlarni qayta ishlash xato yuzaga kelganidan keyin boshlanadi. Bu jarayonni tashkil qilish uchun throw operatoridan foydalaniladi. Dastuming javob reaksiyasi xatolikni qayta ishlagichlar yordamida ta’minlanadi. Agar dasturning ularga mos javob reaksiyasi belgilanmagan bo‘lsa, standart terminate funksiyasi ishga tushadi va u hisoblash jarayonini to‘xtatish uchun abort funksiyasini chaqiradi. Dasturchi mana shunday hollarda jarayonni to‘xtatish uchun shaxsiy funksiyalarini ishlab chiqishi mumkin. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling