В sinf kuchaytirgichlar. Ushbu rejimda ishchi nuqta tranzistorning berk holatiga mos keluvchi kvazichiziqli soha chegarasida joylashadi. Bunda tranzistor berk rejimda bo'ladi (8.7, a va b rasmlar). Tranzistor chiqish zanjiridan tok faqat kirish signali o ‘zgarishining yarim davrida oqadi. Shuning uchun chiqish kuchlanishi sinusoidadan keskin farq qiladi, ya’ni ko‘p sonli garm onik tashkil etuvchilarga ega bo‘ladi. Hisoblashlar ko‘rsatishicha, В sinf kuchaytirgichlarda signal amplitudasiga bog‘liq bo‘lmagan holda KG 70 % ga yaqin bo'ladi, kaskadning FIK ni 0,7 gacha olib chiqish mumkin. Shuning uchun o ‘rta va katta quw atli kuchaytirgichlarda ishlatish uchun В sinf afzalroq. Kirish signalining musbat va manfiy yarim davrlarini kuchaytirish uchun ikki taktli sxemalardan foydalaniladi. Ikki taktli sxema har biri В sinfda ishlovchi ikkita kuchaytirgichdan iborat bo‘ladi. В sinf kuchaytirgichlarning kuchaytirilgan signaOarida signal buzilishlari katta bo‘lgani sababli kuchaytirgichlarda В sinf amalda ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |