Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali kompyuter injiniringi fakulteti


Download 144.84 Kb.
bet1/3
Sana18.11.2023
Hajmi144.84 Kb.
#1783912
  1   2   3
Bog'liq
Diskret Mustaqil ish-1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI



KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
KI 13-22 GURUH TALABASI
KAMOLOVA MUSHTARIYNING
DISKRET TUZILMALAR
FANIDAN
1-MUSTAQIL ISHI

Bajardi: Kamolova M.


Qabul qildi: Turdiyev I.
Qarshi-2023


REJA:

1.To’plamlar Dekart ko’paytmasi, dekart kvadratida berilgan. Munosabatlar, berilish usullari va xossalari.


2.Munosabatlar kompazitsiyasi uni aniqlash qoidasi.

3.To`plamlarda akslanish.




1. Bo’sh bo’lmagan A va B to’plamlarda A to’plam elementlarini birinchi, B to’plam elementlarini ikkinchi qilib tuzilgan barcha juftliklar to’plamiga A va B to’plamlarning dekart (to’g’ri) ko’paytmasi deyiladi va u AxB ko’rinishda belgilanadi.
Ta’rifga ko’ra AxB={(x;y)/xA, yB} bo’ladi. Tartiblangan (x; y) juftlikni uzunligi teng ikkiga bo’lgan kortej ham deyiladi. Uzunligi n ga teng bo’lgan kortej deganda tartiblangan (a1, a2,..., an) belginin tushinamiz.
Agar ikkita kortejning uzunliklari va mos komponentalari o’zaro teng bo’lsa, u holda bu kortejlani teng deyiladi.
Misol. A={1, 2, 3}, B={4, 5} bo’lsa u holda AxB={(1;4), (1;5), (2;4), (2;5), (3;4), (3;5)} bo’ladi.
Agar A to’plamda m ta B to’plamda n ta element bo’lsa, u holda AxB to’g’ri ko’paytmada mn ta element bo’ladi.
Ta’rif: Har qanday A1, A2, ... An to’plamlar berilgan bo’lsa, u holda A1xA2x…xAn dekart ko’paytmaning ixtiyoriy W qism to’plami shu to’plamlar elementlari orasida aniqlangan n o’rinli moslik, n ga esa shu W moslikning rangi deyiladi.
Xususiy holda A1=A2=…=An=A bo’lsa, u holda W moslik A to’plamdan aniqlangan munosabat deb yuritiladi.
bo’lib An={(x1, x2,…, xn)|xiA (i=)} bo’ladi. Munosаbаtlar va ularning turlari.
Turmushda ikki inson, aytaylik Barno va Nargizaning qarindoshligi haqida gapirganda shuni nazarda tutiladiki, shunday ikkita oila mavjud, Barno va Nargizaning shu oilalarga qandaydir aloqasi bor. Tartiblangan (Barno, Nargiza) juftligi boshqa tartiblangan kishilar juftligidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning orasida opa-singillik yoki ona-qizlik, jiyanlik kabi munosabatlar bo’lishi mumkin.
Diskret matematikada ham dekart ko’paytmaning barcha tartiblangan juftliklari orasidan o’zaro qandaydir “qarindoshlik” munosabatlariga ega bo’lgan juftliklarni ajratib ko’rsatish mumkin. Ixtiyoriy ikki to’plamning elementlari orasidagi munosabatlar uchun binar munosabat tushunchasini kiritamiz. Bu tushuncha matematika kabi informatikada ham ko’p uchraydi. Bir nechta to’plam elementlari orasidagi munosabat ma’lumotlar jadvali shaklida beriladi. Ushbu bob tadbiqini ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini tasvirlashda ishlatiladigan n – ar munosabatlarda ko’rish mumkin.



Download 144.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling