Muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti


Download 45 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi45 Kb.
#1292866
Bog'liq
3-navbatdan tashqari 23.01.23


MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
KOMPYUTER TIZIMLARI” KAFEDRASINING
NAVBATDAN TASHQARI 3-SONLI YIG‘ILISHI
BAYONNOMASI


Farg‘ona shahri
\
2023 yil 24 yanvar


QATNASHDILAR: Kompyuter injiniringi fakulteti dekani O.X.Otaqulov, kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlari. Jami: 15 nafar.
KUN TARTIBI:

1.“Farg‘ona haqiqati” gazetasining 2022-yil 25-noyabr kungi № 96-sonida e’lon qilingan “Kompyuter tizimlari” kafedrasi mudiri lavozimi tanloviga nomzodlarni tavsiya qilish to‘g‘risida.




1-masala bo‘yicha eshitildi: Kompyuter injiniringi fakulteti dekani O.X.Otaqulov.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 20-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida NlZOM”ga muvofiq “Kafedra mudiri lavozimiga nomzodlarni muhokama qilish bo‘yicha majlisni fakultet dekani (oliy ta’lim muassasalari umumiy kafedralarida - prorektor o‘tkazadi)” belgilab berilgan. Bunga asosan fakultetning kafedra a’zosi hisoblanmaydigan dekani (prorektor) kafedra mudiri lavozimiga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar qabul qilishda ovoz berishda qatnashmaydi. Egallash uchun tanlov e’lon qilingan lavozimni egallab turgan shaxs materiallarni ko‘rib chiqish chog‘ida ovoz berishda qatnashmaydi.
“Farg‘ona haqiqati” gazetasining 25-noyabr kungi № 96-sonida “Kompyuter tizimlari” kafedrasi mudiri lavozimiga tanlov e’lon qilingan. Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda mazkur kafedrada kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan S.Zokirovdan ariza tushgan.
Shundan so‘ng da’vogar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar o‘qib eshittirildi va da’vogarga so‘z berildi.
Da’vogar keyingi bir yil davomida olib borilgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘risida hisobot berdi (hisobot ilova qilinadi).
Tanlovda ishtirok etayotgan da’vogarning faoliyati bo‘yicha kafedra dotsenti M.Djalilov so’zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Munozaralardan so‘ng Nizom talablari asosida kafedra a’zolariga nomzod bo‘yicha ochiq yoki yashirin ovoz berish taklifi kiritildi. Kafedra a’zolari ochiq ovoz berish taklifini ma’qulladilar.
Kafedra a’zolarining ochiq ovoz berish natijalari quyidagicha bo‘ldi:
S.Zokirovni ma’qullab - 13 kishi, qarshi -yo‘q, betaraflar-yo‘q.
Yuqoridagilarni inobatga olib,
Qaror qilindi:

  1. Kompyuter injiniringi fakulteti dekani O.X.Otaqulovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. “Farg‘ona haqiqati” gazetasining 2022-yil 25-noyabr kungi № 96-sonida e’lon qilingan “Kompyuter tizimlari” kafedrasi mudiri lavozimi uchun tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida o‘tkazilganligi inobatga olinsin.

  3. Tanlov natijalariga ko‘ra kafedra a’zolarining barchasi ochiq ovoz berish natijalari bo‘yicha S.Zokirov nomzodini ma’qullaganligi inobatga olinsin.

  4. “Farg‘ona haqiqati” gazetasining 2022-yil 25-noyabr kungi №96-sonida e’lon qilingan “Kompyuter tizimlari” kafedrasi mudiri lavozimi uchun tanlovda qantashish uchun nomzod S.Zokirovning hujjatlari va mazkur kafedra yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma bir kun muddatda filial Kengashi kotibiga taqdim qilinsin.

  5. Ushbu qaror ijrosining nazoratini ta’minlash kafedra yig‘ilish kotibasi M.Burxonova zimmasiga yuklatilsin.

Kompyuter injiniringi fakulteti dekani: O.X.Otaqulov


Kotiba M.Burxonova
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling