Muhammad Al-Xoramiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Download 239.45 Kb.
|
DTA 2-oraliq nazorat Hakimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Obyektga mo’ljallangan tahlil va loyihalash (object-oriented analysis and design)
Muhammad Al-Xoramiy Nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti 310-17 guruh talabasi Hakimov Dilshodning DTA fanidan 2-oraliq Nazorat ishi
1.Ob’ektga yo’naltirilgan tahlil. 2.Microsoft Projectdagi jadval ko’nishlar. Javoblar: 1. Obyektga mo’ljallangan tahlil va loyihalash (object-oriented analysis and design) ning bosh g’oyasi predmetga oid sohani va masalaning mantiqiy yechimini obyektlar (tushunchalar va mohiyatlar) nuqtai nazaridan ko’rib chiqishdan iborat. Obyektga mo’ljallangan tahlil jarayonida asosiy diqqat-e’tibor obyektlar (yoki tushunchalar)ning predmetga oid soha atamalarida ta’riflash va tavsiflashga qaratiladi. Obyektga mo’ljallangan tahlil jarayonida obyektga mo’ljallangan dasturlash tili vositalari bilan joriy qilinadigan mantiqiy dasturiy obyektlar aniqlanadi. Bu dasturiy obyektlar atributlar va metodlarni o’z ichiga oladi. Va, nihoyat, konstruksiyalash (construction) yoki obyektga mo’ljallangan dasturlash (object-oriented programming) jarayonida ishlab chiqilgan komponentlar va sinflarning joriy qilinishi ta’minlanadi. Obyektga mo’ljallangan tahlil va loyihalashning ayrim asosiy tamoyillarini qisqacha ko’rib chiqamiz. Keyinchalik biz barcha ko’rib chiqilgan atamalarning yanada aniqroq ta’rifini va yanada to’liqroq shifr yechimini beramiz. – Avval talablar tahlili (requiremens analysis) amalga oshiriladi hamda bu paytda modellashtirilayotgan tizimda sodir bo’layotgan asosiy jarayonlar va ularning presedentlar ko’rinishidagi ta’rifi ajratiladi. Presedent (precedent) – predmetga oid sohada sodir bo’layotgan jarayonlarning matniy tavsifi. – Ikkinchi qadam. Predmetga oid sohaning obyektga mo’ljallangan tahlili (object-oriented domain analysis). Bu qadamning vazifasi jarayon ishtirokchilarining faoliyat turlarini aniqlash hamda predmetga oid soha elementlarining turli kategoriyalarini aks ettiruvchi konseptual model (conceptual model) ni tuzishdan iborat. – Uchinchi qadam. Bunda kim nima bilan shug’ullanayotganini ko’rib chiqamiz. Aynan shu faoliyat obyektga mo’ljallangan loyihalash (object-oriented design) deb ataladi va bunda asosiy diqqat-e’tibor majburiyatlarni taqismlashga qaratiladi. Majburiyatlarni taqsimlash (responsibility assignment) da ilovadagi turli dasturiy obyektlarning vazifa va majburiyatlari ajratib ko’rsatiladi. Obyektga mo’ljallangan tahlil va loyihalashning muhim momenti shundan iboratki, bunda dasturiy tizim komponentlari o’rtasida majburiyatlar taqsimotini malakali o’tkazish ko’zda tutiladi. Gap shundaki, obyektga mo’ljallangan tahlil va loyihalashsiz ish ko’rib bo’lmaydi. Buning ustiga u robastlik, masshtablashish, kengayishlik va takroran qo’llash imkoniyatiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Obyektlarning majburiyatlari va o’zaro aloqalari sinflar diagrammasi (design class diagram) va o’zaro aloqalar diagrammasi (collaboration diagram) qo’llangan holda ifodalanadi. 2. Download 239.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling