Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatu urganch filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti 5330600-“Dasturiy injiniring” yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich tavsiyanoma
Download 7.86 Kb.
|
S.Saidmurotov tavsiyanoma DEKAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU UF “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti dekani: E.Avazov
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti 5330600-“Dasturiy injiniring” yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich TAVSIYANOMA Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich 2002-yil 5-dekabrda Xorazm viloyati Urganch shahrida tugʻilgan. U 2021-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti Dasturiy injiniring yoʻnalishiga toʻlov shartnoma asosida tahsil olmoqda. U fanlarni tahsil olishi davomida aʻlo baholarga oʻqishi, turli tadbir va tanlovlarda oʻzini loyihalari bilan qatnashib yutuqlarga sazovar boʻlishi hamda qizquvchanligi bilan boshqa talabalardan ajralib turadi. Saidmurotov Sulaymon filialimizning eng iqtidorli talabalaridan biri hisoblanadi. U filial, viloyat va respublika tomonidan tashkil etiladigan turli xil tadbirlar, bellashuvlar, qator start-up loyihalarida oʻzining intellektual fikrlashi va faol ishtroki va erishgan natijalari bilan oʻz qobiliyatlarni ko’rsatib kelmoqda. Shuningdek, filialda oʻtkaziladigan turli xil tadbirlar va kechalarda jamoat ishlarida faoldir. Talabalar oʻrtasida oʻtkazilyotgan turli xil tanlovlarda faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, TATU UF da oʻtkazilgan “Uchinchi Renessans yoshlar nigohida” loyihalar tanlovida “SumCoin ” loyihasi boʻyicha qatnashib 2-darajali diplom bilan filial tomonidan faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Xorazm viloyati xokimligi tomonidan 2022-yil 29-aprel kuni viloyat yoshlar markazida yoshlarning intellektual salohiyatni rivojlantrish maqsadida “Yosh innovatorlar” koʻrgazmali tadbirda tashakkurnoma va estalik qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi. 2022-yil 17-18-may kunlari Xorazm viloyati yoshlari uchun “Xorazm Ideathon” gʻoyalar tanlovida faol qatnashib sertifikat va bir qator qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. “NASA Space Apps Tashkent 2022 hackatonida” faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. Saidmurotov Sulaymon respublika va xalqaro jurnallarda ilmiy maqola va tezislar chop qilib kelmoqda. Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich oʻzining tirishqoqligi va ilmiy izlanishlar orqali yoshlar uchun kibersavodxonlikni oshirish maqsadida “Cyber-security.uz” web loyihasi ishlab chiqdi. U yaratgan “Cyber-security.uz” web loyihadan foydalanish kundan kunga talaba yoshlar oʻrtasida ommalashib bormoqda. “Cyber-security.uz” web loyihasida kiberxavfsizlik sohasi boʻyicha videodarslar koʻrib oʻz bilimlarini oshirib borishlari mumkin. Bundan tashqari “Library-assistant” loyihasi ustida ish olib bormoqda. Loyiha kutubxona xodimlari va talabalar oʻrtasida kitob olish va berish tizimini elektronlashtirish uchun ishlab chiqilmoqda. Saidmurotov Sulaymon filial professor-oʻqituvchilari va tengdoshlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻladi. Nutqi ravon, dunyoqarashi keng, dadil shuningdek, dasturlash tillarini mumtazam ravishda oʻrganishga qiziqadi. Saidmurotov Sulaymon chet tillarni oʻrganishga juda qiziqadi hozirgi kunda xalqaro IELTS sertifikatini olish uchun tayyorgarlik koʻrmoqda. Iqtidorli talaba Saidmurotov Sulaymon Ollaberganovich kelgusida Dasturiy injeniring sohasining yetuk bilimdoni va yurtimizning fidoyi farzandlaridan biri bo‘lib yetishishiga ishonch bildirgan holda, uning nomzodini “Hokim stipendiyasi” tanlovida qatnashishga tavsiya qilaman. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU UF “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti dekani: E.Avazov Download 7.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling