Shialik
|
Shialik (arabcha— guruh, tarafdorlar) — islomdagi 2 asosiy yoʻnalishdan biri. Oʻzining tarqalishi va tarafdorlarining miqdori jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 7% Shialikka mansub (2004). Sh. 7-asr oʻrtalarida islom jamoasi ichida oliy hokimiyat masalasida paydo boʻlgan ixtilof natijasida vujudga kelgan
|
6
|
Namoz
|
Namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni
ba’zi ko’rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan.
|
7
|
HIJRAT
|
Bu so‘z arab tilida bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tish ma'nosini anglatadi. Islomiy istilohda esa Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallam bilan birga yashagan va Islom diniga iymon keltirgan kishilarning Habashistonga, keyin esa Madinaga ko‘chib o‘tishlariga aytiladi.
|
8
|
Yodkard
|
Yodkard (eslash, zikr etish) – Allohni yod etib, boshqa narsalardan ko’ngilni uzish. Naqshbandiyada bu zikrning usuli quyidagichadir: murid o’zini huzur ichra shayxining ko’ngli ro’parasida tasavvur qilib, ko’zi – og’zini yopadi, tilini tanglayiga yopishtirib, tishlarini bir-biriga jipslab, nafas olmay, xoksorlik bilan qalban «kalimai tavhid»ni zikr qiladi. Bir nafas olib – chiqarishda uch daf’a zikr etishga urinadi va hokazo.
|
9
|
JIHOD
|
“Jihod” arab tilidan tarjima qilinganda g‘ayrat qilish, harakat qilish, zo‘r berish, intilish ma'nolarida keladi. Istilohda esa, dastlab, Islom dinini himoya qilish va yoyish uchun kurash olib borish tushunilgan. Imom Rog‘ib rahmatullohi alayhi aytadi: “Jihod – dushmandan himoyalanishda qo‘li, tili yoki kuchi bilan g‘ayrat qilishidir”.
|
10
|
HAJ
|
Haj – qodir bo’lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o’z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz amallardan hisoblansada, O’rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi sababli yuqorida zikr etilga «qudrati yetganlik» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan. Haj zulhijja oyining 8 kunidan boshlanadi.
|
11
|
AZON
|
Azon - namozga chaqirish. Birinchi muazzin (namozga chaqiruvchi) islom dinini qabul qilganidan keyin ozod bo‘lgan habash qul Bilol bo‘lgan. Qibla musulmonlar namoz vaqtida qarab turadigan tomon.
|
12
|
ZAKOT
|
Zakot – «poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo’lgan boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot yetim-yesir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo’lida yurganlar, zakot yig’uvchilarga beriladi.
|
13
|
RO’ZA
|
Ro’za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo’lishdan tiyilish. Ro’za Hijratning ikkinchi yili farz bo’lgan.
|
14
|
IMON
|
Imon» so’zining lug’aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo’lib, istilohda esa La iloha illa-lloh, Muhammadun rasululloh («Allohdan o’zga ilohiyat yo’q va Muhammad – Allohning payg’ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur
|
15
|
|