Мuhammad аl-Хоrazmiy nomidagi Тоshkent ахborot tехnologiyalari universiteti
Download 164 Kb.
|
Академик ёзув ишчи дастур 2020- 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKADEMIK YOZUV FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI (sirtqi va ikkinchi mutaxassislik bo‘limi )
- Та ’lim sohasi
- Akademik yozuv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
- Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar Bakalavr “ Akademik yozuv ” fani bo‘yicha
- Akademik yozuv fanini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
- O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- Asosiy qism (amaliy mashg‘ulotlar)
- Ishchi o‘quv dasturining mustaqil talimga oid bolim va mavzular H ajmi (soatlarda)
- VIII. ADABIYOTLAR ROY X ATI Asosiy adabiyotlar
- Internet saytlar i
Fanning ishchi o‘quv dasturi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kengashining 2020 yil “ _ _” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan. Tuzuvchilar: Axmedova M.X.- TATU, «O‘zbek va rus tillari » кafedrasi dotsenti, p.f.n. Gayubova K.A. – TATU, «O‘zbek va rus tillari » kafedrasi katta o‘qituvchisi Yulanova N.D. TATU, «O‘zbek va rus tillari » kafedrasi katta o‘qituvchisi
G.A.Narimova –TDPU, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, f.f.n. D.U.Dospanova – TATU, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti, f.f.n. TATU AKT sohasida KT fakulteti dekani ______________________ K.Igamberdiyev “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri _______________ S.X.Abdullayeva Kirish O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi.
Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda mutaxassislik tili, mutaxassislik terminologiyasi, mutaxassislik matni, mutaxassislik nutqi asoslarini shakllantirishdan iboratdir. Shunga ko‘ra universitet talabalari uchun “Akademik yozuv” kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi. “Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tilining boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini mutaxassislik sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, respublikamiz iqtisodini yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun dasturda mutaxassislik tili bilimlariga alohida urg‘u berildi. Hozirgi kunda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqei tobora ortib borayotganligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarining joriy etilganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o'tilganligi barcha mutaxassislarning millatidan qat’iy nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Shu bois, mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr mutaxassislik tili bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi. Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy layoqati va mahorati hozirgi davrda o‘z kasbining madaniyati asoslari hamda notiqlik me’yorlarini ham bilishni taqozo etmoqda. Fanni o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning yozma nutqiy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrini to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganishni ko‘zda tutadi. Ushbu kursda o‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejlarda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo'lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, nutqning rasmiy, ommabop va ilmiy uslublarini chuqur o‘zlashtirish , o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, ilmiy mazmundagi nutqni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etish hamda yozishga o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub. Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir. Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
Akademik yozuv fanini o'qitishdan maqsad: “Akademik yozuv” fanini о‘qitishdan maqsad ixtisoslik bo‘yicha bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda mutaxassislik tili bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni tо‘g`ri hamda mantiqli tuzish, nutqiy etiketni va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir. “Akademik yozuv” kursi doirasida talabalarga o‘z sohasidagi so‘z va terminlarning shakllanish va qo‘llanish, yasalish va kirib kelish xususiyatlarini, ilmiy matnlarning tuzilishi, matnga so‘z va termin tanlash, matnni tahrir qilish – kengaytirish va qisqartirish, matnlarni to‘g‘ri yozish, dastlabki ilmiy ishlarini yozishga о‘rgatish, nutq turlari, nutqiy faoliyat, nutqning kommunikativ xususiyatlari, nutqning tarkibiy qismlari, nutq tuzish usullari o‘rgatiladi. Fan mazmuniga qo‘yiladigan malakaviy talablar Bakalavr “Akademik yozuv ” fani bo‘yicha: bilim va malakalarini puxta egallash uchun har bir talaba o‘zbek tilining og‘zaki va yozma nutq shakllarini to‘liq o‘zlashtirishi, uning so‘z boyligidan grammatik bilimlar asosida to‘g‘ri foydalana bilishi, yetarli savodxonlikka ega bo‘lishi zarur. Shunga ko‘ra, talabalar “Akademik yozuv” fanidan: - o‘zbek tilida sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni; - davlat tilida yetarli yozma savodxonlikka ega bo‘lish, ko‘nikmalarini mehnat faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi; - nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llashi, o‘zbek tilida ko‘nikmalarini ish faoliyatiga tatbiq eta olishi, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. - o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; - o‘zbek tili ilmiy uslubining qonuniyatlarini; - o‘zbek tilining gap stilistikasini; - ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; - annotatsiya matnining tuzilishini; - referatning zaruriy qismlarini; - ilmiy maqolaga taqriz yozishni bilishi lozim ; - ilmiy uslubda sintaktik jihatdan to‘g‘ri gap tuza olishni; - ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish ko‘nikmalarini o‘quv faoliyatiga erkin tatbiq eta bilishi; - o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalari- dan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur. Akademik yozuv fanining boshqa fanlar bilan aloqasi “Akademik yozuv” fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokining bir qismiga kiradi. Shu sababli u shu blokdagi boshqa fanlar bilan bevosita aloqada. “Akademik yozuv” fani nutq madaniyati va o‘zbek tilining boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda mutaxassislik tili va uslubi, mutaxassislik terminologiyasi va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini mutaxassislik sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak mutaxassislar fan va texnika tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Ilmiy ommabop uslubga xos materiallar huquqiy mazmunga ega bo‘lishi mumkin. Ularning mohiyati, tuzilishi, tayyorlanishi jamiyatdagi huquqiy me'yorga rioya qilishi huquqshunoslik bilan aloqada ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, hayotda turli yo‘nalishlar, ixtisosliklar mavjud. Har sohada umum bo'lgan til birliklaridan tashqari o‘ziga xos, biri ikkinchisida ishlatilmaydigan terminlar mavjud. Ularni o‘rganish ham ushbu fanning maqsadi va vazifasi. Shu jihatdan qaraganda akademik yozuv fani ixtisoslik fanlari bilan ham aloqada ekanligi kelib chiqadi. Akademik yozuv fanini o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Akademik yozuv fanini o‘qitish va o‘rgatish jarayonida kompyuter orqali mustaqil ishlarni internet tarmoqlaridan olib o‘rganishda yaxshi samara beradi. Ta’limning oliy bosqichida til fanini o‘qitishning mazmuni yanada takomillashtiriladi. Litsey va kollejda egallangan bilimlar asosida olinadigan ixtisosliklar doirasida ilmiy uslubni qo‘llash uchun yozma nutqni o‘stirish ko‘zda tutiladi. Ilmiy uslubga moslashtirilgan matnlarni o‘rganish va o‘qish faoliyatida ishlatiladigan ilmiy matnlarni tuza olish ko‘nikmalarini hosil qilish ko‘zda tutiladi. Bunda ilmiy uslubga doir adabiyotlarni o‘qib o‘rganish, ba’zi mavzularni multimedia usulini tashkil qilib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘z navbatida talabalarning ilmiy uslubda matn tuzish imkoniyatlaridan qanchalik to‘g‘ri va keng foydalana bilishlariga, xususan, leksik va uslubiy imkoniyatlardan o‘rinli foydalanishni qanchalik puxta o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi ta’limning yuqori bosqichida ilmiy - ommabop uslubni o‘zlashtirishda tavsiya etilayotgan bilimning hayotiyligi, kengligi va qiziqarliligi, o‘qitilish usulining zamonaviyligi, audio-vizual vositalarning samarali qo‘llanilishi bilan ta’minlanadi. Bu fanni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning quyidagi shakllari keng qo‘llaniladi: Tushunchalar tаhlili texnologiyasi, moslashtirish texnologiyasi, aqliy hujum, sinkveyn texnologiyalari, klaster, grafik organazeylar: insert va konseptual jadval, T-jadval, Venn diagrammasi, ishchan o‘yinlar texnologiyasi hamda kichik guruhlarda ishlash texnologiyalari. O‘quv fanini o‘qitish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar “Akademik yozuv” fani yozma nutq, tilning stilistik va imlo qoidalari, sohaviy terminologiya, mutaxassislik tili va nutq uslublari, soha lug‘atlarini o‘rganish, ular yordamida ilmiy, ommabop maqolalar tayyorlash masalalarini qamrab oladi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: - nutqning barcha uslublarida bitilgan matnlarni o‘rganishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llash, o‘zbek tilida ko‘nikmalarini faoliyatiga tatbiq eta olish va ixtisosligi sohasidagi to‘g‘ri yoza bilishi, u yoki bu munosabat bilan o‘z fikrini o‘zbek tilida asosli bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim; - o‘zbek tilida ilmiy uslubning qonuniyatlarini; - o‘zbek tilining gap stilistikasini; - ilmiy uslubga xos til birliklarini o‘rinli ishlata olishni bilishi kerak; o‘ - ilmiy maqola yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - o‘zbek tilining so‘z boyligidan yozma nutq yaratish va uni ilmiy – ommabop uslubda to‘gri qo‘llash hamda ulardan o‘rinli foydalana bilishi; - sohaga oid kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo‘llay olishi; - o‘zbek tilining lug‘aviy boyligi va ixtisoslik atamalaridan o‘rinli foydalanish, ular yordamida o‘z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo‘lishi zarur.
semestr
2-semestr
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhda o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tkazilishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llanishi maqsadga muvofiq. Mustaqil ta’lim Mustaqil ish fanning mavzulari asosida tashkil etiladi. Mustaqil ishni quyidagi topshiriqlar ko‘rinishida bajarish tavsiya etiladi: • mavzu bo‘yicha rasmiy axborot tayyorlash; • reklama matnlari yaratish; • publitsistik maqola tayyorlash; • annotatsiya yozish; • referat yozish; • esse, doklad, tezis yozish; • ilmiy maqola yozish.
BAHOLASH Amaliy mashg‘ulotlarda baholash talabalarning darsga qatnashishi, amaliy mashg‘ulotlardagi topshiriqlarni bajarishi hamda yakuniy nazorat va mustaqil ishlarni o'z vaqtida topshirishlari asosida amalga oshiriladi. Baholash foiz hisobida quyidagicha: Amaliy mashg‘ulotlar - 30% Mustaqil ta'lim- 20% Yakuniy nazorat – 50%
VIII. ADABIYOTLAR RO'YXATI Asosiy adabiyotlar 1. 1. N. Jiyanova, O. Mo‘ydinova. Nutq madaniyati. – T.: “Ilm ziyo zakovat”, 2019. 221 b. 2. Xolmonova Z. Adabiy tildan ma’ruzalar umumlashmasi-T.: «O‘zbekiston», 2013, 250 b. 3. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, - T.: “Fan”, 1992, 254b. 4. Husanov.N., Rasulov, Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. 5. М. Ахмедова. Нутқ маданияти ва профессионал нотиқлик. ТАТУ, 2017, 114б. 6. М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш (амалий қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б. 7. X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y. 8. Д.А. Бабахонова. Официальный делавой стиль современного узбекского литературного языка. АКД, Т.,1987 г. 9. M.Abdurahmanova. O‘zbek tili fanidan uslubiy qo‘llanma. Ish yuritish tili va uslubi. T., 2018.
1. M.X.Axmedova, K.A.Gayubova. “O‘zbek tili”. T. TATU, “Aloqachi”, 2019. 2. Mahmudov N.О‘qituvchi nutqi madaniyati. T.: «О‘zbekiston milliy kutubxonasi», 2009,188b. 3. Husanov N., Mirahmedova Z. Mutaxassislik tili. T.: TMI, 2003. 4. А.Н. Белов, В.Н.Белов. Корреспонденция и делопроизводство. М., 1988 г. 5. Д.В.Васильев. Делопроизводство на компьютeре. Прaктические рекомендации. М., 1999 г. 6. С.В.Усманов ва .б. Ўзбек тилида иш юритиш амалиёти. Т. 1999 й. 7. Ruscha - o'zbekcha lug‘at (2 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013. 8. O'zbek tilining izohli lugati (5 jildli). - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2005-2008. 9. Jumaniyozov R., Nutqiy mahorat .-T.: “Adolat”, 2005, 90 b. Internet saytlari 1..http://solver.uz/translate.php - Русско-узбекский переводчик. 2.http://sahifa.tj/uzbeksko_russkij.aspx- Узбекско-русский переводчик. 3. http://library.ziyonet.uz/ - таълим портали. Download 164 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling