2-topshiriq. “Islom ta’limoti asoslari” mavzusi doirasidagi jadvalmi to’ldiring.
Islom dining asosiy sharti
|
1. Imon, ya’ni shahodat (arabcha–guvohlik berish); 2. Namoz o‘qish; 3. Zakot (arabcha – poklash, o‘sish, ortib borish); 4. Ro‘za tutish; 5. Haj – qodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etish.
|
|
|
Diniy bayramlar
|
Islomda asosan ikkita rasmiy diniy bayram Ro‘za hayiti (arabcha nomi “iyd al-fitr”, “iyd as-sag‘ir”) hijriy Shavval oyining 1—3-kunlarida va Qurbon hayiti (arabcha nomi — “iyd al-adho”, “iyd al kabir”) uch kun — Zu-l-hijja oyining 10—13-kunlarida musulmon dunyosida keng nishonlanib kelinmoqda. “Hayit” — arabcha “iyd, ya’ni bayram demakdir.
Ramazon—hijriy yil hisobining 9-chi oyi bo‘lib, islom aqidalari bo‘yicha bu oyda Alloh Muhammad(s.a.v.)ga Qur’onni vahy qilgan ekan. Shuning uchun ham islom dunyosida Ramazon muqaddas hisoblanib, bu oyda musulmonlar ro‘za tutishadi. Bu borada Qur’oni karimning “Baqara” surasidagi 183—185 oyatlarida bunday deyilgan: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilinadi, shoyad taqvoli bo‘lsangiz... Sizlardan kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, sanog‘i boshqa kunlardandir.
Qurbon hayiti Zulhijja oyining 10-kunida boshlanadi. Bu bayramning ro‘za hayitidan 70 kun o‘tgandan keyin nishonlanishi Muhammad payg‘ambar tomonidan belgilangan. Mazkur hayitda ham Ro‘za hayitidagidek musulmonlar jome’ masjidida quyosh chiqqandan taxminan 15 minut o‘tgach, 2 rakat nomoz o‘qishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |