Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalar universiteti


Download 492.29 Kb.
bet3/3
Sana28.10.2023
Hajmi492.29 Kb.
#1730319
1   2   3
Bog'liq
8xMflBANEVzcSxjNlCu9xMzLLY1a2fgPt0bxplqz

Ishni bajarish tartibi
1-laboratoriya ishida qurilgan mohiyat - aloqa diagrammasi uchun relyatsion bog`lanish o`rnatamiz.
Aeroport ma’lumotlar bazasi relyatsion modeli jadvallarini tuzib chiqamiz.
2.1 - jadval. Ma’lumotlar bazasining Aviakompaniyalar jadvali

ID

Aviakompaniya kodi

Aviakompaniya nomi

Bosh ofis manzili

1

1A

Amadeus IT Group S.A

Global

2

1E

Travelsky

China

3

1H

Sirena Travel

Russia

4

4D

Air Sinai

Egypt


2.2 - jadval. Ma’lumotlar bazasining Parvozlar jadvali

ID

Aviakompaniyalar_ID

Qayerdan

Leave

Qayerga

Arrive

1

1

Tashkent

29.04.2022
13:00

Dubai

29.04.2022
15:00

2

1

Tashkent

30.04.2022
10:00

London

30.04.2022
14:00

3

1

Tashkent

30.04.2022
15:00

Budapest

30.04.2022
17:30

4

2

Beijing

6.05.2022
9:00

Manchester

6.05.2022
13:50

5

2

Hong Kong

8.05.2022
5:00

Helsinki

8.05.2022
9:00

6

3

Saint-Pt

13.05.2022
4:00

New York

13.05.2022
10:00

7

4

Cairo

14.05.2022
19:00

Delhi

14.05.2022
21:50


2.3 – jadval. Ma’lumotlar bazasining Yo’lovchi jadvali

ID

Parvozlar_ID

Yo’lovchi ismi familiyasi

Pasport seriyasi va raqami

1

7

Passanger XXX

XYZ001

2

6

Passanger XXX1

XYZ002

3

6

Passanger XXX2

XYZ003

4

6

Passanger XXX3

XYZ004




2.4 - jadval. Sayohat agentligi

ID

Nomi

Adres

Kontakt raqami

1

Express1

Grave1

+998000000001

2

Express2

Grave2

+998000000002

3

Express3

Grave3

+998000000002

4

Surprise motherfather

Unlimited Grave

+998000000003

3- LABORATORIYA ISHI
Mavzu: SQL tilida jadvallar yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish
Ishdan maqsad: predmet soha ma’lumotlar bazasini so`rovlar orqali yaratishni va so`rovlar orqali oddiy jarayonlarni bajarishni o`rganish, hamda ko`nikmaga ega bo`lish. Talabalarda DDL komandalaridan foydalanish va shu orqali relyasion MB yaratish ko’nikmasini hosil qilish.
Masalani qo`yilishi: Predmet soha ma`lumotlar bazasini SQL so`rovlari orqali yaratish. Mavjud ob`yektlarni so`rovlar orqali ma`lumotlar bilan to`ldirish, o`zgartirish va keraksiz ma`lumotlarni o`chirishni ko`rib chiqish.
Uslubiy ko`rsatmalar: SQL tilida quyidagi asosiy ma’lumotlar turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:


INTEGER

butun son (odatda 10 tagacha qiymatli raqam va ishora).

SMALLINT

«qisqa butun» (odatda 5 tagacha qiymatli raqam va ishora).

DECIMAL(p,q)

o‘nli son, p raqam va ishoradan iborat (0 < p < 16). O‘nli nuqtadan so‘ng raqamlar soni q orqali beriladi (q < p, agar q = 0 bo‘lsa, tashlab yuborilishi mumkin).

FLOAT

haqiqiy son 15 ta qiymatli raqam va butun darajadan iborat. Daraja MBBT tipi bilan aniqlanadi (masalan, 75 yoki 307).

CHAR(n)

uzunligi o‘zgarmas, n ga teng bo‘lgan simvolli qator (0 < n < 256).

VARCHAR(n)

uzunligi o‘zgaruvchi, n simvoldan oshmagan simvolli qator (n > 0 va har xil MBBT larda turlicha, lekin 4096 dan kam emas).

DATE

maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi sana; sana maydonlari bizning eramizdan oldin bir necha mingyilliklardan boshlanuvchi va bizning eramiz beshinchi-o‘ninchi mingyilligi bilan cheklangan haqiqiy sanalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

TIME

maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi vaqt (ko‘zda tutilgan bo‘yicha hh.mm.ss).

DATETIME

sana va vaqt kombinatsiyasi.

MONEY

maxsus komanda orqali aniqlanuvchi formatdagi pul birligi.

SQL tili quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
DDL ( Mа’lumоtlаrni Tа’riflаsh Tili ) - ANSI dа ma’lumotlar sxemаsini tа’riflаsh tili, оb’ektlаrni (jаdvаllаr, indekslаr, tаsvirlаr vа hоkаzо) yarаtuvchi buyruqlar to’plamidan ibоrаt.
DML (Mа’lumоtlаrni O‘zgаrtirish Tili) - bu iхtiyoriy dаqiqаdа jаdvаllаrdа qаndаy qiymаtlаr sаqlаnishini аniqlоvchi buyruqlar mаjmuаsidir.
DCL (Mа’lumоtlаrni Bоshqаrish Tili) fоydаlаnuvchigа aniq оb’ektlаrga tа’sir o‘tkаzishgа ruхsаt berish yoki bermаslikni аniqlоvchi buyruqlardаn ibоrаt.
DDL tilining asosiy komandalari:
CREATE – yangi jadval hosil qilish uchun ishlatiladi. Quyidagi ko’rinishda yoziladi:
CREATE TABLE ( ustun_nomi va toifasi, … );

ALTER – jadvalga o’zgartirish kiritish uchun ishlatiladi. Bu buyruq jadvalga yangi ustunlar qo'shish, ustunlarni o'chirish, ustunlar kattaligini o'zgartirish, hamda cheklanishlarni qo'shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega. Bu buyruq ANSI standarti qismi emas, shuning uchun har xil tizimlarda har xil imkoniyatlarga ega.

Misol uchun jadvalga ustun qo’shish buyrug’i sintaksisi quyidagicha:
ALTER TABLE ADD ;
DROP - jadvalni o’chirish buyrug’i. Jadvalni o'chirish imkoniga ega bo’lish uchun, jadval egasi (ya’ni yaratuvchisi) bo’lshingiz kerak. Faqat bo‘sh jadvalni o'chirish mumkin. Qatorlarga ega bo’lgan, to’ldirilgan jadvalni o‘chirish mumkin emas, ya’ni jadval o‘chirishdan oldin tozalangan bo’lshi kerak. Jadvalni o'chirish buyrug'i quyidagi ko‘rinishga ega:
DROP TABLE ;


Ishni bajarish tartibi
Avvalo 1 va 2 -laboratoriya ishida tuzgan jadvallarimizni esga olamiz. Bizda
5 ta jadval mavjud edi. Endi o’sha jadvallarni MYSQL da yuqorida sintaksisini keltirib o’tganimizday komandalardan foydalanib yaratamiz:

  1. Eski yaratilgan ma’lumotlar bazasini ko’ramiz:

So’rov:
SHOW DATABASES;
Natija:


  1. Aeroport nomli baza yaratamiz;

So’rov:
CREATE DATABASE aeroport;
Natija:

  1. aviakompaniyalar nomli jadval yaratamiz:

So’rov:
CREATE TABLE aviakompaniyalar (id INT, aviakompaniya_kodi VARCHAR(20), aviakompaniya_nomi VARCHAR(20));
Natija:


  1. Jadvalni ko’ramiz:

So’rov:
DESC aviakompaniyalar;
Natija:


  1. Jadvalga yangi “bosh_ofis_manzili” nomli satr qo’shamiz:

So’rov:
ALTER TABLE aviakompaniyalar ADD bosh_ofis_manzili VARCHAR(30);
Natija:




  1. “bosh_ofis_manzili” nomli satrning o’lchamini o’zgartiramiz:

So’rov:
ALTER TABLE aviakompaniyalar MODIFY bosh_ofis_manzili VARCHAR(50);
Natija:




  1. “bosh_ofis_manzili” atributini “manzili” nomi bilan o’zgartiramiz:

So’rov:
ALTER TABLE aviakompaniyalar CHANGE bosh_ofis_manzili manzili DOUBLE;
Natija:


4 - LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar

Ishdan maqsad: Talabalarda DML komandalaridan foydalanish va shu orqali relyatsion MB da ishlash ko’nikmasini hosil qilish.
Masalaning qo’yilishi: Avvalgi laboratoriya mashg’ulotida yaratilgan futbol klubining MB ustida amallar bajarish.
Uslubiy ko`rsatmalar:Ma’lumotlar bazasiga axborotlar qo'shish, yangilash, o'chirish va chiqarib tashlash imkonini beradi, odatda ma’lumotlami boshqarish tili (DMLData Manipulation Language) yordamida amalga oshiriladi. Barcha ma’lumotlarning markazlashtirilgan saqlanishi mavjudligi va ulaming tavsifi ba’zan so'rovlar tili (querylanguage) deb ataluvchi so'rovlarda tashkil etilgan umumiy uskunasi sifatida DML tilidan foydalanish imkonini beradi. So'rovlar tilining mavjudligi o'ziga xos faylli tizimlarni cheklanishlardan yo'qotish imkoniyatini beradi, unda foydalanuvchilarning fiksirlangan so'rovlar to'plami ustida ish olib borishlari yoki dasturiy ta’minotni boshqarishda ko'proq murakkab muammolar uchun doimiy ravishda yaratilayotgan dasturlar sonining oshishi nazarda tutiladi.
DML tilining ikki xil turi mavjud - protsedurali va protsedurali bo'lmagan tillar. Ular bir-biridan ma’lumotlardan ko'chirma olish usullari bilan farqlanadi. Ular o'rtasidagi asosiy farq, protsedurali tillar odatda MB da ketma-ket ravishda axborotlarni qayta ishlaydi, protsedurali bo'lmagan tillar butun yozuvlar to'plamiga birdan operatsiyaga kirishadi.
DML tili so’rovlari:
SELECT Amal bajaradigan jadvalimizni tanlash, ekranga chiqarish komandasi.
Sintaksisi esa quyidagicha:
SELECT *FROM <jad_nomi> // jadvalni to’liq chiqarish
SELECT <ustun_nomi> FROM _nomi> // jadval ustunlarini chiqarish

INSERT SQL da barcha satrlar ushbu buyruq yordamida kiritiladi.
Sintaksisi esa quyidagicha:
INSERT INTO <jad_nomi> VALUES (ustun_info”, “ustun_info”, … );

DELETE – satrlarni jadvaldan o’chirish buyrug’i.
Sintaksisi esa quyidagicha:
DELETE FROM <jad_nomi> WHERE qidiruv_sharti;

UPDATE – Maydon qiymatlarini o’zgartirish buyrug’i.
Sintaksisi esa 2 hil:
UPDATE _nomi> SET column=expression;
UPDATE _nomi> SET column=expression
WHERE qidiruv_sharti;

Ishni bajarish tartibi
1.Jadval ob’yektlariga qiymatlar beramiz:
So`rov: insert into aviakompaniyalar values (1,'1A','Amadeus_IT_Group_SA','Global');
select*from aviakompaniyalar;
Natija:

2.MB ga yangi jadval qo’shamiz va UPDATEdan foydalanib maydonga qiymat beramiz.
So`rov: update aviakompaniyalar set aviakompaniya_kodi='--1A--' where id=1;
Natija:


XULOSA
Men bu laboratoriya ishlarida ma’lumotlar bazasini yaratishni, jadvallar yaratishni, ustida amallar bajarishni va SHOW, DESC, CREATE, ALTER, DELETE, UPDATE, INSERT buyruqlaridan foydalanishni o’rgandim.
Download 492.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling