Muhammad Al-Xorazmiy nomdagi Toshkent Axborot-Texnologiyalari universiteti Algoritmlarni loyihalash fanidan
Chiziqli dasturlash masalasining umumlashgan matematik modeli
Download 0.65 Mb.
|
m-wPCNKsEsgoNt2QkleqWbZfVNNMdJlT
Chiziqli dasturlash masalasining umumlashgan matematik modeli
1) Ikkitadan ortiq o'zgaruvchini o'zida mujassam etgan har qanday Ch.D.M quyidagicha ifodalanishi mumkin: x1, x2, .., xn o'zgaruvchilarda funktsiyaning maksimal (yoki minimal) qiymatini topuvchi maqsad funksiyasi Z = c1x1 + c2x2 +..+ cnxn Chegaraviy shartlar esa Va o’zgaruvchilarning manfiy bo’lmaslik sharti CH.D.M.ning chegaralarini qanoatlantiradigan x1, x2, .., xn qiymatlari to'plami uning yechimi deyiladi. CH.D.M.ning manfiy bo’lmagan, shartlarini qanoatlantiradigan har qanday yechimi uning mumkin bo'lgan yechimi deb ataladi. CH.D.M.ning maqsad funksiyasini maksimal (yoki minimal) qiymatga erishtiradigan yechim uning optimal yechimi deb ataladi. 2) Chiziqli dasturlash masalasining umumlashgan matematik modeli formasining yozilishi quyidagi ko‘rinishga ega. (1) (2) (3) Matematik modelning birinchi formulasi izlananayotgan miqdorlarga qo‘yiladigan cheklanishlarni ifodalaydi, ular resurslar miqdori, ma’lum talablarni qondirish zarurati, texnologiya sharoiti va boshqa iqtisodiy hamda texnikaviy faktorlardan kelib chiqadi. Ikkinchi shart - o‘zgaruvchilarning, ya’ni izlanayotgan miqdorlarning manfiy bo‘lmaslik sharti bo‘lib hisoblanadi. Uchinchisi maqsad funksiyasi deyilib, izlanayotgan miqdorning biror bog‘lanishini ifodalaydi. Misol 2. Ishlab chiqaruvchi ikki turdagi M1 va M2 mahsulotlarni ishlab chiqaradi. M1 mahsuloti ni ishlab chiqarishda 4 soat silliqlash va 2 soat bo’yash talab qiladi; har bir M2 mahsulotida 2 soat silliqlash va 5 soat bo’yash talab etiladi. Ishlab chiqaruvchining 2 ta silliqlash va 3 bo’yash mashinasi mavjud. Har bir silliqlash mashinasi haftasiga 40 soat harakat qiladi va har bir bo’yash mashinasi haftasiga 60 soat harakat qiladi. M1 mahsuloti bo'yicha olingan daromad 3 dollar, M2 mahsulotida esa 4 dollar turadi. Bir hafta ichida ishlab chiqariladigan mahsulot bozorda sotiladi. Ishlab chiqaruvchi o'zining ishlab chiqarish quvvatini ikki turdagi mahsulotlarga taqsim qilib, u bir hafta ichida maksimal foydani amalga oshirishi kerak. Masalaning matematik modeli. X1 - M1 mahsulotlari soni va x2 har hafta ishlab chiqarilgan M2 mahsulotlarining soni. Haftalik foyda Z = 3x1 + 4x2 (I) maqsad funksiyasi bilan aniqlanadi Mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun haftada mahsulotlarni silliqlashning umumiy vaqti talab qilinadi = 4x1 + 2x2 va haftada talab etiladigan bo’yash soatlarining umumiy soni = 2x1 + 5x2 Mavjud silliqlash soatlar soni 80 dan oshmaganligi va bo’yash soatlari soni 180 dan oshmaganligi sababli 4x1 + 2x2 80 (II) 2x1 + 5x2 180 (III) Bundan tashqari, mahsulotlarning manfiy soni ishlab chiqarilmagani uchun, albatta, x1 0 va x2 0 (IV) bo'lishi kerak Shuning uchun bu taqsimlash masalasi - x1, x2 ni topishdir Z = 3x1 + 4x2 maksimum Maqsad funksiya va chegaraviy shartlar barchasi chiziqli bo'lib, bu chiziqli dasturlash masalasidir. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling